Mavzu: Moliyaviy siyosat


Download 64.41 Kb.
bet3/4
Sana25.01.2023
Hajmi64.41 Kb.
#1121267
1   2   3   4
Bog'liq
moliya 2-mavzu

Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga solinishi orqali ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda erosti boyliklari, suv havzalari, temir yo’llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining o’sishi milliy xo’jalik boshqa barcha tarmoq va sohalarida baho-larning o’sishiga olib keladi. Bu yerda bog’lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo’q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo’lib hisoblanadi.

  • Moliyaviy siyosatning yo’nalishi sifatida davlatning baho siyosati monopol tovar va xizmatlar bahosi va tarifining tartibga solinishi orqali ifodalanadi. O‘zbekiston Respublikasida ayni davrda erosti boyliklari, suv havzalari, temir yo’llar, elektr uzatish tarmoqlari, neft va gaz quvurlari davlatning monopol egaligidadir. Bu tarmoqlar tovarlari va xizmatlari bahosining o’sishi milliy xo’jalik boshqa barcha tarmoq va sohalarida baho-larning o’sishiga olib keladi. Bu yerda bog’lanish shunchalik ayonki, hech qanday izohga hojat yo’q. Shuning uchun ham baho siyosati iqtisodiyotni tartibga solishning muhim omili bo’lib hisoblanadi.

Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo’na-lishlaridan biri bo’lib, u eng avvalo, mamlakat iqtiso-diyotining real sektoriga o’z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning xorijga chiqib ketmasligi va, aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.

  • Investitsiya siyosati moliyaviy siyosatning muhim yo’na-lishlaridan biri bo’lib, u eng avvalo, mamlakat iqtiso-diyotining real sektoriga o’z va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun sharoitlarni yaratish bo’yicha ishlab chiqilgan va iqtisodiyotga joriy qilinadigan tadbirlar kompleksidan iborat. Bu siyosat davlat boshqaruvi va xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasini boshqarishning turli darajalarida amalga oshiriladi. Investitsion siyosatning asosiy vazifasi mamlakat iqtisodiyotiga investorlar tomonidan moliyaviy resurslarni kiritish, mamlakatdan kapitalning xorijga chiqib ketmasligi va, aksincha, mamlakatga xorijiy kapitallar oqimining kirib kelishi uchun sharoitlarni yaratish orqali ifodalanadi.

Download 64.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling