Mavzu: muammoli o’qitish. Reja: muammoli o’qitishning nazariy asoslari muammoli o’qitish texnologiyalari


MUAMMOLI O’QITISH TEXNOLOGIYASINI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI


Download 85 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi85 Kb.
#1554841
1   2   3   4
Bog'liq
05 ABDIMITONOVA M

MUAMMOLI O’QITISH TEXNOLOGIYASINI QO’LLASHNING AFZALLIKLARI
Muammoli ta’lim va uni tashkil etish bir qancha afzalliklarga ham ega:

  1. Muammoli ta’lim ta’lim oluvchilarni mantiqiy-ilmiy, ijodiy, fikrlashga o’rgatadi.

  2. Muammoli ta’lim o’quv axborotini chuqurroq o’zlashtirishga olib keladi.

  3. Ruhiy qoniqish, o’z imkoniyatlarini va kuchiga ishonish tuyg’usini vujudga keltirish.

  1. Ta’lim oluvchilarda yangiliklar yaratish va mantiqiy xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

  2. Haqiqatning, qonuniyatning osonlikcha paydo bo’lmasligi, u ta’lim oluvchidan intilish, izlanish, mashaqqatlarga barham berish kabi ilmiy e’tiqodlarini chuqurlashtiradi.

  3. Ta’lim oluvchilarning fikrlash faoliyatida ularda xar narsaii bilishga havas, faxm-farosatlikni tarbiyalashga yordam beradi.

  4. Ta’lim oluvchiga mustaqil o’qishga qiziqish va yangilikka intilish hissini o’stiradi.

  5. Ta’lim oluvchida ijod qilishga intilish va o’zgalar fikrini hurmat qilish kabi shaxsiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.

Shark mutaffakiri A.R. Beruniyning pedagogik va didaktik qarashlarida, o’quvchilarning o’qitish hamda taribiyalash jarayonida birinchidan, turli mavzularda muloxazalar yuritishni, shuningdek o’quvchining zerikmasligini, xotirasiga malol keltirmaslikni (zo’riqtirmaslikni) ta’kidlab aytgan fikrlarini keltirish joiz: <>.
Muammoli ta`lim modeli o’quvchilar tafakkuriga mo’ljallangan bo’lib chiqarilgan xulosani amaliyotga tadbiq etish yo’li bilan bilimlarni mustaxkamlaydi.
Muammoli ta`limning ilmiy pedagogik asoslarini 50-yillarda polyak pedagogi Vinsenti Okon, 60-yillarda tatar pedagogi M.I.Maxmutov, keyinchalik rus pedagogi I.YA.Lerner o’rganishdi.
Muammoli ta`limda o’qitish va o’qish faoliyatlari quyidagicha amal qiladi:

  1. O’quvchilarga quyilgan muammoni taxlil etish uni bajarish yo’llari xususida o’ylash taklif etiladi;

  2. O’qituvchi o’quvchilardan qo’yilgan muammoni yechish yo’llari to’g’risida o’z farazlarini aytib berishni so’raydilar;

  3. O’qituvchi aytilgan farazlardan birini muammoni bajarishga tadbik etishni taklif kiladi;

  4. O’qituvchi muammoning yechimidan xulosa chiqarishni buyuradi;

  5. O’qiituvchi o’quvchilar chiqargan xulosalarni to’ldiradi, aniqliklar kiritadi;

  6. O’qituvchi chiqarilgan xulosani turli o’quv sharoitlariga tadbiq etish yo’li bilan bilimlarni mustaxkamlashni taklif etadi;

  7. O’qituvchi muammoni yechish yo’li bilan chiqarilgan xulosani amaliyotga tadbiq etish yo’llarini ko’rsatadi.

Bu esa muammoli ta`limning to’liq shakli ya`ni -modelidir.


Download 85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling