mavzu: Moliyaviy siyosat Reja Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari


Download 293.25 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana08.11.2023
Hajmi293.25 Kb.
#1755516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza Moliyaviy siyosat

prinsiplarini, vazifalarini, amalga oshirish bosqichlarini va eng samarali 
metodlarini) ishlab chiqish; 
-makrodarajada va bozor iqtisodiyotining sub’ektlari darajasida iqtisodiy 
о‘sishni rag‘batlantiradigan bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga mos (adekvat) 
bо‘lgan dinamik holdagi moliya mexanizmini shakllantirish; 
-markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan resurslar va moliyaviy 
oqimlarning samarali boshqarilishini oshirish bо‘yicha choralar tizimini ishlab 
chiqish va amalga oshirish; 
-ijtimoiy takror ishlab chiqarish va iqtisodiyotni istiqbolli restrukturizatsiya 
qishlishdagi roliga muvofiq ravishda ijtimoiy iqtisodiy tizimning barcha darajalari 
va sohalari bо‘yicha moliyaviy resurslarni oqilona (optimal) taqsimlashni tashkil 
qilish; 
-iqtisodiy о‘sishning joriy va istiqboldagi moliyaviy salohiyatini 
shakllantirish. 
Shuningdek, moliyaviy siyosatning mazmuni, uning asosiy yо‘nalishlari 
jamiyat taraqqiyotida davlatning roli tо‘g‘risidagi fanning rivojlanish darajasiga va 
iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokining darajasini aniqlaydigan tegishli 
nazariy konsepsiyalarga, moliyaviy siyosatni amalga oshirishning alohida 
instrumentlaridan foydalanishda, ya’ni moliyaviy munosabatlarni tashkil etishning 
aniq shakllarida namoyon bо‘ladi.
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bо‘lgan A.Smit va D.Rikardolar 
konsepsiyalarining mohiyati shundan iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan 
erkin konkurensiyani (raqobatni) saqlamog‘i lozim va jamiyat xо‘jalik hayotini 
tartibga solishda asosiy rolь bozor mexanizmlariga ajratilishi (berilishi) kerak.
Ana shu prinsiplarni inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-
yillari oxiriga qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, 
davlatning muvozanatli (balanslashtirilgan) byudjetini ta’minlashga qaratildi. SHu 
maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish, asosan, 
harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda unga xizmat qilish xarajatlarini 
byudjetdan moliyalashtirish orqali davlat funksiyalarining amalga oshirilishini 
ta’minladi. Byudjet daromadlari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida 
(hisobidan) shakllantirildi. 
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy konsepsiyasi 
ustunlik qila boshlab, unga kо‘ra iqtisodiyot taraqqiyotida davlatning rolini takror 
ishlab chiqarish jarayonining siklik rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish 
orqali kuchaytirish zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga 
oshirishning asosiy instrumenti sifatida yangi ish joylarini yaratishga yо‘naltirilgan 
davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning о‘zida bir necha 
iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarning echilishiga imkon berdi: aholining bandlik 
darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; tadbirkorlik faoliyati о‘sdi; 
qо‘shimcha talab shakllantirildi; milliy daromad kо‘paydi (ortdi); ijtimoiy 
ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar paydo bо‘ldi va xokazo 
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi davlat byudjeti xarajatlarining oshishiga 
olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning о‘zida davlat daromadlarining 
oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralar kо‘rildi. Daromad solig‘i 


davlat daromadlarini oshirishning asosiy manbaiga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa 
tortishning progressiv stavkalari qо‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi milliy 
daromadni taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi. 
Moliyaviy yо‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar о‘rtasidagi farq 
mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda (ravishda, tarzda) baholanishi bilan 
belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni shakllantirish va undan 
foydalanishning zarurligidan kelib chiqqan bо‘lsa, ikkinchi konsepsiya esa byudjet 
defitsitining bо‘lishi mumkinligiga yо‘l qо‘ygan va buning ustiga iqtisodiy о‘sishni 
rag‘batlantirishda byudjet defitsitiga faol rolь ajratgan. 
Haqiqatdan ham XX asrning 30-60-yillarida keynscha moliyaviy siyosat deb 
nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida о‘zining samaradorligini isbotladi. Davlat 
iqtisodiyotga aralashuvining kengayishi va davlat tartibga soluvchi funksiyasining 
kuchayishi oqibatida moliyaviy munosabatlarni tashkil qilish murakkablashdi. 
Davlat xarajatlarini defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat kreditining 
rivojlanishini belgilab berdi.
Uzoq va о‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari bozorining 
rivojlanishiga olib keldi va о‘zining ahamiyati bо‘yicha davlat moliyaviy 
resurslarini shakllantirishning ikkinchi manbaiga aylandi. Buning natijasida milliy 
daromadni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi. 
XX asrning 70-yillarida iqtisodiy nazariyaning neoklassik yо‘nalishi 
moliyaviy siyosatning о‘ziga xos bо‘lgan xususiyatlarini belgilab berdi. Bu 
konsepsiya davlatning tartibga soluvchi rolidan voz kechmasa-da, lekin uning 
iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuvi darajasini biroz chekladi.
Amalda esa davlatning aralashuvi kamaymadi va aksincha biroz kuchaydi. 
Chunki bunday aralashuv endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va 
xarajatlari orqali amalga oshirilib qolinmasdan, balki pul muomalasini, valyuta 
kursini, ssuda kapitallari va qimmatli qog‘ozlar bozorini ham tartibga solish orqali 
sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va kapitallar 
oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi taraqqiyotning qayta qurilish 
tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga о‘zining ta’sirini kо‘rsatdi. 
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati zamonaviy 
nazariyalar ostida bо‘lib, bu nazariyalar amalda tartibga solish ikki tizimining 
konvergensiyasidan (qо‘shilib ketganligidan, aralashuvidan) iborat. SHunga 
muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga solishning ham 
keynschilik va ham neokeynschilik tizimining turli-tuman elementlaridan 
foydalanadilar. 
Faqat 
davlatning 
ixtiyorida 
moliyaviy 
resurslar 
katta 
qismining 
tо‘planishinigina (konsentratsiya qilinishinigina) emas, balki moliyaviy 
munosabatlarni tashkil etishda davlatning monopolligini (yakka hokimligini) kо‘zda 
tutivchi moliyaviy markazlashtirish zaruriyatga aylandi. Chunki davlatning 
funksiyalari shu qadar kengaytirildiki, ularning eng asosiylari xо‘jalik-
tashkilotchilik va madaniy-tarbiyaviy funksiyalar bо‘lib qoldi. 
Sovet davlati iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ehtiyojlarini byudjetdan tо‘liq 
moliyalashtirdi. Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda davlatning roli keskin oshdi. 
Chunki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning davlat rejalari yordamida u ijtimoiy 


faoliyatning barcha sohalariga bevosita rahbarlik qildi. Bu, albatta, xususiy mulk 
shakllarining davlat (umumxalq) mulkiga aylanishi bilan belgilanadi. SHunga 
muvofiq ravishda davlat milliy daromadni qayta taqsimlashning soliq shakllaridan 
ishlab chiqarish sohasida tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri taqsimlashga va davlat byudjeti orqali 
qayta taqsimlashga о‘tdi. 
Moliyaviy markazlashtirish yana shunda namoyon bо‘ldiki, davlat bevosita 
va monopol ravishda baholarni shaklantirish, pul muomalasi, hisob-kitoblar tizimi 
va kredit munosabatlarini ham tartibga soldi. Shunday qilib, boshqaruv tizimini 

Download 293.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling