Mavzu: Muhammad Yusuf Buxoroni sevgan shoir
Download 0.86 Mb.
|
Muhammad Yusuf-xalq ardog’idagi shoir
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi: Assalomu-alaykum aziz ustozlar,mehridaryo ilm-fan bog’ida asil donolar,she’riyatga oshno qalblar. 2-boshlovchi
- 1-boshlovchi
Mavzuli davra Mavzu:Muhammad Yusuf-xalq ardog’idagi shoir Maqsad:O’quvchilarga O’zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida tushuncha berish orqali ularning Vatanga bo’lgan muhabbatini oshirish. (Zal bayramona bezatilgan.Muhammad Yusuf portreti oldida sham yoqib qo’yilgan.Muhammad Yusufning kitoblari namuna qilib qo’yilgan,Muhammad Yusuf xotirasiga bag’ishlab slaydlar tayyorlangan.) 1-boshlovchi: Assalomu-alaykum aziz ustozlar,mehridaryo ilm-fan bog’ida asil donolar,she’riyatga oshno qalblar. 2-boshlovchi: Assalomu-alaykum go’zal va mustaqil yurtning kelajagi bo’lmish bilimli,dono tengdoshlar.Mana bugun biz adabiyot osmonining o’chmas va porloq yulduzi bo’lmish “Muhammad Yusuf –xalq ardog’idagi shoir” degan mavzuda adabiy kechaga yig’ilishdik. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2013-yil 27-dekabrdagi O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 60yilligini nishonlash to’g’risidagi qarori ham xalqimiz kutgan hujjat bo’ldi.Undan nainki ijodkorlar balki barcha yurtdoshlarimiz quvonch hissini to’ydi.Bu ijodkorga berilgan yuksak baho Muhammad Yusuf timsolida butun milliy adabiyotimiz she’riyatimizga qaratilgan oliy e’tibordir. 1-boshlovchi Shoir she’rlarini mutolaa qilishdan oldin uning hayot va ijod yo’li haqida to’xtab o’tamiz. -O’zbekiston xalq shoiri xalqimizning bulbul zamon farzandi Muhammad Yusufdir.Muhammad Yusuf 1954-yilning 26-aprelida Andijonning Marhamat qishlog’ida dunyoga keldi.Uning bolalik yillari shu yerda o’tdi. Nechun qulluq qilmay Andijonga men Shu yurtda tug’ildim shu yurtda o’sdim Agar do’stim bo’lsa bitta u do’stim Nechun qulluq qilmay Andijonga men. O’rta maktab ta’limini olgach Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va Adabiyot institutiga o’qishga kirdi. Yosh ijodkor 1971-1980 yillarda Respublika kitob sevarlar jamiyatida,1980-1986 yillar oralig’ida Poytaxtning Toshkent oqshomi gazetasida,1986-1992 yillarda esa G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qiladi. Muhammad Yusuf 1992-1993-yillarda O’zbekiston ovozi gazetasida O’zbekiston milliy agentligida xizmat qildi.1997-yildan e’tiboran shoir O’zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisining o’rinbosari etib tayinlandi. Garchi uning she’rlari vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo’lsada birinchi she’riy to’plami nisbatdan kech 1985-yildagina e’lon qilingandi. Kun qoraydi ayni yozning chillasi Chit uzuldi vatanning bir parchasi Ko’zin yumdi shoirlarning erkasi U bosh qo’ygan tuproq endi muazzam Ming tepaning mingbirinchi tepasi Bu makondan taralar yalpiz isi Qizg’aldoq barg to’kmay turar kuzgacha Qumri sayrar borliqda bulbul sasi Xazonning ham tusi bunda o’zgacha Umrin tikdi so’zdan bitta so’zgacha. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling