Mavzu: Moliyaviy tahlil. Buxgalteriya balansi tahlili


Download 0.93 Mb.
Sana09.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1346699
Bog'liq
Moliyaviy tahlil Buxgalteriya balansi tahlili

Mavzu: Moliyaviy tahlil. Buxgalteriya balansi tahlili

Moliyaviy tahlil - moliyaviy natijalar va tashkilotning moliyaviy holatini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy tahlilning bir turi. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy axvoli va natijaviyligi, ulaming pul ishlab topish va kapitalni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta ishlanishi, real holat aniq baxolanishi, uning kelgusidagi kutilishlari oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi.Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo‘lga qo'yish va yuritish mumkin.

  • Moliyaviy tahlil - moliyaviy natijalar va tashkilotning moliyaviy holatini o'rganish bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy tahlilning bir turi. Xo'jalik yurituvchi subyektlaming faoliyati, uning samaradorligi, moliyaviy axvoli va natijaviyligi, ulaming pul ishlab topish va kapitalni o‘stirish imkoniyatlarini aniqlash muhim axborotlar oqimini shakllantirish bilangina hal etilmaydi. Ushbu axborotlar oqimi qayta ishlanishi, real holat aniq baxolanishi, uning kelgusidagi kutilishlari oldindan bashorat qilinishi, turli tahlikalar hisobga olinishi talab etiladi.Faqat shu orqaligina samarali boshqaruvni yo‘lga qo'yish va yuritish mumkin.

Moliyaviy tahlil etish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarining nafaqat aktivlari va ularning kelgusidagi ko‘payishi, kapitali va uning o‘sishi, majburiyatlarining holati, moliyaviy natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning kutilishlari boshqaruvning barcha obyektlari bo‘yicha axborotlami chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni turi va maqsadli yoMga qo‘yish imkoni tutiladi.

  • Moliyaviy tahlil etish orqali xo‘jalik yurituvchi subyektlarining nafaqat aktivlari va ularning kelgusidagi ko‘payishi, kapitali va uning o‘sishi, majburiyatlarining holati, moliyaviy natijasi va rentabelligi, pul oqimlari va ularning kutilishlari boshqaruvning barcha obyektlari bo‘yicha axborotlami chuqur qayta ishlash orqali faoliyatni turi va maqsadli yoMga qo‘yish imkoni tutiladi.
  • Moliyaviy barqarorlik tahlilining mazmuni, maqsadi va vazifalari. Korxonaning iqtisodiy resurslari, uning moliyaviy tuzilmasi, likvidligi, to‘lovga qobiliyatini moliyaviy ahvol va barqarorlikka ta’siri .Moliyaviy barqarorlik va uning tiplari: mutlaq va me’yoriy barqarorlik, nobarqaror va inqirozli holatlar.

Korxonaning moliyaviy barqarorligi bilanbog‘liq koeffitsientlari (moliyaviy mustaqillik (avtonomiya), moliyaviy qaramlik, o‘z va qarz mablag‘larining nisbati, o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganlik, o‘z aylanma mablag‘larining to‘planish koeffitsienti kabi) va ularning tahlili.
Korxonaning o‘z oborot mablag‘lari bilan ta’minlanganligi tahlili. Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili.Korxonaning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha ichki imkoniyatlarni aniqlash va yo‘lga qo‘yish chora tadbirlarini belgilash.

Moliyaviy tahlil bosqichlari


Tahlil
1Makroekonomik
2Soha bozori
3Tarixiy ma’lumotlar
4Joriy holat
Axborot yig’ish
o Makroekonomik;
o Soha bozori;
o Kompaniya axborotlari
Xulosa va prognoz
1Joriy holat bo’yicha xulosa;
2Ssenariylar asosida keyingi 3yillar prognozi;
4Kerakli tavsiyalar.
Buxgalteriya balansi — buxgalteriya hisoboti aniq hisobot sanasida yakunlovchi, mablagʻlarning sarflanishi, manbai va maqsadini taʼriflovchi, jamlovchi, umumlashtirilgan jadvalda pul hisobida aks ettiruvchi hujjat. Buxgalteriya balansi korxona, tashkilot, firma va boshqa xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning mulkiy holatini qiymat koʻrinishida taʼriflab beradi.

Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi.Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.

  • Buxgalteriya balansi umumlashtirilgan jadval shaklida korxonaning mulklari tarkibini, ularning joylashtirilishini, manbalarini, mablagʻlarning sarflanishi va safarbar etilishini hisobot sanasida qiymat jihatidan aks ettiradi. Buxgalteriya balansi 2 qismdan iborat boʻlib, chap tomoni aktiv, oʻng tomoni passiv deb ataladi.Aktiv va passiv bir-biriga teng boʻladi.

Buxgalteriya balansining maqsadi – xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriya balansi uning resurslarini va moliyaviy tarkibini anglab yetishga imkoniyat berishi uchun hisobot vaqtidagi moliyaviy ahvolni aks yettirishdan iborat. Balansning jamlangan qatorlari bo‘yicha tasnifiy jihatlarini quyida ko‘rib o‘tishimiz mumkin.
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi.
Aktivlar – xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga yega bo‘lgan moddiy, shu jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.
Aktivlarda aks yettirilgan bo‘lg‘usi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatini bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin.Asosiy moliyaviy hisobot shakli bu – buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdir. Boshqa moliyaviy hisobotlar bir jihatning boshqa-boshqa jihatlarini aks yettiradi. Ular qatoriga pul oqimlari, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllarini kiritish mumkin.
Balans moddalarini tasnifi yuzasidan quyidagi muhim xulosalarni chiqarish mumkin.

E’tiboringiz uchun rahmat


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling