Mavzu: moyli ekinlar tasnifi


Download 0.89 Mb.
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1523399
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Moyli ekinlarning umumiy tavsifi

KUNJUT
Kunjut — O‘zbekistonda qadimdan ekiladigan asosiy moyli ekin- lardan biri. U urug‘i tarkibidagi moy miqdori bo‘yicha moyli ekinlar orasida birinchi o'rinni egallaydi. Sovuq presslash (juvozda) yo‘li bi­lan olingan kunjut xushta’mligi bo‘yicha zaytun moyiga tenglashadi.
Kunjut urug'idan konditer sanoatida, meditsinada, shuningdek, kon- servalar tayyorlashda foydalaniladi. Konfetlar, sharq shirinliklari, turli holvalar, non mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi.
Issiq presslash yo‘li bilan olingan o'simlik moyi texnik maqsad- larda ishlatiladi, shuningdek, uni kuydirib qurumidan a’lo sifatli tush tayyorlanadi.
Kunjut urug'ida 48-65 % moy, 16—19 % oqsil, 15,7-17,5 % eriydigan uglevodlar saqlanadi. Sovuq presslashda olingan kunjarasi tarkibida 40 % oqsil, 8 % yog‘ saqlanadi va u konditerlikda ishlatila- digan un, holva tayyorlashda, shuningdek, chorva mollari uchun kon- sentrlangan oziqa sifatida foydalaniladi. Issiq presslashda hosil bo‘lgan 100 kg kunjarasida 132 o.b. saqlanadi.
Kunjutning vatani Afrika. O‘zbekistonga kunjut Panjob (Pokiston) orqali kirib kelgan. Markaziy Osiyo mamlakatlarida keng tarqalgan.
Jahon dehqonchiligida kunjut 7 min gektar maydonga ekiladi. U Hindiston, Pokiston, Xitoy, Birma, Meksika, Afrikada ko‘p ekiladi.
O‘zbekistonda kunjut sug‘oriladigan va lalmikorlikda yetishtiriladi. Sug'oriladigan yerlarda hosildorligi 2—2,5 t/ga, lalmikorlikda 1—1,5 t/ga.
Botanik tasnifi. Madaniy yoki Hind kunjuti — Sesamum indicum L. bir yillik o'simlik. Kunjutsimonlar oilasiga mansub. Uning 19 turi ma’lum, ammo ekiladigan hamma navlar madaniy kunjut turiga kiradi.
Kunjut tuproqda 1,2—1,5 m chuqurlikka kirib boruvchi o‘qildizga ega. Poyasining bo‘yi sug‘oriladigan yerlarda 100—150 sm, lalmida SO­SO sm, to‘rt yoki sakkiz qirrali, yashil tuklar bilan qoplangan. Tuklar nav xususiyatlariga qarab zich yoki siyrak bo‘lishi mumkin. Poyasi ayrim navlarida shoxlanuvchan, shoxlari yuqoriga qarab o‘sadi. Bir tup o'simlikda 4—12 shox hosil bo‘ladi. Shoxlanmaydigan shakllari ham bor.
Barglari bandli, qarama-qarshi yoki navbatlashib joylashgan. Poya- ning pastki qismida butun, o‘rtasida bo'laklangan, yuqoridagi barglar tor, lansetsimon.
Guli beshtalik tipda, barg qo‘ltig‘ida 1—3 ta hosil bo'ladi. Gul bandi kalta joylashishiga qarab bir gulli va uch gulli shakllari farqla- nadi. Tojbarglari pushti, binafsha, oq. Kosacha va tojibarglari tukli. O‘zidan changlanadi, ammo chetdan asalarilar yordamida ham chang- lanishi mumkin.
Mevasi yashil, tukli, uzunchoq ko'sakcha. Ko‘sagi 2 yoki 4 meva bargidan iborat, chetlari ichkariga qaytib soxta po‘st hosil qiladi. Ayrim-
larida soxta to'siqlar yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Ko'saklar chatnab ochi- ladi. Ko'sakchada to‘siqlar bo‘lsa, urug‘lar to‘kilmaydi, to‘siq bo‘lmasa to‘kiladi. To‘siqli ko'sakchalar o‘simlik pishgandan keyin ildizi yuqo- riga ko'tarilib silkitilsa urug‘i to‘kiladi. Seleksiya yo‘li bilan pishganda ko'saklari yorilmaydigan navlar yaratilmoqda. Ko‘saklar 4—8 uyali, bo‘yi 4 sm, eni 0,9 sm. Bir tup o‘simlikda 20—100 ta ko‘sak hosil bo‘ladi. Bitta ko‘sakda 70—80 ta urug‘ bor. Urug'i mayda, tuxumsimon, bo‘yi 2,7—4 mm, eni 1,7—1,9 mm, 1000 urug‘ vazni 2—5 g. Rangi oq, qo‘ng‘ir, jigarrang, qora.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling