mavzu: Moliyaviy siyosat Reja Moliyaviy siyosatning mazmuni va prinsiplari
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
Download 293.25 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza Moliyaviy siyosat
2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yо‘nalishlari) quyidagilardan iborat: -byudjet siyosati; -soliq siyosati; -pul siyosati; -kredit siyosati; -baho siyosati; -investitsion siyosat; -ijtimoiy moliyaviy siyosat; -boj siyosati. О‘z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning vositasi bо‘lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni о‘ynaydi. Bir vaqtning о‘zida davlat siyosatining boshqa - milliy, geosiyosat, harbiy - yо‘nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yо‘nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig‘indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy instrumenti sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatni aniqlab beradi. Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi sifatida boshqaruvning yuqori (oliy) organlariga tegishlidir. Mamlakatning sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlarning qabul qilinish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yо‘nalishi) sifatida davlatning byudjet siyosati, eng avvalo, har bir mamlakatning Konstitusiyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanadi. О‘zining hajmi va muhimligi jihatidan eng katta ish bо‘lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun byudjet jarayonida hokimiyatning qonunchilik va ijroiya organlari funksiyalarini, mamlakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq va majburiyatlarini va xokazolarni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda konsentratsiya qilinadigan (tо‘planadigan) YAIM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlarining о‘zaro munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, turli darajadagi byudjetlar о‘rtasida xarajatlarni taqsimlashda, davlat qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yо‘llarini aniqlashda va xokazolarda ifodalanadi. Demokratik davlatda byudjet qonun tarzida tasdiqlanadigan hujjat hisoblanadi. Unda davlatning о‘z funksiyalarini bajarish maqsadida davlat qо‘lida konsentratsiya qilingan (tо‘plangan) pul mablag‘larining harakati о‘z ifodasini topadi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul resurslarini yо‘naltirish byudjet siyosatining ustuvorligini tashkil etadi. Agar maqsadga erishish milliy iqtisodiyot ta’minlaydigan mablag‘lardan kо‘p mablag‘ talab etsa, davlat qо‘shimcha daromadlarni shakllantirishning quyidagi favquloddagi usullarini qо‘llashga majbur bо‘ladi: ichki va tashqi kreditlar, milliy boylikni sotish, boylik va mol-mulkni ijaraga berish va konsessiyalar. Byudjetning daromadlar qismini tо‘ldirishning favquloddagi choralari iqtisodiy mustaqillikning yо‘qolishiga olib kelishi mumkin. Buni hisobga olgan holda hokimiyatning qonunchilik organlari qarz olishning chegarasini oldindan belgilaydi. Besh yuz yildan ortiqroq vaqt mobaynida zamonaviy moliya fani soliqlarga soliq siyosati moliyaviy siyosatning eng muhim qismi (yо‘nalishi) hisoblanadi nisbatan munosabatini aniq belgilash imkoniga ega bо‘lgan. Bu munosabatlar Download 293.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling