Mavzu: muammoli va obraz maqolalar


Download 26.27 Kb.
bet4/6
Sana09.01.2022
Hajmi26.27 Kb.
#265805
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUAMMOLI VA OBRAZ MAQOLALAR

yordamchi vositalardir. Badiiy tasvirning maqsadi sifatida ko'pincha insonning o'zi turadi. Narsa va hodisalar tasviri o'z-o'zicha mustaqil badiiy qiymatga ega bo'lmaydi, ular insonni yorqinroq ko'rsatish, uning tabiatini teranroq ochish uchun kerak. Lekin inson yolg'iz o'zi mavjud bo'la olmaydi. Odam odamday yashashi va o'z insonligini namoyon etishi uchun juda ko'p narsalar kerak. Badiiy adabiyotda inson bilan bir qatorda, narsa-hodisalar muhit tasviri ham zarurdir. Faqat ularning badiiy adabiyotdagi tasviri inson holati, kechinmalariga bo'ysundirilgan bo'ladi. Yozuvchi voqelikni aks ettirar ekan, uni o'zi anglaganicha talqin qiladi. Hayotdagi voqea-hodisalar, odamlar va ularning dunyoqarashi, xarakter xususiyati, madaniy-ilmiy saviyasi, niyati, orzu-istagi ishlovidan o'tgandan keyingina obraz ­timsollar qiyofasida namoyon bo'ladi, badiiy asar shaklini oladi. Qisqasi, yozuvchi ijod jarayonida asaridagi obrazlarni individuallashtiradi, umumlashtiradi. Inson tasvirlash, avvalo, uning ichki dunyosini, kechinmalarini tasvirlash demakdir. Odam odamlar orasida, ya'ni jamiyatda yashaydi. Insonning kechinmalari jamiyatga oid turli-tuman masalalar bilan chambarchas aloqador bo'ladi. Shunday ekan, badiiy adabiyot inson kechinmalarini barcha murakkabliklari bilan aks ettirishi kerak. Bu esa ijodkordan yuksak iste'dod va badiiy mahorat talab qiladi. U hayot va odamlarni yaxshi bilishi, insonning holatini, imkoni boricha, haqqoniy, o'z qalbi bilan tuyganday aks ettirishi kerak. Shundagina yaratgan asarlari odamlar qalbiga kuchli ta'sir etib, zavq-shavq uyg'otishi, kishilarni ezgulikka e'tiqod va go'zallik­ka muhabbat ruhida tarbiyalashi mumkin. Demak, badiiy adabiyotda insonning alohida shaxs qiyo­fasida yaratilgan, ayni paytda badiiy umumlashma xususiyati­ga va hissiy ta'sir kuchiga ega bo'lgan surati badiiy obraz deyi­ladi. Obrazlar bosh va epizodik singari turlarga bo'linadi. Asarning boshidan oxirigacha qatnashib, tasvirda muhim o'rin tutuvchi ishtirokchi bosh qahramon deyilsa, asarning bir-ikki o'rnidagina qatnashib, keyin tushib qoladigan ishtirokchilar epizodik qahramonlar deyiladi. «Ravshan» dostonidagi Ravshan, Zulxumor, Hasanxonlar bosh timsollar bo'lsa, shir­vonlik kampir ena, aka-uka kallar, Oqqiz, uning Maston onasi epizodik obrazlardir. Biroq epizodik obrazlar ham voqealar rivojida muhim o'rin tutishi mumkin («Ravshan» dostonidagi Oqqiz va onasi, kallar obrazlari singari). Badiiy adabiyot asosida go'zallik haqidagi tasavvur yotadi. Bunday tasavvur insonning odam, hayot va jamiyat haqidagi orzu-armonlaridan tug'ilgan. Badiiy asar ana shu orzu-armon­larni aks ettirsagina tarbiyaviy quvvatga ega bo'ladi.
Qadim Turkistonda hayotini haqiqat, diyonat yo'liga bag'ishlagan, xalq orasida ma'naviy padar sifatida tan olingan zotlar ismiga «ato», «buva», «bobo» so'zlari qo'shib aytilgan. Nasl-nasabi turkiy (o'zbek) bo'lgan aziz-avliyolarga nisbatan, asosan, «ato» (ya'ni «ota») so'zi qo'llangan. O'zbek adabiyotining zabardast vakili Atoyi ham ana shunday mukarram nasabdan tarqagan kishidir. Atoyining otasi Ismoil ota, bobosi Ibrohim ota nom­lari bilan sharaflanib, ular turkiy millat faxri bo'lmish Ahmad Yassaviy avlodlaridan edilar. XIV asr oxiri - XV asrning birinchi yarmida yashagan bu shoir yetuk zamondoshlari kabi ijodi bilan turkiy adabiyot va adabiy til ravnaqi uchun astoydil kurashgan. Atoyining asl ismi, tug'ilgan hamda vafot sanasi aniqlangan emas. Shoirning hayoti to'g'risida uning o'z devoni va Alisher Navoiyning asarlari orqali ayrim ma'lu­motlargina bor. Navoiy «Majolis un-nafois» asarida Atoyining Balxda yashaganligini, darveshvash (darveshona hayot kechirganligi), xushxulq, munbasit (pok qalbli) kishi bo'lganligini yozadi. Manbalarda aytilishicha, shoir Mirzo Ulug'bek saroyida xizmat qilgan. Qozog'istonning Turbat qishlog'ida unga nisbat berilgan qabr bor. Chamasi, uning hayoti Sayram, Balx, Samarqand, Hirot shaharlari orasida kechgan. Mashhur shayxlar, ya'ni atolar avlodidan ekanligiga ishora qilib, taxal­lusini Atoyi deb olgan. Shoirdan bizga 260 g'azalni o'z ichiga olgan devon yetib kelgan. Devondagi g'azallar besh baytdan tortib, o'n to'rt bayt­gacha bo'lsa-da, ko'pchiligi yetti baytdan iborat. She'rlari asosan ishq-muhabbat mavzusida. Ularda inson (ayol) go'zal­ligi ta'riflanadi, shuningdek, ilohiy ishq, ya'ni Allohga bo'lgan muhabbat tarannum etilgan, tasavvufiy g'oyalar singdirilgan g'azallari ham talaygina. O'rni kelganda aytish kerakki, «devon» deb musulmon Sharqida muayyan qoidalarga ko'ra tartib berilgan she'riy to'plamga aytiladi. Unda g'azallar alifbo bo'yicha joylashtirila­di. Alifboni belgilashda misraning boshidagi emas, balki oxiridagi harf hisobga olinadi. Devonda arab alifbosi tartibi bo'yicha barcha harflarga tugaydigan g'azallar bo'lishi shart. Yo'qsa, u devon hisoblanmaydi. G'azallardan so'ng boshqa janrlar hajmiga, mumtoz adabiyotimizda tutgan ahamiyatiga qarab joylashtiriladi. Lekin adabiyotimiz tarixida faqat g'azal­lardan iborat devonlar ham borligi ma'lum. Yuksak badiiyat bilan sodda, xalqona tilda yozishlik Atoyi ijodining muhim belgisidir. Tushunarli, oddiy qilib fikr aytishni ajdodlarimiz «turkona» deganlar. Shuning uchun Navoiy Atoyi haqida gapirar ekanlar: «Turkona aytur edi»,- deydilar. Chindan ham Atoyi eng murakkab tuyg'ularni ham ona tili­mizdagi sodda so'zlar vositasida oson ifodalash yo'llarini topadi. Qadrli o'quvchi! Endi Siz Atoyi g'azallari bilan ta­nishishingiz kerak. Ularni o'qish, tushunish, ta'sirlanish va tahlil qila olish uchun kishi ma'lum miqdordagi nazariy bilim­lar bilan qurollangan bo'lishi lozim. Shuning uchun ham quyi­da mumtoz adabiyotimizda keng tarqalgan g'azal janri va uning badiiy xususiyatlariga doir dastlabki tushunchalar haqi­da ma'lumot beramiz. Bu o'quv yilidagi birinchi darsda qilgan suhbatimiz orqali badiiy adabiyot lirik, epik, dramatik kabi turlarga, har bir adabiy tur o'z ichida bir qancha janrlarga bo'linishini bilib olgansiz. Ikki yildan buyon «Adabiyot» darsliklari orqali mum­toz adabiyot namunalari bilan ham tanishib kelyapsiz. Butun Chiqish mumtoz adabiyotida bo'lganidek, o'zbek adabiyoti tarixida ham lirika ijodning yetakchi, asosiy turidir. Shoirlarimiz mumtoz she’riyatining g’azal, ruboiy, tuyuq, qit’a, fard murabba', muxammas, mustahzod kabi ko'plab janrlarida qalam tebratib, dunyo ahlini lol qoldirgan betakror san’at namunalarini yaratganlar. Siz oldinroq, Umar Xayyom ijodini o'rganish munosabati bilan ruboiy to'g'risida ma'lum tushunchaga ega bo'lgansiz. Endi esa g'azal janriga xos belgilar bilan tanishib olasiz. Chunki shu janrdagi asarlarni o'rganishingizga to'g'ri keladi. G'azal mumtoz she'r shakllari ichida keng tarqalgan, eng ko'p qo'llaniladigan janrdir. O'tmish adabiyotida birorta shoir she'rning biror boshqa janriga murojaat qilmagan bo'lishi mumkin. Lekin ular orasida g'azal yozmagan ijodkor bo'lma­gan. G'azal qadimdan eng ahamiyatli va e'tiborli she'r shakli bo'lib kelgan. G'azal 
Download 26.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling