14-yanvar- O’zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topgan kun.
Bayramlarni kattalar bolalar uchun tayyorlaydilar. Har bira bayramning «oilaviy» qismi bo’lib, u guruh xonasida, aksariyat hollarda ota-onalar ishtirokida o’tadi.
Har bir bayramda:
bayram mazmuniga mos o’yinlar tashkil qilinadi, she’r, qo’shiq va h.k. aytiladi;
bolalar va kattalar uchun ko’ngil ochish soatlari o’tkaziladi;
sir tutilgan daqiqalar, esdalik sovg’alari tashkil qilinadi;
Bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qadam qo’ygan davridan boshlab, yilma-yil bir jadval asosida bayramlar tashkil qilib boriladi. Bu katta maktabgacha yoshdagi bolalarga:
*har bir bayramga oldindan o’zlarini tayyorlab borish;
*bayramni tashkil qilish va o’tkazishda tashabbus ko’rsatish;
*bayram tadbirida o’zini erkin va ishonch bilan tutish imkonini beradi
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar bayramga endi «iste’molchi» sifatida emas, balki, mehmonlar, ota-onalar, kichik yoshdagi bolalar uchun bayramni «tashkil qiluvchilar» sifatida boradilar.
Bu vaziyatda bolalar o’zlarini artistlar, ya’ni atrofidagilarga quvonch va lazzat ulashish uchun mehnat qiluvchi insonlardek his qiladilar. Kichik yosh davrlarida ular bu ishni hali uddalay olmas edilar. Katta maktabgacha yoshga yetib bolalar kontsert, spektakl (qo’g’irchoq teatri yoki rolli i jro), ko’ngil ochishlar, ko’rik-tanlovlar, syurprizli chiqishlrni tashkil qila oladilar.
Musiqali ta’limiy o’yinlardan bayram ertaliklari va ko’ngil ochish soatlarida foydalanish.Bayram ertaliklari va ko’ngil ochishlar bolalarning mustaqil musiqiy faoliyatga yo’naltirish manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bayram ertaliklari - bu har bir bolaga hursandchilikolib keluvchi, hayajonga soluvchi va ularning hotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoluvchi hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |