bayt (arabcha «uy»)lardan tashkil topadi. Bayt ikki misradan iboratdir. G'azalning birinchi bayti matla' (arabcha «boshlanma»), oxirgi bayti maqta' (arabcha «tugallanma») deyiladi. G'azal qofiyalanish tarzi bilan ajralib turadi. Ya'ni matla'dagi misralar o'zaro bir-biri bilan qofiyalangan bo'ladi (buni shartli ravishda alfavitdagi birinchi harf «a» bilan belgilab, a-a deb olamiz); qolgan baytlarning toq misralari qofiyalanmay ochiq qolib, juft misralar matla'ga qofiyadosh bo'lib keladi (v-a, d-a, e-a...). An'anaga ko'ra, maqta'da shoirning taxallusi keltirilgan. Ilmiy adabiyotlarda g'azalning hajmi 3 baytdan 19 baytgacha bo'lishi qayd etiladi. Mana, Atoyi g'azallari bilan tanishyapsiz. Ularni tushunish uchun muayyan bilim, tayyorgarlik va malaka talab qilinadi. G'azalni tushunish ayni paytda boshqa janrlarni anglashga yo'l ochadi ham. Tasvir imkoniyati keng bo'lgan bu janrda har qanday fikr va ifodani berish mumkin. Lekin g'azalning bosh mavzusi ishq-muhabbatdir. Bilib qo'yingki, ishqiy g'azallarda
Do'stlaringiz bilan baham: |