Mavzu: ms excel das
Download 189.83 Kb.
|
1-Laboratoriya DOC
- Bu sahifa navigatsiya:
- Y echish.
Mavzu: MS Excel dasturida tenglama ildizni ajratish algoritmi Ishning maqsadi:MS Excel dasturidan foydalanib tenglama ildizlarini ajratish algoritmini tuzishni o’rganish 1-misol. Quyidagi tenglamalarning haqiqiy ildizini Excel dasturi yordamida 0,000001 aniqlik bilan taqribiy hisoblang. a) xsinx0,7cosx2 0; c) x7 0,23x3 1,87x2 14,330; b) (x2 1)ex 4,25 0; d) ln(1x2)7,16x 4,45ex 0 Yechish. Excel dasturi ishchi maydonida quyidagi tartibda hisoblash jadvalini tuzamiz (1.1-rasm). 1.1-rasm. Tenglama ildizlarini taqribiy hisoblash Bu yerda B4:B7 va D4:D7 diapazonning har bir yachekasiga nol yoziladi (B4:B7 diapazon tenglamalar ildizlarini hisoblash maydoni). C4:C7 diapazonning yacheykalariga tenglamalarning har birining chap tomonidagi ifodani quyidagicha formulalar bilan yozish orqali x ning 0 qiymatidagi funksiya qiymatlari avtomatik hisoblanadi: C4 yacheykaga =SIN(B4)*B4-0,7*COS(B4^2) formula; C5 yacheykaga =(B5^2+1)*EXP(-B5)-4,25/(1+B5^2) formula; C6 yacheykaga =B6^7-0,23*B6^3+1,87*B6^2-14,33 formula; C7 yacheykaga =(LN(1+B7^2)-7,16*B7)/(5-SIN(B7^3))+4,45*EXP(-B7) formula. Birinchi tenglamani yechish uchun kursor bilan C4 yacheykani belgilab, ПОИСК РЕШЕНИЯ ga murojat qilamiz, shunda uning muloqat oynasi hosil bo’ladi. Bu oyna yuqoridagi ko’rsatma bo’yicha sozlash ishlari bajarilgach quyidagi ko’rinishda bo’ladi (1.2-rasm): 1.2-rasm. «Поиск решения» oynasi So’ngra НАЙТИ РЕШЕНИЯ tugmasi bosiladi va berilgan tenglamaning taqribiy ildizi B4 yacheykada hisoblanadi. Qolgan tenglamalar uchun ham huddi shu kabi tartibda amallar bajarilgach, barcha tenglamalarning berilgan aniqlikdagi ildizlari mos ravishda B4:B7 diapazonning yacheykalarida hisoblanadi (1.3-rasm). 1.3-rasm. Tenglama ildizlari Shu yerda ta’kidlash joizki, agar tegishli aniqlik kiritilmasa dastur avtomatik holda 0,000001 ildiz aniqligini o’rnatadi. Shuningdek, oynada berilgan tenglamani yechish usulini, yechim cheklanishini (masalan, nomanfiy ildizlar) tanlash mumkin. Odatda yechim cheklanishlari optimallashtirish masalalarini yechishda o’rnatiladi. Excel dasturida algebrayik va transcendent tenglamalarni yechishda ildizlar soni doim bitta bo’ladi. Agar tenglamaning boshqa ildizlari mavjud va ular ajratilgan bo’lsa, tegishli cheklanishlarni kiritish ta’lab etiladi. Download 189.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling