Mavzu: mtt va oilada musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalari. Fanning maqsadi,mohiyati va vazifalari. Musiqaning hayotdagi o’rni. Mttda va oilada bolalarni har tomonlana tarbiyalashda musiqa tarbiyasining maqsad va vazifalarini


Download 257.22 Kb.
bet9/31
Sana13.11.2023
Hajmi257.22 Kb.
#1769784
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
3 var musiqa

Plagal davralartonika va subdominanta akkordlaridan tashkil
topadi. Avtеntik davralartonika va dominanta akkordlaridan tashkil topadi.
To‘liq davralarbarcha funksiyalar t-s-D-tni o‘z ichiga oladi.Plagal davralar: s-t, t-s-t, yarim plagal davralar: t-s.Avtеntik davralar: D-t, t-D-t, yarim avtеntik davralar: t-D, s-D.Funksional tizim butun musiqiy harakati mantig‘ida namoyon bo‘ladi. Garmonik harakat deganda mustaqil ohangdoshliklar izchilligi nazarda tutiladi. Garmonik harakat mantig‘i turg‘unlik va noturg‘unlik holatlarning almashinishiga asoslanadi. turg‘unlik funksiyasini tonika, noturg‘unlik funksiyasini boshqa akkordlar bajaradi. eng noturg‘un akkordlar qatorini ladning eng noturg‘un VII pog‘onasi kiradigan akkordlar tashkil qiladi. bunday akkordlar D guruhiga taalluqli. Akkord tarkibiga kirmagan VII pog‘ona akkordlarning noturg‘unligini kamaytiradi. bunday akkordlar sguruhini tashkil qiladi.Asosiy uchtovushliklar — t, s, D. yondosh uchtovushliklar esa boshqa pog‘onalardan tuziladi. bu II, III, VI, VII pog‘onalarda tuzilgan uchtovushliklar bo‘ladi.Asosiy uchtovushlik bilan ikkita umumiy tovushga ega bo‘lgan yondosh uchtovushliklar bitta funksional akkordlar guruhini hosil qiladi. Har bir guruhdagi yondosh uchtovushliklar asosiy uchtovushlikdan tеrsiya yuqori va tеrsiya pastda joylashadi. bunday funksional guruh uchta – tonika, subdominanta, dominanta. Uchta funksional guruhning markazida asosiy uchtovushlik turadi. butun guruh shu asosiy uchtovushlik funksiyasi bo‘yicha nomlanadi.
Mavzu: Musiqada alteratsiya belgilarini yozish.Tovushlarni o’zgartirganini tinglash.Turg’un va noturg’un tovushlarni farqlash.Ladning turlarini ajratish. Major ladida yozilgan kuylarni tinglash, minor ladida yozilgan kuylarni eshittirish va farqlashga o’rgatish.
Musiqaviy tizimda tovushlar absolyut balandligi aniq sozlanganligi o’zaro bog’lanishi musiqaviy soz deyiladi.
Musiqaviy sozga birinchi oktava Lya tovushi bir sekundiga 440 marta tebranishi asos qilib olingan. Musiqaviy sistemada har bir oktava 12 teng qismga yarim tonlarga bo’lingan va temperatsiyalangan soz deb atalgan. Yarim tonlik musiqa sistemada eng kichik oralik hisoblanadi. Ikkita yarim ton butun ton deb ataladi.
Tovush qatorda ikkita yarim ton va beshta butun ton bor. Ular quyidagi tartibda joylashgan.
DO RE MI FA SOL LYa SI DO
1t 1t 0.5t 1 1 1 0,5t
Butun tonlar yarim tonlarga bo’linadi. Tovush qatorning har bir asosiy pog’onasini ko’tarib yoki pasaytirish mumkun. Ko’tarilgan va pasaytirilgan pog’onalarga mos tovushlar xosila pog’onalar hisoblanadi. Xosila pog’onalarning nomi asosiy pog’onalardan kelib chiqadi.
Asosiy pog’ona yarim tonga ko’tarilsa- diez so’zi, yarim tonga- pasaysa bemol so’zi qo’yiladi. Ikkita yarim tonga pasaytirilsa dublg’ bemol ikkita yarim tonga ko’tarsa dublg’ diez deb yuritiladi va alterattsiya deb nomlanadi. Alteratsiya so’zi o’zgarish mag’nosini bildiradi.
ALTERATSIYA BELGILARI
Asosiy pog’onalarning ko’tarilishi yoki pasaytirilishi alg’teratsiya deb ataladi. Alg’teratsiya belgilari 5 xil bo’ladi.
Diez - # - notani 0,5 tonga ko’taradi
Bemol - b - notani 0,5 tonga pasaytiradi
Dubl diez - x- notani 1 tonga ko’taradi
Dubl bemol -bb - notani 1 tonga pasaytiradi

Bekar - image057-belgilarni bekor qiladi.
Kalitdan keyin qo’yiladigan belgilar kalit alteratsiya belgisi deyiladi. Kalit alteratsiya belgilari o’z kuchini asar davomida saqlab qoladi.Tasodifiy belgilar esa bitta takt davomida.
Tovushlar engarmonizmi. Harfiy sistema
Balandligi bir xil lekin nomi va yozilishi har-xil bo’lgan pog’onalar tengligiga tovushlar engarmonizmi deyiladi. Har bir tovush o’zidan yarim ton pastda yoki yuqorida joylashgan bo’lishi mumkun.
Masalan; fa-diez yoki si-bemol. Xosila pog’ona asosiy pog’ona bilan bir xil bo’lishi mumkin. Masalan; si diez do, fa bemol mi yoki barabariga pasayishi yoki ko’tarilishi ham mumkun. Masalan; fa dubl diez - sol, mi dubl, bemol - re.

Download 257.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling