Mavzu: ms-excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyasilari bilan ishlash Reja


Download 90.65 Kb.
bet4/9
Sana30.04.2023
Hajmi90.65 Kb.
#1409369
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MS-Excel 2010 dasturining stastik tahlillar qilish va yechimlar qidirish funksiyasilari bilan ishlash

Текст по столбцам.. – matnni ustunlarga bo'lish;

  • Консолидация.. – qiymatlarni birlashtirish;

  • Группа и структура – yangi tizimlar olish;

  • Свободная таблица. – natijaviy jadvallar tuzish;

  • Внешние данные – tashki ma‘lumotlar kiritish.

    • Окно - ishchi oynani tartiblash.

    • Справка - yo'riqnoma va ma'luomot olish.

    Excel 2007 va 2010 versiyalarida ishchi menyu bo'limlari umumlashtirilgan va tartibga keltirilgan hamda "Главная" (Asosiy), "Вставка" (Qo'shish), "Разметкастраницы" (Sahifani tahrirlash) , "Формулы" (Formulalar), "Данные" (Ma'lumotlar), "Рецензирование" (Taqriz), "Вид" (Ko'rinish) bo'limlaridan iborat.
    Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan ma'lumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin.
    Excelda ma'lumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga bo'linadi:

    • gistogramma; — sohali;

    • grafikli; — xalqali;

    • doiraviy; — sirtli;

    • nuqtali; — birjaviy va hokazo.

    Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish kerak: 1) Elektron jadvalni yuklash.
    2) Mavzuni kiritish.
    3) Ustunlar kengligini tanlash.
    4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish.
    5) Yacheykalarni ma'lumotlar bilan to'ldirish
    6) To'ldirish ustunining formulasini berish.
    7) «Jami xarajatlar miqdori». Natijaviy jadval hosil qilish.
    8) Ma'lumotlarni saralash.
    Excel dasturi ham ba'zi bir funksiyalari sabab ko'plab tanqidlarga uchragan. Misol uchun, statik aniqlik jihatidan Excelni tanqid qilishgan.
    Sana bilan bog'liq muammolar.Excelning 2007 versiyasiga qadar va o'zida ham 1900-yil kabisa yil deb xato hisoblanib kelingan. Xato Lotus 1-2-3 da paydo bo'lgan va majburan Excelga targ'ib qilingan. 
    Exceldagi tasvirlarning xatoligi.2007-yilning 22-sentabrida muayyan holatlarda Excel 2007 noto'g'ri natijalarni ko'rsatishi to'g'risida xabar paydo bo'ldi. Bu matematik hisob jitob bilan bog'liq bo'lib, bu haqida bu yerda ma'lumot olishingiz mumkin. Muammo 2007-yil 9-oktabr sanasida maxsus patch ishlab chiqarilishi bilan hal qilindi. Bu xato Microsoft Excel 2016 da kuzatilmaydi.

    1-rasm. Uskunalar paneli

    2-rasm.Ishchi maydon.

    Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini oʻz ichiga oladi:



    • hujjat ochish uchun maxfiy soʻz

    • hujjatga oʻzgartirish kiritish uchun maxfiy soʻz

    • sahifa himoyalash uchun maxfiy soʻz

    • ish kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz

    • kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz

    • VBA kodini himoyalash uchun maxfiy soʻz

    Hujjatni ochish uchun maxfiy soʻzdan (yomon niyatli shaxsga muammo tugʻdiruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yoʻq qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy soʻzlarni qoʻllaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa oʻrnatilgan maxfiy soʻzning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qoʻshimcha himoya qoʻshmaydi. 
    Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida „ochish uchun maxfiy soʻz“ 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin boʻlgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy soʻz 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy soʻzlarni topishga moʻljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy soʻzlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz oʻzgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlangʻich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam boʻlmasligini koʻrsatadi.
    Excel 2007da vaziyat tubdan oʻzgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qoʻllanilishi maxfiy soʻzni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi. Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani „ochish uchun maxfiy soʻz“ himoya turi oʻrnatilgan va Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar taʼminlay oladi.

    Download 90.65 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling