Mavzu. Motiv va motivatsiya va hissiyotning namoyon bo‘lishi Reja


Download 25.23 Kb.
bet1/3
Sana16.04.2023
Hajmi25.23 Kb.
#1360328
  1   2   3
Bog'liq
6 Mavzu


  1. - Mavzu. Motiv va motivatsiya va hissiyotning namoyon bo‘lishi

Reja:

  1. Inson faolligi, uning shakllari va determinantlari. Ehtiyoj, motiv va motivatsiya.

  2. A.N.Leontevning konsepsiyasida ehtiѐjlar va motivlar.Turli psixologiya maktabida motivatsiya muammosini o‘rganilishi.

  3. Emotsional holatlar. Stress tushunchasi va psixik zo‘riqish, stressning tavsifi.

  4. Irodaviy xulq-atvorning ontogenetik xususiyatlari. Shaxsning irodaviy sifatlarini rivojlanishi.

  5. Emotsiya psixik holat va jarayonlar sifatida.

Tayanch so‘z va iboralar
Shaxs, faoliyat, motiv, istak, harakat, ehtiyoj.
Motivatsiya, haqida tushuncha.
Faollik (lotincha “actus” - harakat, “activus” - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti - harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Faollik negizida paydo bo‘luvchi o‘zgacha sifatni, o‘ziga hoslikni egallagan hatti – harakatni yuksak ko‘rinishi, faqat insongagina taalluqligi orqali u psixologiya fanida faoliyat deb nomlana boshlandi. Faoliyat faollikning shaxsga xos turi sifatida vujudga kelib, o‘ o‘zining psixologik alomatlari bilan xatti – harakatdan tafovutlanadi.
Faoliyatning amalga oshishi va shaxs xulq-atvorini tushuntirish uchun psixologiyada motivatsiya va motiv tushunchalari ishlatiladi. Motivatsiya tushunchasi motiv tushunchasidan kengroq ma’noga ega.
Motiv - inson xulq-atvorning ichki barqarorligi, harakatta undovchi tushunchadir.
Motivatsiya esa xulq-atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni bo‘lib, unga tashabbus, yo‘nalganlik tashkilotchilik, qo‘llab-qo‘vvatlash qiradi. Ta’lim jarayonida o‘hish motivlari "nima uchun” "nimaga?', "qanday maqsad bilan?" kabi savollar asosida yuzaga keladi. Motivlar birinchidan, o‘quv faoliyatiga undasa, ikkinchidan, maqsadga erishish uchun zarur yo‘l va usullar tanlashga yordam beradi. O‘quv faoliyatida o‘quv motivlar o‘quvchilar tomonidan tanlanib, ular o‘quvchining maqsadi, qiziqishi, kelajak rejalari bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘quv motivlari turli yosh davrlarida turlicha bo‘ladi.
Motivatsiya inson xulq-atvori uning bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu shaxs xulqini tushuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi. Shaxsning jamiyatda odamlar orasidagi xulqi va o‘zini tutishi sabablarini o‘rganish tarbiyaviy ahavmiyatga ega bo‘lgan narsa bo‘lib, masalani yoritishning ikki jihati farqlanadi;
a) ichki sabablar, ya’ni xatti-harakategasining sub’ektiv psixologik xususiyatlari nazarda tutiladi (motivlar, ehtiyojlar, maqsadlar, mo‘ljallar, istaklar, qiziqishlar).
b) tashqi sabablar, ya’ni faoliyatning tashqi shart-sharoitlari va holatlari. Bular ayni konkret holatlarni kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan tashqi stimunlardir.
Shaxs xulq-atvorini ichkaridan, ichki psixologik sabablar tufayli boshqarish odatda shaxsiy dispozitsiyalar ham deb yuritiladi. Shaxs tomonidan anglanilishi yoki anglanmasligi ham mumkin. Ba’zan shuday bo‘ladiki, shaxs o‘zi amalga oshirgan ishi yoki o‘zidagi o‘zgarishlarga nisbatan shakllangan munosabatning haqiqiy sababini o‘zi tushunib yetmaydi “nega? Degan savolga o‘zim ham bilmay qoldim, bilmayman deb javob beradi”. Bu anglanmagan dispozitsiyalar yoki ustanovkalar deyiladi. Agar shaxs biror kasbga ongli tarzda qiziqib, uning barcha sir-asrorlarini egallash uchun astoidil harakat qilsa, unda vaziyat boshqacharoq bo‘ladi, ya’ni dispozitsiya anglangan ongli hisoblanadi.

Download 25.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling