Mavzu: Moliyaviy vositachilar Reja: Kirish


Download 105.17 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi105.17 Kb.
#1382984
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Moliyaviy vositachilar

Investitsion banklar
Investitsion banklar (investment banks) – bu shunday firmalarki, ular-ning asosiy vazifasi xususiy kompaniyalar, hukumat va boshqa tashkilot-larga o‘z faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni jalb qilishda yordam berishdan iborat. Shu maqsadda investitsion banklar o‘z mijoz-larining qimmatli qog‘ozlari chiqarilishini tashkil etadilar. Bundan tashqari, ular ba’zida hatto firmalar qo‘shilishiga yoki bitta firma boshqasi tomonidan “yutib yuborilishi”ga ta’sir ko‘rsatadilar (imkoniyat yaratadilar).
Investitsion banklar ko‘pincha anderrayting, yoki o‘zlari bozorda joylashtiradigan qimmatli qog‘ozlarga obuna bilan shug‘ullanadilar. Anderrayting mohiyatan emitent uchun o‘ziga xos sug‘urta hisoblanadi, chunki investitsion bank emitentning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini kafolatli joylashtirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Agar qimmatli qog‘ozlar tashqi investor tomonidan sotib olinmasa, u holda investitsion bank shu qimmatli qog‘ozlarni emitentdan oldindan belgilangan narxda, ya’ni kafo-latlangan narxda sotib oladi.
Ko‘p mamlakatlarda universal banklar Amerika investitsion banklari vazifalarini bajaradilar, ammo AQShda 1933 yilda qabul qilingan Glass-Stigal (Glass Steagall Act) qonuniga muvofiq tijorat banklariga ander-raytingga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina faoliyat turlari bilan shug‘ullanish man etilgan. Biroq, so‘nggi yillarda AQShning bu banklariga bu kabi xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat etildi.
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar va aktivlarni boshqaruvchi firmalar
Venchur kompaniyalariga kapital qo‘yuvchi firmalar (venturecapital firms) investitsiya banklariga o‘xshash, lekin bitta farqi ularning mijozlari yirik korporatsiyalar emas, balki o‘z faoliyatini endi boshlagan firma-lardir. Bunday yosh kompaniyalarning boshqaruvchilari tajribasiz bo‘lib, ular nafaqat moliyaviy yordamga, balki biznesni olib borish borasida maslahatga ham muhtoj bo‘ladilar. Mazkur bo‘limda o‘rganiladigan firmalar aynan shunday xizmatlar ko‘rsatadilar.
“Venchur kapitalistlari” (ya’ni “venchurli” kapital qo‘yilmalari bilan shug‘ullanadigan kompaniya yoki bank) yangi biznesga pul tikadi (qo‘yadi) va boshqaruv xodimlariga firmani “ommaga chiqishga tayyor” bo‘ladigan holatga ko‘tarishga, boshqacha qilib aytganda, o‘z aksiyalarini keng doiradagi investorlarga sotishni boshlashga yordam beradi. Bu darajaga ko‘tarilgach, “venchur kapitalisti”, odatda, kapitaldagi o‘z ulushini sotadi va yangi venchur kompaniyasi bilan shug‘ullanishni boshlaydi.
Bu kabi firmalar, ko‘pincha, investitsiyalarni ishonchli (ishonch bo‘yicha) boshqaruvchi kompaniya deb ataladi. Ular maslahat beradilar va ko‘p hollarda o‘zaro va pensiya fondlarini hamda boshqa aktivlar birlashmalarini alohida shaxs, firma va davlat tashkilotlari manfaatlari yo‘lida boshqaradilar. Ular mustaqil firma bo‘lishi yoki boshqa kompaniya tarkibiga uning bo‘limi sifatida kirishlari, masalan, trast kompaniyasi bankning, sug‘urta kompa-niyasining yoki brokerlik firmasining bir bo‘lagi bo‘lishi mumkin.

Download 105.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling