Mavzu: moliyaviy qo’yilmalar hisobi


Download 25.75 Kb.
bet2/5
Sana25.12.2022
Hajmi25.75 Kb.
#1066251
1   2   3   4   5
Bog'liq
Moliyaviy qo\'yilmalar hisobi

Obligatsiya – uni saqlovchilarga qat’iy belgilangan foiz bilan birga nominal qiymatini to’lash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatbaho qog’ozdir.
Obligatsiyani tasarruf etuvchi obligatsiya chiqargan aksioner jamiyati yoki korxonaning, davlat yoki mahalliy hukumatning kreditori bo’lib hisoblanadi.
Shaxsini belgilash usuli va boshqa xususiyatlariga qarab ismi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan, foizli va foizsiz, erkin muomalada bo’ladigan va muomala doirasi cheklangan obligatsiyalarga bo’linadi.Obligatsiyalarni har qanday mulk shakliga ega bo’lgan korxona chiqarishi mumkin. Ularni sotishdan olingan pul faqat korxonani rivojlantirish uchun foydalanishi mumkin.
Ichki davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar bank muassasalari orqali tarqatiladi; ularni sotishdan olingan mablag’lar tegishli respublika yoki mahalliy budjetga o’tkaziladi. Bular faqat ko’rsatuvchiga berilgan obligatsiyalardir.
Obligatsiyalar bo’yicha foizlar ularning harakat muddati ichida davriy berib borilishi yoki obligatsiyaning harakat muddati tugagandan keyin bir yo’la berilishi mumkin.
Omonat sertifikatlari – kredit muassasalarining pul mablag’larini deponentlangani to’g’risidagi guvohnomasidir. Bu guvohnomani tasarruf etuvchi omonat sertifikati muddati o’tgandan so’ng depozit summani va uning foizini olish huquqiga ega. Omonat sertifikatlarini davlat va tijorat banklari beradi. Omonat sertifikatlari shaxsi yozilgan va ko’rsatuvchiga berilgan bo’ladi. Ko’rsatuvchiga berilgan sertifikatlar muomalada bo’lishi mumkin, ismi yozilgan sertifikat esa oldi – sotdi muomalasida qatnashmaydi. Ko’rsatuvchiga berilgan sertifikat debitor va kreditorlar o’rtasida hisob – kitob vazifasini bajarishi mumkin. Sertifikatlar bo’yicha foizlar faqat depozit muddati tugagandan keyin to’lanadi.
Veksel – qaysi muddatga yozilgan bo’lsa, shu muddat tugagach, unda ko’rsatilgan summani to’lashni so’zsiz talab qilish nafaqat hisob-kitobning qulay shakli, balki tijorat kreditining bir turi hamdir, chunki vekselda ko’rsatilgan pul shu vaqtning o’zida to’lanmaydi, balki ma’lum bir vaqt o’tgandan so’ng to’lanadi. Bu vaqt ichida vekselda ko’rsatilgan summa veksel beruvchining tasarrufida bo’ladi.
Veksel qarz majburiyatlarning bir turi bo’lib, u qat’iy belgilangan shaklda tuziladi. O’z mazmuniga qarab veksel, birinchidan, so’zsiz pul majburiyatlari deb ta’riflansa, ikkinchidan, u mavhum majburiyatdir.
So’zsiz pul majburiyatligi shundan iboratki, uning to’lanishi qandaydir shartlar bilan chegaralanmaydi, yoki boshqacha aytganda, bevosita vekselni to’lashga tegishli tartib bilan bog’liq bo’lmagan begona sharoitlarga bog’lanmaydi. Veksel bo’yicha majburiyatning mavhumligi shundan iboratki, uning tekstida qanday asosga binoan berilganligi ko’rsatilmaydi. Veksel majburiyatining maqsadi faqat pul hisoblanadi. Veksellarning shakllari turlicha.

Download 25.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling