Mavzu: moliyaviy tizim manzara
“NNN” konpaniyasining foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti
Download 84.87 Kb.
|
кейс
- Bu sahifa navigatsiya:
- NNN” kompaniyasining buxgalteriya balansi
- 4. YOSH MUXBIR
- MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOT: MAZMUNI, VAZIFALARI VA TURLARI 5. MOLIYACHI
- MAVZU: MOLIYA VA RISKLAR 6. EKSPORT
“NNN” konpaniyasining foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti
2-jadval NNN” kompaniyasining buxgalteriya balansi
MAVZU: MOLIYAVIY REJALASHTIRISH VA TARTIBGA SOLISH 4. YOSH MUXBIRSiz mahalliy gazetaga itqisodiy muxbir sifatida ishga olishdi va sizga pulning vaqt bo’yicha qiymatiga bag’ishlangan bir qancha maqolalarni birlashtirib o’quvchilar uchun tezis tayyorlashni buyurishdi. Muharrir sizni o’quvchiga pulning vaqt bo’yicha qiymatini tushuntirib berishdan tashqari ma’lum savollar bilan turli muammolarni yechimini taklif etishingizni so’radi. Muharir sizga quyidagi fikrlarni bildirdi: “Pulning vaqt bo’yicha qiymatiga bag’ishlangan bir qator holatlar maqolangizda aks etishini xohlayman. Shuningdek, bu vazifani boshlashingizdan avval, men avvalo biz bir xil yondashuvga ega ekanligimizga amin bo’lmoqchiman, chunki aniqlik bizning gazetamizning asosiga aylangan. Boshlashimizdan avval quyidagi savollarni bermoqchiman: diskontlash va murakkab stavkani qo’llashning farqi nima? joriy qiymat va annuitetning joriy qiymati o’rtasida qanday bog’liqlik mavjud? 10 yilga 8 foizdan daromad oladigan $5000 investitsiya qanchaga o’sadi? Agar 10 foizdan investitsiyalanganda $400 $1671 ga yetguniga qadar qancha vaqt o’tadi? 10 yilga $1000 investitsiya qilinsa, qanday stavkada 4046 dollarga yetadi? bankka 5 yilga 10 foizdan investitsiyalanib to’lovlari yarim yilda amalga oshirilsa, berilgan 1000 dollarning kelgusi qiymatini aniqlang. agar siz hozir $100000 qarz oldingiz va 25 yil davomida 25 ta yil ohiridagi to’lovlarni amalga oshirmoqchisiz va to’lanmagan balansdan 10 foizdan to’lab bermoqchisiz. Ushbu holat uchun to’lovlar grafigini tuzing”. Ushbu suhbatdagi savolalrga javob bergan holda, gazaeta uchun pulning vaqt bo’yicha qiymatiga bag’ishlangan maqola yozing. MAVZU: MOLIYAVIY HISOBOT: MAZMUNI, VAZIFALARI VA TURLARI 5. MOLIYACHITasavvur qiling siz yaqinda yangi, yuqori qarzdorlik darajasiga ega Amirsoy yon bag’rida joylashgan chang’i ishlab chiqaruvchi firmaga moliyaviy tahlilchi sifatida ishga olindingiz. Sizning firmangiz yagona tovar – yuqori sifatga ega chang’i ishlab chiqaradi. U shu paytgacha biznes va u duch kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy risklar haqida hech qanday ma’lumotga ega emas. Chang’i fasli tugagan bo’lsada firma direktori boshqaruvning moliyaviy qismiga e’tibor qaratishga ahd qildi. U moliyaviy rahbar bilan firma duch kelishi mumkin bo’lgan muammolarni muhokama qilish uchun keyingi hafta yig’ilish belgiladi. Tabiiyki, moliyaviy rahbar sizdan direktor bilan muhokamada foydalanish uchun tahlil tayyorlab berishingizni so’radi. Ishingizdagi 1-qadam sifatida firma xarajat tuzilmasidan quyidagi ma’lumotlarni oldingiz: 1-jadval
Keyingi qadam sifatida, siz firmaning ishlab chiqarish birligiga bo’lgan o’z o’zini qoplash nuqtasini (break even point) topishingiz kerak. Sizning kuchli taraflaringizdan biri tegishli hisobotlarni oldindan tayyorlashingizda. Siz moliyaviy rahbar ishingizni baholashi uchun tayyorlagan hisobotlaringizni ko’rishi kerak ekanini bilasiz. Qo’shimcha sifatida siz va moliyaviy rahbar sizdan direktor oldida quyidagi savollarga javob berishingiz kutishini anglab turibsiz: O’z-o’zini qoplash nuqtasini anqiqlashga harakat qiling. Agarda savdo 30%ga oshsa, FSDT (soliq va fozilar to’languncha daromad (EBIT)) va sof daromad qay darajada ko’tariladi? a) va b) dagi savollarga javob beruvchi hisobot tayyorlang. MAVZU: MOLIYA VA RISKLAR 6. EKSPORT2010-yilda O’zbekiston va Germaniya investorlari mablag’lari evaziga “Olmos” qo’shma korxonasi tashkil etildi. Mazkur korxona asosan charmpoyafzal mahsulotlarini ishlab chiqarishga va o’z mahsulotlarini eksport qilishga mo’jallangan. Korxona yangi tashkil etilganligi, ishlab chiqarish quvvatlari yuqoriligiga qaramay mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish joriy yilda o’tgan yilga nisbatan pasayganligi aniqlandi. Korxona rahbari A.Shermatov korxona rahbari o’rinbosari O.Jalilov va marketalog J.Xasanovga ishlab chiqarish natijalarni ifodalovchi ko’rsatkichlar tizimini tahlil qilishni, eksport hajmini oshirish bo’yicha mavjud bo’lgan ichki imkoniyatlarni, ishlab chiqarishni pasayishiga sabab bo’lgan omillarnihamda ushbu ko’rsatkichlar bo’yicha korxonaning iqtisodiy holatiga baho berishni topshiradi. Korxona to’g’risda quyidagi statistik ma’lumotlar berilgan: 1-jadval Korxonaning mahsulot ishlab chiqarish statistikasi
Download 84.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling