Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini


Download 257.22 Kb.
bet15/31
Sana13.11.2023
Hajmi257.22 Kb.
#1769784
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
Bog'liq
3 var musiqa

Shoshmaqom (ruscha: Шашмаком; tojikcha: шашмақом; forscha: شش‌مقام) — Markaziy Osiyo (asosan, oʻzbek va tojik) xalqlari musiqiy merosida markaziy oʻrin tutgan maqomlar turkumi; parda, ohang, usul, shakl, uslub kabi vositalar bilan oʻzaro uzviy bogʻlangan mumtoz kuy va ashulalar majmui. U muayyan shartsharoitlarda musiqiy folklor hamda kasbiy musiqa yoʻnalishlarida orttirilgan koʻp asrlik ilmiyijodiy tajriba hamda izlanishlar natijasida yuzaga kelgan. Shashmaqom milliy hamda mintaqaviy mumtoz musiqa anʼanalarining tarixan uzun taraqqiyot jarayoni natijasida bir qator bastakorlar avlodi sanʼatining qomusiy mahsulidir.

Oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari musiqa ilmida maqom, asosan, parda tuzilmalari tushunchasini hamda ularga mos holda yaratilgan quy va ashulalarni ifodaladi. Maqomlar dastlabki davrda tarqoq shakllarda rivojlandi, 13-asrda esa Safiuddin al-Urmaviy ularni oʻn ikki asosiy maqomdan iborat nazariy tizim shakliga keltirdi. 17-asrdan soʻng Oʻn ikki maqom tizimi inqirozga uchrab, uning negizida Sharq xalqlari orasida maqomlarning yangicha milliy va mahalliy shakllari vujudga kela boshladi. Xususan, 18-asrning oʻrtalarida Oʻrta Osiyoning yirik madaniy markazlaridan biri Buxoro shahrida saroy sozanda, xonanda va bastakorlari ijodiyijrochilik faoliyatida shashmaqom uzil-kesil shakllanib, Buxoro maqomlari, Buxoro Shashmaqomi nomlarida ham yuritildi. Oʻzbek maqom turlaridan Xorazm maqomlari, Fargʻona-Toshkent maqom yoʻllari, shuningdek, yovvoyi (erkin koʻrinishdagi) maqomlar, surnay, dutor yoʻllari va boshqalar shashmaqom taʼsirida rivojlandi. Oʻtgan zamon bastakorligida keng qoʻllanilgan amal, kor, naqsh, peshrav, savt, tarona, qavl kabi janrlarning noyob namunalari shashmaqom tarkibida bizgacha yetib keldi.
Shashmaqom Buzruk, Rost, Navo, Dugoh, Segoh va Iroq maqomlaridan tashkil topgan boʻlib, jami 250 dan ortiq har xil shakldagi kuy va ashula namunalaridan iborat. Shu qunga qadar sozanda, hofiz va bastakorlar maqom yoʻllarining qoʻplab ijroviy talqinlarini kashf etdilar, ovoz, tanbur, surnay, dutor va boshqalar maqom yoʻllarida bir qismli va turkumli asarlar ijod qildilar, ular asosida yangi kuy va ashulalar yaratdilar.
Maqomlar sozanda va xonandalar tomonidan yakka tarzda, shuningdek, joʻrovozlik va joʻrnavozlikda ijro etib kelingan. Xususan, Buxoro amirlari saroyida eng soʻnggi davrda joʻrnavozlik asosan, 2 tanbur, 2 doira (doirachilar xonanda ham boʻlgan), afgʻon rubobi, sato yoki qoʻbiz, imkonga koʻra boʻlamon cholgʻularidan iborat boʻlgan. Maqom ijrochiligida tanbur yetakchi soz hisoblanadi. Chunki u torlarini maqom pardalariga moslab sozlashda va maqom yoʻllarini mukammal yangratishda birmuncha qulayliklarga ega. Doira esa sozanda va xonandalarning shashmaqom qismlarini belgilangan usul negizida ijro etishlari uchun zarur vosita boʻlib xizmat qiladi.Har bir maqomning bosh tovushqatori oʻziga xos va nisbatan barqaror boʻlib, turkumning toʻliq musiqiy ijro jarayonida uning pardalarida ayrim oʻzgarishlar ham sodir boʻlib turadi. Chunki shashmaqom shakllanishida maqomlar tarkibiga 12 maqomdan mazkur maqom pardalariga yaqin, kuy mavzui tabiatiga ohangdosh oʻzga shoʻba va maqom yoʻllari ham kiritilgan. Ularning ladtonalligi asosiy maqom yoʻllariga baʼzan mos kelmasligi ham mumkin.shashmaqomni tashkil etgan maqomlarning har biri ikki — cholgʻu (mushkilot) va ashula (nasr) yirik boʻlimlaridan iborat. Cholgʻu boʻlimlarida bir xil nom bilan ataluvchi cholgʻu qismlari mavjud boʻlib, ohanglari oʻzlari mansub boʻlgan maqom kuyiga xos, doira usullari esa bir xildir. Ulardan asosiylari Tasnif, Tarje, Gardun, Muxammas va Saqil deb ataladi. Bu kismlar maqom nomlariga qoʻshib (mas, Tasnifi Buzruk, Tarjei Dugoh, Garduni Segoh kabi), ayrimlari esa bastakorlar nomi bilan birga (mas, Muxammasi Nasrulloyi, Saqili Islimxon) ataladi. Baʼzi cholgʻu qismlari alohida nomga ega (mas, Nagʻmai Orazi Navo), Dugoh va Segoxda esa maqom nomi bilan qoʻshib aytiladi (mas, Peshravi Dugoh, Samoi Dugoh, Xafifi Segoh). Shashmaqomning cholgʻu qismlari xona va bozgoʻy kuy tuzilmalaridan tashkil topadi.

Mavzu: O’zbek kompozitorlari. O’zbek kompozitorlari Sh.Yormatov, N.Norxo’jayev, A.Mansurov, D.Omonullaevalar kabi kompozitorlarning hayoti va ijodi haqida ma’lumot.
Hamza Hakimzoda Niyoziy 1889 yilning 7-martida Qo‘qonda tabib oilasida tug‘iladi. ”Otam savodli bo‘lgani uchun men 1899 yildan 1906 yilgacha madrasada eski usul bilan dars o‘qishda davom etdim” — deb Hamza tarjimai holida aytib o‘tgandi. Madrasadagi o‘qishlarni u ma’qul topmasdan tinimsiz o‘z ustida ishlay boshlaydi. Sharq adabiyotining ulug‘ siymolari ijodini qunt bilan o‘rganadi va 1905 yildan boshlab ijodiy mashiqlarga berilib ”Nihon” taxallusi bilan she’rlar, g‘azallar yoza boshlaydi. 1905-1915 yillar davomida Hamzaning 214 ta she’riy turkumi nashrdan chiqadi.
Hamza el-yurtining istiqloli va istiqboliga xizmat qilishdek olijanob maqsad bilan nafas oladi va yurtdoshlarini bu ayanchli turmush girdobidan ro‘shnolikka olib chiqish yo‘llarini axtaradi. Nihoyat o‘sha davrning peshqadam ziyolilari kabi ma’rifatparvarlik bosqichiga ko‘tariladi va hamma narsaning bosh omili, imkoni, davosi bu ilm-ma’rifat degan xulosaga keladi. Hamza dastlab Toshkentda, keyinchalik Qo‘qon va Turkiston shaharlarida ”usuli savtiya” - yangi usuldagi maktab ochadi. Maktab o‘quvchilariga sharoit yaratish maqsadida ”Yordam jamiyati” tuzadi. Boshlang‘ich sinflar uchun ”Yengil adabiyot”, ”Qiroat kitobi” qo‘llanmalarini yozadi va o‘zi ham muallimlik qiladi. Bundan tashqari ”O‘qishni”, ”Qalam”, ”Bilim”, ”Maktab” kabi she’rlar va ”Yangi”, ”Baxt”, ”Feruzaxonim” nomli povestlarini yozib tomomlaydi. Hamza ”Biz ishchimiz”, ”Yashangiz ishchi dehqonlar”, ”Berma erkingni qo‘ldan” kabi o‘nlab she’rlari tufayli ”inqilob kuychisi” deb taniladi. U 1918 yilda Farg‘onada musiqali dramatik truppani tashkil etadi. Hamza Hakimzoda Niyoziy O‘zbekiston hukumatining 1926 yilning 27 fevralidagi qarori bilan ”O‘zbekiston xalq yozuvchisi” degan faxriy unvonga sazovor bo’lgan
Shermat Yormatov (1939.17.10, Fargʻona tumani[1]) — xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (196282), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). Ayni paytda A. Qodiriy nomidagi Madaniyat instituti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994). Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: "Salom maktab", "Gʻildiragim", "Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!", "Sumalak", "Oymomojon rom boʻldi", "Qizaloq", "Xon atlas", "Bu yurtning yoshlari", "Chitti gul" (folkloretnografik syuita), "Assalom hayot" kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va b. Aksariyat qoʻshiklari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970-yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy "Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim", "Birgalikda kuylaymiz" telekoʻrsatuvlarini olib boradi. "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994).[2]2021 22 dekabrda olamdan utdi

Kompozitor A.Mansurovning ijodiy faoliyatida estrada janrida ham unumli ijod qilib kelmoqda. «Navro‘z», «Chimyon», «Oydin yo‘l», «Chamandagi chamanim», «Sog‘inib o‘yg‘onar tonglar...», «Talabalar qo‘shig‘i», «Askarlar qo‘shig‘i» (Nazarmat so‘zi) kabi estrada qo‘shiqlari shular jumlasidandir.
Shuni aytish joizki, Nadim Norxo‘jaev zamonaviy estrada qo‘shiqchiligiga katta e'tibor berib kelmoqda. U estrada xonandalari va turli vokal-cholg‘u estrada ansambllariga rang-barang, jozibali qo‘shiq va cholg‘u kuylar yaratib, ularning repertuarlarini boyitishga ko‘maklashmoqda. Masalan, uning «Dilda bahor» (M.Qoriev so‘zi), «Seni zor etgandim» (M.Mirzaev so‘zi), «Chavandoz bir yigit bor» (S.Qo‘qonboev so‘zi), «Yor yo‘li» (T.To‘la so‘zi), «Ishq asiri» (Z.Obidov so‘zi), «Yigitlar tor chertsalar» (E.Oxunova so‘zi), «Yor menga uzuk taqdi», «Vafodan so‘rarding», «eturmiz visoliga» (P.Mo‘min so‘zi), «Qora ko‘zim», «Ko‘ngil bog‘lasang», «Nikoh uzugi» (N.Narzullaev so‘zi), «Yoshimni so‘rama» (S.Zunnunova so‘zi), «Sening sehring bor» (O.Mo‘min so‘zi), «Jannatmakon diyor bu» (Sh.Dadash so‘zi) kabi qo‘shiqlari respublikamizda taniqli ijrochilar repertuaridan joy olib, radio oltin fondidan o‘rin olganlar. Estrada qo‘shiqchiligini rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun 1981 yili O‘zbekiston Yoshlar mukofoti bilan taqdirlangan. Uning qo‘shiqlari «O‘zbekiston — Vatanim manim» respublika tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni oldi.
Shuningdek, kompozitor «Bulbulcha» bolalar xor jamoasi uchun ko‘plab mazmundor va shirali qo‘shiqlar yaratib kelmoqda. Bular orasida: «Toychoq» (H.Muhammad so‘zi), «Olam gulga to‘laversin» (P.Mo‘min so‘zi), «Qoshiq-qoshiq» (H.Muhammad so‘zi), «Gullola» (Qambar ota so‘zi), «Parvozdagi qushchalar» (M.Mirzo so‘zi), «Yurtim bahori» (Sh.Qo‘shnazarov so‘zi), «Boychechak» xor jamoasiga «Mustaqillik lolalari», «Do‘stlik taronasi» (N.Narzullaev so‘zi), «Shodlik va tinchlik» (P.Mo‘min so‘zi) va boshqalar. Harbiy vatanparvarlik mavzusida ham bir talay jangovar qo‘shiqlar, damli cholg‘ular orkestri uchun marshlar yaratdi. Kompozitorning qo‘shiqlari “Mustaqillik”, “Navro‘z” umumxalq bayramlarida yangragan, “O‘zbekiston Vatanim manim”, “Yagonasan, muqaddas Vatan” Respublika qo‘shiqlar tanlovlarida ko‘plab sovrinli o‘rinlarni egallagan.
D.Amanullaevaning ijodiy faoliyatida zamonaviy estrada qo‘shiqchilik san'ati ustuvor turadi. U zamondosh shoirlardan U.Azimov, N.Narzullaev, J.Jabborov, A.Suyun, O‘.Raxmat, Z.Obidov, P.Mo‘min, Z.Mo‘minova, H.Xudoyberdieva, I.Jiyanov, Sh.Turob, Q.O‘taev, M.Omon, S.To‘ychieva, Y.Suyunov, E.Madrahimov va boshqalarning so‘zlariga turli mavzularda 250 dan ortiq qo‘shiqlar yaratdi (shular ichida 100tasi bolalar uchun). Ular orasida «Men seni hyech kimga bermayman», «Yomg‘ir yog‘di», «Saraton», «Siz yoqqansiz menga hamisha», «Ikki daraxt», «Sen qaydasan», “Bolicha”, “Yakkadir Toshkent”, “Toshkentim yagonadir”, «Yashnayver, O‘zbekiston», “Istiqlol kuning muborak bo‘lsin”, “Unutmadim”, “Sen eding”, “Sen ketarsan”, «Yolg‘on dunyo», «Otash zamon», “Turnalar qaytguncha omon bo‘laylik”, “Boshim egib qo‘yma, dunyo” va boshqalar estrada xonandalari K.Razzoqova, M.Toshmatov, S.Nazarxon, K.Qayumov, M.Oynaqulova, A.Rahimova, Sogdiana (Oksana Nechitaylo), A.Shodieva, R.Bo‘ronova, aka-uka Saidoripovlar ijrolarida mashhur bo‘ldi. Kompozitor turli yoshdagi bolalar uchun ham ko‘p qo‘shiqlar bastaladi. P.Mo‘min she'rlariga “Topishmoq qo‘shiqlar” – 16ta qo‘shiqlar turkumi (1991 y), “Alifbo qo‘shiqlari” – 29 ta qo‘shiqlar turkumi, “Xumo qushi”, “Etikcham” (Q.O‘taev she'ri), “Diloromning qo‘shig‘i” (


Download 257.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling