Mavzu: ms dos operatsion tizimi


Download 24.73 Kb.
bet1/2
Sana11.10.2023
Hajmi24.73 Kb.
#1698782
  1   2
Bog'liq
Laboratoriya ishi-2

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Reja

Laboratoriya ishi-2
Mavzu: MS DOS operatsion tizimi.

Ishdan maqsad: MS DOS operatsion tizimi haqida tushunchalarni mustahkamlash. Kompyuterni ishga tushiruvchi tizimli dasturlar va ularning imkoniyatlari. Kompyuter resurslari. Operatsion tizim tarkibi: ichki (o'rnatilgan) va tashqi (utilit-dasturlar). Operatsion tizim buyruqlari. Kompyuterning tashqi qurilmalarini boshqaruvchi dasturlar – drayverlar. Tarmoq operatsion tizimlari.

Reja:


  1. Tizimli dasturiy ta'minot

  2. Operatsion tizim va uning tarkibi

  3. Operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari, sinflari va turlari.

Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyutеrning va kompyutеr tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir. 


Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
  • kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;


  • kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.


Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion tizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashgan bo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.


Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi(xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot aloxida, qo‘shim-cha tarzda olinishi mumkin.
Tizimli dasturiy ta’minot tarkibiy qismlari
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
- operatsion tizim (OT);
- tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir
Operatsion tizim (OT). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini (tezkor xotira, diskdagi o‘rinlar va xokazo) boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi.
Zamonaviy operatsion tizim foydalanuvchi va boshqa dasturlar orasida qulay muloqotni ta'minlaydi (interfeys). Dastlabki opetarsion tizim - DOS (Disk Operation System) 1981 yili Microsoft firmasi tomonidan chiqarilgan. 16 razryadga ega bo'lgan operatsion tizim foydalanuvchi «buyruqlar satri» bilan muloqot qilgan va hech qanday grafik interfeysga ega bo'lmagan. Hozirda ushbu operatsion tizim kompyuterlarga o'rnatilmaydi. Hattoki IBM firmasi tomonidan chiqarilayotgan PC-DOS 2000 modifikatsiyalangan rusumlari ham.
80-yillar oxirida yangilik olamida dastlabki Windows 3.x grafik mUhitga ega bo'igan operatsion tizimlar chiqa boshladi. Windows 95 (yoki boshqacha nomlanishi Chicago) barcha kompyuter industriyasida yangi bosqichni vujudga keltirdi.
Bugungi kunda kompyuterlarga asosan Microsoft firmasining operatsion tizimlari o'rnatilmoqda. Ular Windows 98, Memphis, Windows 2000, Windows Millennium Edition, Windows NT, Windows XP, Windows Vista, Windows 7. Ba'zi foydalanuvchilar boshqa firma tomonidan ishlab chiqilgan alternative sanalgan Linux, Unix, OS/2 kabi operatsion tizimlarni ishlatadi.
Operatsion qobiq hozirgi kompyuterlarga Norton Commander, Volkov Commander, PowerDesk, DOS Navigator, Disco Commander, Far, Windows Commander, Total Commander va boshqa qobiqlar o'rnatilmoqda. Ular nafaqat qulaylik yaratib berishadi, balki kompyuter bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilishga moslashgan bo'lib, yangi imkoniyatlarni dasturlar ishlashi uchun grafik interfeys, multidasturlash va dasturlar orasida axborot almashish uchun muhitni kengaytirib beradi.
Tarmoq operatsion tizimlari - lokal tarmoqlarda kompyuter ishlarini boshqarishda asosiy vazifani bajarishadi. Ular local tarmoqga mansub bo'lgan boshqa kompyuterlarni dispetcher boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Tarmoq OT lari serverdan ruxsat olgan administratorlar-ning tarmog'ini yoki foydalanuvchini tartibga solib turadi. Bunday OTlarga Microsoft Windows NT, Novell Net Ware, LAN WorkPlace Windows Server 2003, Windows Server 2008 va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Tizim dasturlari amaliy dasturlar bilan birga bajariladi va kompyuterning kiritish-chiqarish, xotiralar, markaziy protsessor resurslarini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu dasturlar kompyuterning barcha foydalanuvchilari uchun birdek xizmat ko'rsatadi. Tizimli dasturiy ta'minot amaliy dasturlarning samarali va muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlaydi.
Muhim tizimli dasturlar sinfiga yordamchi dasturlar – utilitalar qo’shiladi (lot. Utilites - foyda, nat). Utilitalar tizimning komponentlarini kengaytiradi va to'ldiradi yoki kompyuterga va boshqa dasturlarga xizmat ko’rsatishda muhim masalalami hal etadi.
Ba'zi utilitalaring ko'rinishlari:
  • Tekshirish dasturlari, teslovchi va diagnostika - foydalanish jarayonida nosozliklami bartaraf etish uchun va kompyuter qurilmalarining funksionalligini, to'g'riligini tekshirish uchun xizmat qiladi.


  • Drayver dasturlari - kiritish-chiqarish qurilmalarini tezkor xotira va h.k.lami boshqarishda operatsion tizimning imkoniyatlarini kengaytiradi. Har qanday ulangan qurilma uchun drayver dasturlari mavjud.



  • Ixchamlovchi dasturlar (arxivatorlar) - diskka ma'lumotlarni yozishda, saqlashda bir-qancha yaxlitlikka erishiladi va qisqartirilgan holati vujudga keladi.

  • antivirus dasturlari - zararli kompyuter viruslarini oldindan bartaraf etish va ular ustida ish olib borish, tizimni nazorat qilish kabi vazifalami bajaradi.

  • Optimallashtiruvchi va disklararo o'zoro munosabatlarda sifatli interfeysni nazotar qiluvchi dasturlar.

  • Axborotlami qayta tiklovchi, formatlovchi, himoyalovchi dasturlar.

  • Kommunikatsiya (aloqa) dasturlari, kompyuterlar o'rtasida ma'lumotlar almashuvini ta'minlaydi.

  • Xotirani boshqaruvchi dasturlar, tezkor xotiraning yengil tarzda epchillik bilan foydalanilishini ta'minlaydi.

  • Disk yurituvchilar (CD-ROM; CD-R; CD-RW; DVD-ROM; CDR W+DVD; DVD-R; DVD-RW) va boshqa ko'plab dasturlar uchun.
    Utilitalarning bir qismi operatsion tizim tarkibiga kiradi, boshqa bir qismi esa funksional mustaqil ravishda ajralib chiqadi. Birlashgan yoki avtonom holatda bo'ladi. Ularga Chukit, Norton Utilities, Sisoft Sandra, Nuts&Bolts, TuneUp Utilities dasturlari kiradi.
    Utilitlar - yordamchi dasturlar. Unga nusxa olish uchun ishlatiladigan antivirus, arxivator, himoya va shunga o'xshash yordamchi funksiyalami bajaruvchi programmalar kiradi.
    Utilitlar - ma'lumotlarni qayta ishlashda qo'shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko’'rsatishga tashxis, apparat va dasturiy vositalami testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirishga
    mo'ljallangan dasturlardir. Ba'zan utilitlar majmualarga birlashib ketadi.
    Utilit dasturlarga quyidagilar kiradi:
    • kommunikatsion dasturlar;


    • kompyuterni diagnostikasi uchun dasturlar;


    • qattiq disk, kesh va boshqa dasturlar uchun.


Tizimli dasturiy ta'minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan:


    • kompyuterning va kompyuterlar tarmog'ining ishonchli va samarali ishlashini ta'minlash;


    • kompyuter va kompyuterlar tarmog'i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.


Utilita turlari:


    • qattiq disk utilitalari;


    • qattiq diskni defragmentatsiya qiluvchi dasturlar;


    • diskni tekshirish - har-xil fayl yo'llarida va disk hududlarida zararlangan yoki noto'g'ri yozilgan va undagi bo'sh joylarni hosil qilish maqsadida so'nggi marotaba samarali tarzda fayllarni o'chirib tashlash;


    • diskni tozalash - vaqtinchalik fayllarni o'chirish, keraksiz fayllar, «savatchani» tozalash;


    • diskni belgilash - mantiqiy disklarni disklarga ajratish bo'lib, fayl tizimlarini turli hil holatlarga egaligida va OTni bir nechta har xil disklarda qabul qilish;


    • rezervli nusxalash - butun diskning rezervli va alohida fayllarning nusxasini yaratish, hosil bo'lgan fayllarni qayta tiklash;


    • diskni ixchamlash - qattiq disklarda fayllarni qabul qilish hajmini kattalashtirish uchun axborotlarni diskda ixchamlash;


    • reestrlar bilan ishlovchi utilitalar;


    • qurilmalarda monitoring o'tkazuvchi utilitalari;


    • qurilmalarni tekshiruvchi.


Shuni yodda saqlash kerakki, utilitalarning bir qismi OTning tarkibiga kiradi, boshqa qismi esa avtonom vazifalarni bajaradi. TDTning katta qismi OT tarkibiga kiradi. DTning umumiy qismi esa kompyuterning tarkibiga kiradi OTning dasturlar qismi va nazoratli testlovchi dasturlar DXQ yoki DDXQ (dasturlashgan doimiy xotira qurilmasi)da yozilgan bo'lib, tizimli plataga o'rnatilgan. DTning umumiy qismi avtonom dasturlarni tashkil etadi va alohida o'ringa ega.


Uskunaviy dasturiy ta'minot. Tizimli va dasturiy ta'minotni kompyuterda ishlab chiqish uchun uskunaviy muhit yordami bilan yuzaga keladi:
    • yuqori darajali translyatorlar tilli;


    • tahrirlash muhiti, yuklovchi va komponovka dasturlari;


    • assemblerlar va makroassemblerlar (mashinaga mo'ljallangan tillar)


    • otladchik mashina dasturlari;


    • dasturlash tizimlari.



Fayl tizimlari


Operatsion tizimlarning muhim funksiyalaridan biri - fayl tizimla-rini tashkillashtirishdir. Fayl (ang. file-papka) - bu biror nomga ega bo'lgan, qayta ishlanuvchi, ma' lum hajmda diskni band etish tushunila-di. Fayl o'zida dasturlarnii, raqamli ma'lumotlarni, matnni, kodlangan tasvirlarni va h.k.larni mujassam etgan bo'lishi mumkin.
Fayl tizimi - bu biror tashuvchida fayllami saqlashni tashkillashti-rish uchun muhit yaratuvchi hisoblanadi. Fayl - bir xii tuzilishga ega bo'lgan ko'rinishdagi virtual ma'iumotlar. Ular faylli ma'lumotlarning yaratilishi, yo'qotilishi, tashkil qilinishi, o'qilishi, yozilishiga javob beradi. Shuningdek fayllami ishlatishda mana shu fayllarni boshqarishga ham javob beradi. Fayllar tizimni diskda berilganlarni tashkil qilish usulini yoki boshqa berilganlar tashuvchilari tashkillashtirishini aniqlaydi. FAT fayl tizimida, operatsion tizimlarning aksariyat ko'pchiligida, ya'ni MS DOS, OS2, Windows, Windows NT, Linuxda FAT prinsiplari asosida tashkil qilingan fay liar bilan quvvatlangan. Lekin hamma fayl tizimilari o'zining individual xususiyatlari va cheklashlariga ega. Zamonaviy operatsion tizimlar mos fayllarni boshqarish fayllariga ega. Fayllarni boshqarish tizimi operatsion tizimlarning ko'pchiligida asosiy quyi tizim hisoblanadi.
Birinchidan, fayllami boshqarish tizimi orqali dasturlarni qayta ishlovchi tizimlar bilan bog'laydi.
Ikkinchidan, bu tizimlar yordamida berilganlarni boshqarish va disklarni markazlashgan tarmoqlashuvi masalalarini yechish mumkin.
Uchinchidan, u yoki bu fayllarni boshqarish tizimlaridan foydalanish natijasida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- o'z dasturidan nom berilgan fayllarni yaratish, olib tashlash, nomini o'zgartirish;
- fayllar o'rtasidagi ma'lumotlami almashish;
- fayllami boshqarish tizimi dastur modullariga murojaat qilib fayllar bilan ishlash.
Operatsion tizimlarda bir nechta fayllarni boshqarish tizimlari mavjud bo'lishi mumkin. Ular esa bir nechta tizimli fayllar bilan ishlash imkoniyatini ta'minlaydi.
Tizimli fayl fayllarni tashkil qiluvchi berilganlarni aniqlaydi. Fayllarni boshqarish tizimi - aniq amalga oshiruvchi fayl tizimi, ya'ni dasturiy modul majmuasi bo'lib, u aniq operatsion tizimdagi fayllar ishini ta'minlaydi. Shuni aytish kerakki, har qanday fayllarni boshqarish tizimi o'zicha bo'lmaydi va u aniq operatsion tizirnida ishlash uchun yaratilgan.
Masalan, FAT (file allocation table) - uni fayllarni boshqarish tizimi sifatida ko'rish mumkin. Birinchidan FAT-12 disketalar bilan ishlash uchun ishlab chiqilgan edi, keyinchalik qattiq disklar bilan ishlashda foydalanilgan. FAT-l6 katta hajmda xotiraga ega bo'lgan qattiq disklarda ishlatiladi. OS2 uchun fayllarni boshqarish tizimlarida FAT tizimining asosiy usullari ishlatiladi, u Super-FAT deb nomlanadi.
Shuningdek, FAT tamoyillari fayllarni boshqarish tizimlari rusumlari Windows 95, 98, Windows NT uchun mavjud. Boshqacha qilib aytganda, fayllar bilan ishlash uchun har bir operatsion tizim uchun mos fayllarni boshqarish tizimlari ishlab chiqilgan bo'lishi kerak. Bu fayllarni boshqarish tizimlari qaysi operatsion tizim uchun yaratilgan bo'lsa, o'sha operas ion tizimda ishlaydi. Shu bilan birga fayl tizimlarining asosiy tamoyillari bilan ishlovchi boshqa operatsion tizimlar fayllarini boshqarish tizimlari yordamida ishlashga imkon beradi.

Operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari, sinflari va turlari.


Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash.
Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari.
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
- fayl tizimini boshqarish (yozish, o’zgartish, fayllardan nusxa ko’chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
- dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta‟sirni tutib olishvah.q.);
- xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va h.k.);
-foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o’qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va h.k.)kiradi.
Operatsion tizim funksiyalari. Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo‘lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur.
Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi. Fizik resurslarga:
    • xotira;

    • vinchester;

    • monitor;


    • tashqi qurilmalar va shu kabilar kiradi.


Dasturiy resurslar bu:


    • kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;


    • kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;


    • berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;


    • drayverlar;


    • virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir.


Operatsion tizim quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi talab qilinadi:


1. Ishonchlilik. OS o‘zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo'lishi kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni tahlil qilish va tiklash holatida bo'lishi kerak. OS foydalanuvchini o‘zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo‘lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zarami minimumga olib kelishi kerak.
2. Himoya. OS bajarilayotgan masalalami o'zaro bir-biriga ta’siridan himoyalashi kerak.
3. Bashorat. OS foydalanuvchi so‘roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari tizimda qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo‘lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo‘lishidan qat'iy nazar natija bir xil bo‘lishi kerak.
4. Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir. Tizimni inson psixologiyasini hisobga olgan holda loyihalash kerak.
5. Samaradorlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun tizim resurslaridan foydalanish darajasini maksimal oshirishi kerak. Tizimning o ‘zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi zarur. Resurslaming OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
6. Moslanuvchanlik. Tizim amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS samaradorligini oshirish maqsadida ko‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin.
7. Kengaytiruvchanlik. Evolyutsiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo‘shilishi mumkin.
8. Aniqlik. Foydalanuvchi tizim interfeys darajasidan pastda sodir bo'ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi tizim haqida qancha bilgisi kelsa, shuncha bilish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Avval qayd etganimizdek, OS ning asosiy vazifasi resurslar taqsimoti.
DOS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bu oilaning birinchi vakili - MS DOS tizimidir (Microsoft Disk Operating System - Microsoft firmasining diskli operatsion tizimi). Bu operatsion tizim 1981- yilda IBM PC paydo bo’lishi munosabati bilan chiqarilgan. DOS oilasining operatsion tizimlari bir vazifali bo‘lib, quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarga ega:
    • EHM li interfeys foydalanuvchi kiritadigan buyruq yordamida amalga oshiriladi;


    • tizimni EHMning boshqa turlariga o‘tishni soddalashtiradigan tuzilma mavjudligi;


    • operativ xotiraga kirish hajmining uncha katta emasligi (640 Kbayt). DOS operatsion tizimi oilalarining jiddiy kamchiligi shaxsiy kompyuterlar va operatsion tizim zaxiralariga ruxsatsiz kirishdan muhofaza vositalarining yo‘qligidir.


Linux operatsion (amaliy) tizimi. O’zagi Unix operatsion tizimi asosida ishlangan, tarmoq operatsion tizimi. Linux ilk bor 1991 yili Linus Torvalds tomonidan ishlab chiqarilgan. Linuxning muhim xususiyatlaridan biri – u bepul dasturiy ta’minot Fondi doirasida, GNU oshkora litsenziyasiga ko’ra bepul tarqatiladi. Asosan, Internetda va intra tarmoqlarda serverlar yaratish uchun qo’llanadi.


UNIX oilasiga mansub operatsion tizimlar. Bular 32 razryadli ko‘p vazifali bir necha kishi foydalanadigan operatsion tizimdir. UNIX ning kuchli tomoni shundaki, bitta tizimning o‘zi turli kompyuterlarda - superkompyuterlardan shaxsiy kompyuterlargacha foydalaniladi. Bu hol tizimni bir mashina arxitekturasidan boshqasiga qulay o'tkazish imkonini beradi. UNIXda taqsimlovchi ma’lumotlar bazasiga kirish, lokal tarmoqlar, olis masofdan aloqa qilish va oddiy modem yordamida global tarmoqlarga chiqish imkoni mavjud. UNIX da pochta xizmati - uning asosiy tarkibiy qismlaridandir. Hozirgi paytda UNIX uchun ko'plab miqdorda ilovalar mavjud. DOS va Windows uchun ommaviy bo‘lgan ilovalar UNIX da foydalanilishi mumkin. UNIX oilasida bir necha operatsion tizimlar mavjud. Bu oilaning turli versiyalari o‘z nomiga ega. UNIX operatsion tizimining faylli tizimi foydalanuvchiga va foydalanuvchilar guruhi darajasida fayllarga beruxsat kirishdan muhofaza etadi. Korxonalar tarmoqlari uchun mo‘ljallangan UNIX Ware 2.0-32 razryadli ko‘p (kishi)foydalanadigan ko‘p vazifali operatsion tizimlar UNIX oilasidagi tarmoqli operatsion tizimlar orasida keng tarqalmoqda.
WINDOWS oilasiga mansub operatsion tizimlar. Windows oilasidagi operatsion tizimlar Microsoft firmasi tomonidan tayyorlangan. Ular qulay grafik interfeysni o‘zida namoyon etuvchi ko‘p vazifali operatsion tizimdir. Windows-95 operatsion tizimida va Windows NT operatsion tizimlar shu oilaning asosiy vakillaridandir. Windows-95, MS DOS operatsion tizimi va Windows 3.x operatsion qobiqlari negizida ishlab chiqarilgan, u qisman 32 razryadli, qisman 16 razryadli operatsion tizimdir.Windows NT operatsion tizimi -eng ko‘p tarqalgan 32 razryadli tarmoqli operatsion tizimdir. U ikki xil - Windows NT Server va Windows NT Workstation modifikatsiyalarida chiqariladi. Windows NT Server birinchi navbatda tarmoq zaxiralarini boshqarish uchun mo'ljallangan. Windows NT Server axborotning tezkor ishlash vositalariga ega, istalgan aloqa kanallaridan (oddiy telefon liniyalari ham) foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi, bir serverga bir vaqtning o‘zida 256 gacha shaxsiy kompyuterlar ulanish imkoniyatiga, bir necha server esa ommabop tarmoq xizmatini tashkil etish uchun foydalanilishi mumkin. Windows NT Workstation - Windows NT operatsion tizimning versiyasi bo‘lib, lokal kompyuterlar va ishchi stansiyalarda ishlash uchun mo'ljallangan. U eng himoyalangan va ishonchli 32 razryadli operatsion tizimdir. Windows NT dagi barcha ilovalar ko‘p vazifalilik rejimida ishlaydi. Ayni paytda Windows NT da MS DOS va 16 razryadli Windows dasturining barcha ilovalari ham ishlayvermaydi. Windows NT Workstation dan maxfiy malumot yoki dasturlami ishonchli muhofaza qilish zaruriyati tug'ilganda, shuningdek katta hajmdagi ma’lumotlami tahlil qilishda foydalanish maqsadga muvofiq.
iOS operatsion tizimi. iOS(24 iyun, 2010-yilgacha -iPhoneOS) –Amerika kompaniyasi Apple tomonidan ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan aqlli telefonlar, electron planshetlar va ko'chma media qurilmalari uchun operatsion tizim. 2007 yilda ishga tushirilgan; Dastlab–iPhone va iPod kabi qurilmalar uchun–keyinroq iPad va AppleTV uchun ishlab chiqilgan, Windows Phone(Microsoft) va Android(Google) OT larga qaraganda faqat Apple tomonidan ishlab chiqarilgan qurilmalar uchun mavjud. iOS uchun Mach mikroyadrosiga asoslangan XNU yadrosi va Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan dastur kodi hamda NeXT STEP OS va FreeBSD kodi ishlatilgan. iOS ARM arxitekturasiga ega bo‘lgan planshetlarda va smartfonlarda ishlaydi.

Download 24.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling