Mavzu: Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang
Download 1.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang
- Bu sahifa navigatsiya:
- Monologik matn.
Topshiriq.
1. Matnni o‘qib, Navro‘z bayrami haqida suhbatlashing. 2. Bahor, Nazro‘z bayrami, Mustaqillik kuni haqida she’r yoki maqol- larni yoddan ayting. Maqollar. Kun g‘amini sahar ye, Yaxshi yil bahoridan, Yil g‘amini bahor ye. Yaxshi kun saharidan. Navro‘zdan so‘ng qish bo‘lmas, Qishning qori yozga Mezondan so‘ng yoz bo‘lmas. (bahorga) dori. Yaxshi odam ko‘zidan, Yaxshi kelsa hutni ko‘ring, Yaxshi yil Navro‘zidan. Xurma-xurma sutni ko‘ring. Suhbat * Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. Monolog ( yunon. monos – yakka, logos – so‘z ) - yakka shaxsning ayni paytda javob berilishini talab qilmaydigan , o‘zgalar replikalari bilan bo‘linmagan nutqi. Monolog og‘zaki shaklda ( turli yig‘inlardagi nutq, ma’ruza, hisobotlar) ham, yozma shaklda ( publisistika, memuarlar va h. ) ham keng qo‘llanadi. Badiiy adabiyotda monologlardan turli maqsadlarda foydalaniladi. Ayniqsa, dramatik asarlarda monologlarning badiiy – estetik vazifalar doirasi ancha keng. Monolog – dramatik personajning ruhiy holati, uning ongiyu qalbida kechayotgan jarayonlarni tasvirlashning asosiy shakli. Ayni chog‘da, shartli ravishda tasvirlanuvchi bunday ruhiy jarayonlar voqealarga g‘oyaviy – hissiy munosabatni ifodalash , ayrim muhim tafsilotlarni berish, syujet rivojini asoslash kabi qator muhim funksiyalarni ham bajaradi. Monolog lirikaning ustuvor nutq shakli, lirik qahramon kechinmalari , asosan, uning monologi orqali ifodalanadi. Bu narsa ijroviy lirika namunalarida, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi, shuning uchun amaliyotda bunday she’rlar monolog deb ham yuritiladi ( A. Oripov. “ Hamza”; X. Davron. “Abulhay so‘zi” ). Sifat jihatidan monologning turli ko‘rinishlari mavjud (q. badiiy nutq , ichki monolog). Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling