Mavzu: Muhammad Shayboniyxon va uning siyosiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi faoliyati Muhammad Shayboniy
Mavzu: O’rta Osiyo hududlarida IX-XVI asr boshlarida yuz bergan etnik va madaniy jarayonlar
Download 131.38 Kb.
|
tarix.Saida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik masalalari
Mavzu: O’rta Osiyo hududlarida IX-XVI asr boshlarida yuz bergan etnik va madaniy jarayonlar
IX-XII asrloar O'rta Osiyo xalqlari tarixida moddiy va maʼnaviy hayotning rivojlanishida oldingi davrlarga nisbatan keskin yuksalish davri bo'ldi.VIII asrda Arab xalifaligi hozirda O'rta Osiyo deb atalmish hududni fath etib bo'lgan, bosib olingan yerlarda islom dini keng yoyilib, ijtimoiy -iqtisodiy va maʼnaviy hayot Arab xalifaligi tartib-qoidalariga butunlay bo'ysindirilgan edi. Xalifalik tarkibiga kiritilgan o'lkalarda faqat islom diniga emas,balki arab tili va uning imlosi ham joriy etildi. Chunki arab tili xalifalikning davlat tili bo'lsa, islom dini uning mafkurasi edi. Shu sababli bu mamlakatlarda arab tilini o'zlashtirshga intilish kuchli bo'lgan.islomni qabul qilgan aholining arab tili bilan muloqoti, ibodat vaqtlarida qur'on suralarini tilovat qilishdan iborat boʻlgan bo'lsa, mahalliy zodagonlar arab tilini xalifalik ma'murlari bilan yaqinlashish va mamlakatda o'z siyosiy mavqelarini tiklab uni mustahkamlashni garovi deb hisoblaydilar. Arab tiliga bo'lgan ehtiyoj va intilish tufayli ko'p vaqt o'tmay Movarounnahrda o'z ona tilidan ko'ra arab tili va yozuvini o'zlashtirib olgan bilimdonlar paydo bo'ldi. Chegaralari borgan sari kengayib, ulkanlashib borayotgan xalifalik uchun ilm ahli suv va havodek zarur bo'lib qoldi. Davlatni boshqarishda xalifalik ma'muriyati bilimdon siymolarga muhtoj edi. Chunki arablar orasida bu paytda davlat ishiga yaroqli bo'lgan bilimdonlar ham oz bo'lib, borlari ham zaif edi. Ilm – fan, madaniyat va san’atda o’ziga xos o’zgarish yasagan qomusiy bilim sohiblari, olim, fozil, barkamol shaxslar ilk o’rta asrlar zamoni Sharq Uyg’onish davri nomi bilan ma’lum. O’zining ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy belgilarga ko’ra bu davr XV – XVI asrlarda G’arbiy Yevropada mamlakatlaridagi madaniy hayot, ilm – fan, falsafiy tafakkur sohasidagi buyuk yuksalishlar yuz bergan Renessans davriga ham qiyos qilinadi. [1, 446-447 b. ] Sharq renessansi iborasi va fikri ilk bor yevropalik sharqshunos olim A.Mets ning “Musulmon Renessansi” kitobida ilgari surilgan edi. Bu asar IX – X asrlardagi arab xalifaligi tarixiga bag’ishlangan kitob ko’plab olimlarning diqqat e’tiborini jalb qildi. Sharqda uyg'onish davri deganda ko'pchilik olimlar davrning madaniy taraqqiyot sohasidagi muvaffaqiyatlarini nazarga olib, uyg'onish g'oyasini muayyan bir tarixiy davrga xos ilm-fan, madaniyatning yuksalishi dehan ma'noda talqin etadilar.ularning fikricha sharq renessansi insoniyatning madaniy - tarixiy taraqqiyotidagi ana shu yuksalish davrlaridan biridir."Renessans" ( uyg'onish) tushunchasi esa sharqqa nisbatan shartli ravishda qo'llaniladi. Sharq va g'arb uyg'onish davrlaridagi ijtimoiy -iqtisodiy negizlarining turlicha holatlarini ko'rsatish bilan birga IX-XII asrlarda sharq musulmon mamlakatlaridagi uyg'onishning yevropa renessansi arafasida jahon madaniyati taraqqiyotidagi muhim bosqich bo'lganini esdan chiqarmaslik lozim. Sharq uyg'onish davri tarafdorlarining ko'pchiligi bu nuqtayi nazarni e'tirof etadilar. Ammo ular sharqqa nisbatan renessans tiklanish, uyg'onish istilohini shartli ravishda ishlatish mumkin deb hisoblaydilar. Ming yilliklar davomida turli sivilizatsiya va madaniyatlar, jahon savdo yo'llari chorrahasida joylashgan o'lkamiz hududida o'ziga xos bebaho ma'naviy qadriyatlar va madaniyat mavjud bo'lgan. Ilg'or madaniyat, ilm - fan xalifalik hukmi davrida aynan yurtimiz hududida rivoj topgan bevosita Bag'dod xalifaligidagi musulmon uyg'onish davri, ilm - fan madaniyat taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatdi. Mavzu: O’zbek xonliklari iqtisodiy va siyosiy tarixining tarixshunoslik masalalari XVI-XX asr boshlarida О‘rta Osiyo hududlarida mavjud bо‘lgan davlatlar, ularning siyosiy tarixi, iqtisodiy va madaniy hayoti masalalariga bag‘ishlagan bir necha о‘nlab tarixiy asarlar yaratildi. Turli davrlarda о‘zbek xonliklari tarixiga bag‘ishlab yaratilgan bu asarlar bugungi kunda mazkur davr tarixini о‘rganishda muhim manbalar bо‘lib xizmat qilmoqda. Shayboniylar va ashtarxoniylar hukmronligi davri tarixiga oid Buxoro xonligi tarixini yoritib beruvchi manbalar, mang‘itlar hukmronligi davri tarixiga oid Buxoro amirligi tarixi manbalari, Qо‘qon xonligi hamda Xiva xonligi tarixiga oid yaratilgan manbalar kо‘p sonli bо‘lib, mazkur davrlarda tarixnavislikning о‘ziga xos maktablari yuzaga keldi. О‘zbek xonliklari tarixining manbashunoslik sohasida yirik tadqiqotlarni amalga oshirgan Rashid Nabiyev, Bо‘riboy Axmedov, Asomiddin О‘rinboyev, Omonulla Bо‘riyev kabi о‘zbek tarixchilari XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab manbalarning tadqiqotlarini amalga oshirgan bо‘lsalar, О‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida bu borada yanada kо‘plab tadqiqotlar amalga oshirila boshlandi va bir necha yuzlab manbalar tadqiqot obyekti sifatida tanlangan bо‘lsa, ularning bir qanchasi yurtimizda, xatto horijda nashrdan chiqrildi. Bu borada Qо‘qon tarixnavislik maktabining rivojlanishi tadqiq qilgan Shodmon Vohidov va Xiva tarixnavislik maktabi tadqiqotlarini amalga oshirgan Quvomiddin Munirovlarning mehnatini alohida kо‘rsatib о‘tish mumkin. Mavjud manbalarni shartli ravishda ikki qismga bо‘lib о‘rganish mumkin, ya’ni XVI- XIX asrning о‘rtalarigacha yaratilgan о‘zbek xonliklari tarixiga oid manbalar, jumladan, “Shayboniynoma”, “Abdullanoma” yoki “Sharafnomayi shohiy”, “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima”, “Tarixi olamoroyi Abbosiy”, “Bahr ul-asror fi manoqib ul-ahyor”, “Ubaydullanoma”, “Tuhfat ul-xoniy”, “Tarixi Amir Haydar”, “Fathnomayi sultoniy”, “Muntaxab ut-tavorix” va boshqalar, hamda, XIX asrning ikkinchi – XX asr boshlarida Rossiya imperiyasining harbiy tajovuzi va hukmronligi davrida yaratilgan manbalarga, jumladan, ”Tarjimai ahvoli amironi Buxoroyi sharif az amir Doniyol to asri amir Abdulahad”, “Tarixi salotini Mang‘itiya”, “Tarixi Salimiy”, “Amirlashkar jangnomasi”, “Tarixi jahonnamoyi”, “Tarixi Aliquli Amirlashkar”, “Tuhfai Toib”, “Xadoyiq ul anvor”, “Aliquli jangnomasi va Mullo Holbek sarguzashtlari”, “Tarixi jadidi Toshkand”, “Tarixi Shoxruxiy”, “О‘rus lashkarining Turkistonda tarix 1269-1282 sanalarda qilg‘on futuxotlari”, Mullo Yunus Toshkandiy “Xotiralar”i, “Mirot ul-futux”, “Tarixi Turkiston”, “Shajari Xorazmshoxiy”, “Tarixi Farg‘ona”, “Ansob us salotin va tavorix ul xavoqin” kabi manbalarga bо‘lib о‘rganish mumkin. “Tarixi olamoroyi Abbosiy” (“(Shoh) Abbosning olamni bezovchi tarixi”) nomli asar garchi XVI asrda о‘tgan yirik Eron tarixchisi Iskandarbek Munshiy tomonidan yaratilgan bо‘lsa-da, unda О‘zbekistonning tarixi va uning boshqa mamlakatlar bilan munosabatini о‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Iskandarbek Munshiy о‘z asarida keltirgan ayrim dalil va ma’lumotlariga qaraganda, 1561 yoki 1562 yili tug‘ilgan. U saroy yumushiga qabul qilingunga qadar kichik moliya xizmatchisi bо‘lib ishlagan, keyinchalik devoni inshoga qabul qilingan. Download 131.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling