Mavzu: ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyasilari bilan ishlash Reja


Download 90.65 Kb.
bet5/9
Sana30.04.2023
Hajmi90.65 Kb.
#1409369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MS-Excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyasilari bilan ishlash

Excelning asosiy elementlari


MICROSOFT EXCEL dagi barcha maʼlumotlar jadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) maʼlum qismiga boshlangʻich va birlamchi maʼlumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlangʻich maʼlumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʻlgan borotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil maʼlumotlarni kiritish mumkin:

  • matnli;

  • sonli ifodalar;

  • formulalar.

Matnli maʼlumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir. Formulalar har doim „=“ belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi maʼlumotlar boʻyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish obʼyekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar „Ishchi kitob“ deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri „ishchi varaq“ deb ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, yaʼni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin. Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʻrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4
Bu inson faoliyatining barcha sohalariga intellektual mehnat quroli sifatida axborotlarni tezkorlik bilan yig’ish, qayta ishlash, jarayon, voqea va hodisalarni modellashtirish, ularni tahlil qilish imkonini beruvchi komp’yuterlashtirilgan tizimlar va boshqa axborot texnologiyalari kirib kelishini anglatadi. Ana shunday texnologiyalardan biri – shak shubhasiz Microsoft excel dasturi xisoblanadi. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, birinchidan, bu Microsoft excel dasturining imkoniyatlari juda ham rang- barang va boy. Deyarli har bir foydalanuvchi bu o`zi uchun ko`plab hayotiy masalalarni xal qilishda foydalanishi uchun imkoniyatlar mavjud. Ikkinchidan, Microsoft excel imkoniyatlari ilmiy-tadqiqot, ishlab chiqarish, iqtisodiyot, biznes, tijorat va boshqa ko`plab sohalarida qo`llanish va yanada kengroq tatbiq etishga imkon beradi. Shunday bo`lsada, bizning nazarimizda bu dasturdan ko`pincha, xatto buxgalteriya masalalari uchun xam faqat matematik hisob-kitob ishlarida foydalanilmoqda xolos. Microsoft excel dasturining bir qator iqtisodiy masalalarni yechish jarayonini avtomatlashtirishga qaratilgan imkoniyatlari xamda sof iqtisodiy masalalarni xal qilishi mumkinligi nazardan chetda qolmoqda. Shu sababli, agar ushbu dastur imkoniyatlarini yana bir tadqiq qilish foydalanuvchilar uchun iqtisodiy masalalarni hal qilishda zamonaviy komp’yuterlarning tarkibiy qismi bo`lgan Mirosoft office dasturlar dastasi tarkibiga kirgan Microsoft excel dasturining o`zi etarli ekanligini e`tiborga olish evaziga yangidan-yangi dasturlarni sotib olish va ularning imkoniyatlarini o`rganib, amaliyotga tatbiq etish kabi oqibatlardan saqlashga olib kelishiga yo`l ochadi. Bu esa ortiqcha mablag’, vaqt, mehnat kabi resurslarni tejashga imkon beradi. Mocrosoft excel dasturining iqtisodiyot bilan bog’liq funktsiyalarini nazariy va amaliy jihatdan o`rganamiz.
Excel Microsoft Office paketi tarkibidagi dastur bo’lib, u Windows operatsion tizimi boshqaruvida ma‘lumotli elektron jadvallarni tayyorlash va qayta ishlashga mo’ljallangan.
Windows operatsion tizimi yaratilmasdan avval DOS tarkibida SuperCalc, QuatPrio va shunga o’xshash elektron jadvalli dasturlardan foydalanilgan.
Windows muxiti yaratilgandan keyin, ayniksa Windows operatsion tizimi yaratilgandan keyin ko’pgina foydalanuvchilar Office dasturlarining elektron jadvalli dasturi Microsoft Excel elektron jadval (EJ) dasturidan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldilar.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma‘lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo’ladi. Excelda odatda bunday fayl «Ishchi kitob» (Workbook- книга) deb yuritiladi.
Microsoft Excelning asosiy ish sohasi bu – «Ishchi kitob» bo’lib, u standart holda 3 ta varaqdan (list) dan iborat bo’ladi. Foydalanuvchi hohishiga ko’ra bu varaqlar sonini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Ish varagida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo’ladi.
Excel elektron jadvali, butun sonlar bilan tartiblangan 65536 ta qator (row- “1, 2, 3,…,65536”) va lotin alifbosining bosh harflari bilan nomlangan 256 ta ustun (column – A,B,C,D,……,Z,AA,AB,…,IV)dan iborat. Qator va ustun kesishmasida elektron jadvalning tarkibiy elementi – katak (sell – yacheyka) joylashgan. Har bir katakka son, matn, yoki formula tarzidagi ma‘lumotlar kiritiladi. Kataklarning nomlari qator va ustunlarning nomlaridan kelib chiqadi. Masalan A ustun bilan 7 qatorning kesishmasi A7 katagi deyilsa D ustun bilan 12 qatorning kesishgan joyi D12 katagi deyiladi.

Download 90.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling