Mavzu: Moliyaviy siyosat
inqiroz davrida soliqlar stavkalari mumkin qadar minimal darajada o’rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanish imkoniga ega bo’ladi
Download 64.41 Kb.
|
moliya 2-mavzu
inqiroz davrida soliqlar stavkalari mumkin qadar minimal darajada o’rnatilmog’i lozim. Buning natijasida mamlakatning iqtisodiy mexanizmi ichki investitsion salohiyatni safarbar etish hisobidan tiklanish imkoniga ega bo’ladi;
Moliyaviy siyosatning yo’nalishlaridan yana biri pul siyosatidir. Agar muomaladagi pul miqdori tovarlar massasi miqdoriga (pulning aylanish tezligini hisobga olgan holda) mos kelmasa, pul massasining etmagan qismi qog’oz pullar (pullarning surrogati) hisobidan yoki xorijiy valyuta hisobidan to’ldiriladi. Va, aksincha, agar pul massasi unga bo’lgan talabdan ortiq bo’lsa, yo pul massasining mamlakatdan chetga chiqishi (oqishi) yoki milliy valyutaning qadrsizlanishi sodir bo’ladi.
Kredit siyosati ham moliyaviy siyosatning yo’nalishi bo’lib, u mamlakat krediti tizimi orqali amalga oshiriladi. Kredit tizimi ssuda kapitalining faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydi. O‘z navbatida, ssuda kapitali takror ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishning muhim sharti hisoblanib, aylanma mablag’larni to’ldirish va investi-tsiyalar uchun mablag’larning qarzga olinishini ta’minlaydi. Iqtisodiyotning kredit sektori o’rtacha foyda normasini tenglashtirish uchun ham xizmat qiladi.
Download 64.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling