Mavzu: Muhammad Yusuf Buxoroni sevgan shoir


Download 0.86 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1540414
1   2   3   4
Bog'liq
Muhammad Yusuf-xalq ardog’idagi shoir

1-boshlovchi
Muhammad Yusuf el-yurt sog’inchini oddiy lekin juda samimiy tasvirlaydi
Qushlar uchib quchog’ingda dunyo kezdim
Qancha olis ketsam shuncha qadring sezdim.
Kezib –kezib topganlarim sog’inch bo’ldi.
Qayda yursam yodu mehring ovunch bo’ldi.
Aylanayin qora –qoshing ko’zingdana
O’zingdan qo’ymasin xalqim o’zingdana
KO’RINISH:
Shu o’rinda sinfimizdagi ikki o’quvchi Muhammad Yusuf she’rlar nomini yozishga o’zaro musobaqalashadilar.
Shoir onalar haqida qizlar va umuman olganda ayol kishi haqida qancha she’r yozgan
Qiz bor uyning fayzi bo’lak deydilar
Jannat yo’li qiz bor yo’lak deydilar.
O’ngimda o’g’lim yo’q deb o’ksinmang
Tog’ bo’lmasa qir ham tirgak deydilar
Elning baxti botirlarga yor bo’lsin
Ominalar,Xolidalar bor bo’lsin
Qiz yo’q yurtga ko’klamlar sep tosharmi
Kelini yo’q to’ylar to’yga o’xsharmi ?
Qiz borki o’lka omon qo’rg’on but
Qiz kutmasa yigit olov chekarmi
Jonlar ilhaq ilinchlar tumor bo’lsin
Maqsudalar,Mavludalar bor bo’lsin
Intiq nigohlar bor ekan dillarda muhabbat o’ti so’nadi.Muhabbat bor ekan shoirlar yashaydi.Muhammadjonning o’zi aytmoqchi shoirlarning qabri bo’lmaydi.Asl shoirlar yurakka ko’miladi.Millat qalbida ko’ngillar qo’rida yashab qolish baxti Muhammad Yusufga nasib etdi.Ammo bir armon dilni ezadi.El suygan shoir oramizdan erta ketdi.
Ko’nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham.
Qolar bo’lsam bir kun axir tildan ham
Agar bir zot yig’lasa chin dildan ham
Onam yig’lar onam u
2-boshlovchi.
Muhammad Yusuf buyuk ajdodlar xotirasini yod oldilar.
Muhammad Yusuf yoshlarni ayniqsa yigitlarni mana shu aziz Vatanni asrab avaylash,haqiqiy farzand bo’lishga chorlaydi.
O’g’il bo’lsang o’jar bo’l
Tug’ildingmi demak yon
Shox qo’lida zanglagan
Qilich bo’lma hech qachon.
Muhammad Yusuf she’riyati ham o’zbek kitobxonini befarq qoldirmaydi.Uning qalbida shunday buyuk xalqqa farzand ekanligidan g’ururlanish hissini uyg’otadi.
Alp o’g’lonlar o’lkasidir O’zbekiston
Erkli elning qanotlari ilm istak.
Yarim jahon bunyod etgan sohibqiron
Alisherning avlodlari ilm istak.
Taxtdan tushganda ham otdan tushmagan
Ajdodingiz uy qurgan davlat qurgan
Yurti uchun yelkasida tog’lar surtgan
Rustamlari Farhodlari ilm istak.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling