Mavzu: moodle tizimining interfaol imkoniyatlari reja: Moodle tizimi haqida


Download 447.45 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana08.04.2023
Hajmi447.45 Kb.
#1341175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
 
Nazariy savollar: 
1. 
Moodle tizimi va uning imkoniyatlarini yoriting.
2. 
Moodle tizimida ishlash texnologiyasini izohlang. 
3. 
Moodle tizimidan foydalanib darslarni qanday samarali tashkil qilish mumkin? 
 
 
MAVZU: MOODLE TIZIMIDA NAZORAT TESTLARI YARATISH. 
Reja: 
1. 
Test va ularning turlari. 
2. 
Moodle da test tuzish usuli 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Test, yopiq turdagi testlar, ochiq turdagi testlar, moslikni tekshiruvchi testlar, raqamli 
testlar, ta’riflash testlar. 


“Test” atamasi birinchi marta amerikalik psixolog J. Kettel tomonidan 1890 
yilda kiritilgan. “Test” atamasi inglizcha “test” so‘zidan olingan bo‘lib, tekshirish
nazoratsinov ma’nolarini bildiradi. Pedagogikada “test” atamasi 
o‘ziga xos shaklga va mazmunga, turli qiyinlik darajasiga ega bo‘lgan, o‘quvchilar 
o‘zlashtirishi darajasini xolisona baholash imkoniyatini beradigan 
topshiriqlar tizimidan iborat. 
Moodle texnologiyasida qo‘llaniladigan testlarning bir qancha turlari bor 
va ular quyidagilar: 
Yopiq turdagi testlar
Ochiq turdagi testlar(qisqa javob testlari), 
Moslikni tekshirish testlar
Raqamli testlar, 
Ta`riflash testlar, 
To‘g‘ri/Noto‘g‘ri javobli testlar
Hisoblanayotgan testlar, 
Esse testlar. 
Yopiq turdagi testlarda- o‘quvchi javob berishi kerak bo‘lgan savol yoziladi. Bu 
savolga javob variantlari ham yoziladi, ya`ni bitta variantga aniq
to‘g‘ri javob yoziladi. Boshqa javoblarga esa kalit so‘z yoki formula, belgi, simvol, 
harflarni o‘zgartirib, tushirib qoldirib noto‘g‘ri javob variantlari tuziladi. 
Topshiriq shartidan keyin to‘g‘ri javob va 1-3 ta to‘g‘riga o‘xshagan, lekin to‘g‘ri 
bo‘lmagan javob variantlari keltiriladi. 

Download 447.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling