Mavzu: muammoli o’qitish. Reja: muammoli o’qitishning nazariy asoslari muammoli o’qitish texnologiyalari
MUAMMOLI TA’LIMNI TASHKIL QILISHDAN KO’ZDA TUTILADIGAN MAQSADLAR
Download 85 Kb.
|
05 ABDIMITONOVA M
MUAMMOLI TA’LIMNI TASHKIL QILISHDAN KO’ZDA TUTILADIGAN MAQSADLAR.
Ta’limda o’qitish jarayoni ikki tomonlama ta’lim oluvchi tomonidan bajariladigan o’quv faoliyati va ta’lim beruvchining o’rgatuvchilik faoliyati yig’indisidan iborat ekanligi e’tirof etiladi. Bu qoidani inkor etib bo’lmagani kabi zamonaviy ta’lim mazmuni umuminsoniy va milliy tajribalardan tashkil topshi ham xayotiy xaqiqatdir. Ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi va mustakil fikr yuritishlariga undashi bevosita ta’lim beruvchi faoliyatiga bog’liq. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni faollashtiradigan, o’zi va o’rganuvchi uchun qulay bo’lgan yo’l , usul va uslublarni o’qitish shakllari mgtsd va vaziyatlarni izlaydi. Ta’lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib o’quv jarayonining yuqori sifat va samaradorligiga erishadi. Zero, < Yosh avlodni erkin mustaqil fikrlashi uchun ta’lim tizimida muammoli usuldan, muammoli vaziyatlarni yaratish yoki muammoli ta’limni tashkillash maqsadga muvofiqdir. Muammoli ta’lim deyilganda, o’quv materialini ta’lim oluvchilar ongida ilmiy izlanishga undash, bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan kilib o’rganish tushuniladi. O’rgatishning bu usulida ta’lim oluvchining fikrlash faoliyatida mantiqiy, to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Yuzaga kelgan muammoni xal qilish uchun, u o’rganiladigan qoidalarni to’g’ri tushunib olishga intiladi. Muammoli ta’limni tashkil qilishdan asosiy maqsad: a) talabalarni mustakil fikrlashga o’rgatish; b) mustaqil bilim olish , o’z ustida ishlash ko’nikmasini singdirish; v) ta’lim oluvchilarni izlanuvchanlik kobiliyatlarini shakllantirnsh: g) o’z fikr - muloxaza za takliflariga suyanib xulosa chiqarishga, fikrlarni dalillar asosida asoslab berishga tajribalar o’tkazishga o’rgatishdan iboeatdir. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida muammoli vaziyatlarning har xil turlaridan foydalanilmoqda. Boshlang’ich sinflarda bolalarning faxmini rivojlantiradigan bilim topshiriqlaridan, masalalardan, yuqori sinflarda har narsani bilishga qiziqish va xavas uyg’otadigan, ya’ni fanlar bo’yicha maxsus masalalardan, o’rta maxsus kasb-xunar, akademik lisey va oliy ta’lim tizimida esa ta’lim oluvchi ongida muqarrar sur’atda mayilli bir savol tug’iladigan va shu savolga javob qaytarish istagi paydo bo’ladigan, shuningdek, intellektual hislar va ruxiy kechinmalar xosil qiladigan muammoli vaziyat yaratilmoqda. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida ta’lim oluvchilar oldida tez-tez muammolar paydo qilish, ya’ii muammoli vaziyat yaratish usulidan unumli foydalanishmoqda. Informatika fanlarini o’qitishni tashkillashtirishda muammoli usuldan foydalanish alohida ahamiyatga egadir. Masalan: < Ta’lim oluvchilar bilish kiyinchiligiga ega, ya’ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish. Ta’lim oluvchilarda bilishga qiziqish uyg’otish. Taxlil jarayonida ta’lim oluvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish. Ta’lim oluvchiga qulay pedagogik-psixologik muhitni tashkil kilish. Tajribalarning ko’rsatishicha muammo natijalarini topish, ta’lim oluvchilarda bilishga xavas, izlash-qidirishga intilish, intellektual hislar, ruhiy kechinmalarni xosil qiladi. Muammoli ta’limning bosh maqsadi – o’quvchilarning o`rganilayotgan mavzuga doir muammolarni to’liq tushunib yetishiga erishish va ularni hal eta olishga o’rgatishdan iborat. Muammoli ta’limni amaliyotda qo’llashda asosiy masalalardan biri o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq muammoli vaziyat yaratishdan iborat. Download 85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling