Mavzu: ms access dasturida formalar yaratish. Microsoft Access 2010 da ma’lumotlar bazasini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish Forma


Download 271.43 Kb.
Sana27.09.2023
Hajmi271.43 Kb.
#1688420
Bog'liq
4-Amaliy FORM


Mavzu: MS Access dasturida formalar yaratish.


Microsoft Access 2010 da ma’lumotlar bazasini hosil qilish va tahrirlashda formalardan foydalanish


Formalar MB yangi ma’lumotlarni kiritish va mavjud ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi. Forma ma’lumotlarni kiritish uchun mo‘ljallangan maydonlari bo‘lgan elektron blank ko‘rinishiga ega. Bu maydonlarga kiritilgan ma’lumotlar bevosita MBning jadvaliga qo‘shiladi.
Umuman olganda, forma hosil qilinmasdan ham ma’lumotlarni asosiy jadvalga kiritish mumkin. Lekin jadvalga ma’lumotlarni forma orqali kiritish ancha qulaylik tug‘diradi. Jadvalga ma’lumotlarni kiritish uchun turlicha forma tuziladi.
MS Access 2010 da MB yangi ma’lumotlarni kiritishning ikki xil usuli mavjud:

1-mashq. O‘quvchilar haqidagi ma’lumotlar bazsi uchun forma yarating va forma yordamida ma’lumotlarni kiriting.
Bajarish. “Ma’lumotnoma” nomli jadval yaratiladi va u belgilab, Создание menyusidan Мастер форм bandi tanlanadi.

Hosil bo‘lgan oynadan “>>belgini tanlab, Далее tugmasi orqali navbatdagi oynaga o‘tamiz. Oynada forma oynasini to‘rt xil ko‘rinishga o‘tkazish imkoni mavjud: в один столбец ( bir ustun); летночный (lenta simon); табличный (jadvalli); выровненный (to‘g‘irlangan).
Ushbu oynadan в один столбец bandi belgilanib, Далее tugmasini bosamiz. Navbatdagi oynadan Открыть форму для просмотра и ввода данных bandi tanlab, Готов tugmasini bosamiz. Natijada, quyidagi oyna hosil bo‘ladi:

Hosil bo‘lgan forma oynasi yordamida “Ma’lumotnoma” nomli jadvalga ma’lumotlarni kiritish imkoni mavjud.


SAVOL VA TOPSHIRIQLAR


1. MS Access 2010 da ma’lumotlarni formalar orqali kiritishni tushuntirib bering.
2. Talabalarning fanlardan olgan boholari bo‘yicha forma yaratib, uni to‘ldiring.
3. Mustaqil ravishda ma’lumotlar bazasi uchun forma oynasi yarating.


Download 271.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling