mavzu: Moliyaviy siyosat Reja Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari
Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari
Download 293.25 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza Moliyaviy siyosat
3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning о‘ziga xos xususiyatlari
Yaqin о‘tmishda, ya’ni shо‘rolar davrida mamlakatimiz iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, tо‘sqinlik qilib qolgan moliyaviy siyosat yurgizildi. Buning ustiga shu davrlar mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta’minlashda faol moliyaviy siyosatning roliga etarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarida va eng avvalo, iqtisodiy sohada moliyaviy munosabatlarning roli buzib kо‘rsatildi. Moliya va moliyaviy dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mо‘ljallangan va ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalarning ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni kо‘zlab amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi. О‘zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bо‘lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarida ham chuqur islohotlarni amalga oshirishga tо‘g‘ri keldi. Belgilangan strategik vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi. Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson salomatligiga putur etkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yо‘lidan og‘ishmay amalga oshirilmoqda. О‘zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -davlat byudjetidagi defitsitni yо‘l qо‘yilgan eng kam daraja doirasida (YAIMning 3-4 foizi atrofida) cheklashga yо‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish; -davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur tarkibiy о‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishning о‘sishini kо‘zlab yо‘naltirishni ta’minlash; -ijtimoiy yо‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan huquqlarini himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini kо‘tarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; -ijtimoiy himoyaning manzilli bо‘lishiga, moliyaviy mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi qatlamlariga etib borishini ta’minlash; -Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqarorligini ta’minlash; -byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish; -soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sirini kuchaytirish maqsadida: - soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, tо‘plangan mol-mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish; - korxonalar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish, qо‘shilgan qiymat va foyda solig‘idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish; - soliq tushumlari tarkibini tubdan о‘zgartirish, resurslar, mol-mulk solig‘ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirishning progressiv tizimini joriy etish. Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati konsepsiyasining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish asosida jamiyat a’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’minlashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yо‘naltirilganligi xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini kо‘paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bо‘libgina qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay yangicha yondoshuvda ham namoyon bо‘ladi va endilikda aholi turmush darajasi va ishlab chiqarishning о‘sishini moliya resurslardan samarali foydalanish yо‘nalishlarini belgilaydi. Download 293.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling