Mavzu: Muhit ifloslanishida transportning o’rni


Download 55.5 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi55.5 Kb.
#1832913
1   2
Bog'liq
Mavzu Muhit ifloslanishida transportning o’rni-fayllar.org

> inson
Xavo —> tuproq—> o’simliklar dunyosi —> odamlar.

> hayvon
Ko’rsatilgan tarix asosida xavfli, tajovuzkor moddalar tashqi muhitda aylanib yurib, pirovardida odam organizmiga salbiy tasirini ko’rsatmasdan qolmaydi, degan xulosaga kelish mumkin.

Avtotransport vositalari atmosfera xavosini azot oksidi bilan 40,5%, uglerodlar bilan 42% zararlantiradi. Xavoga chiqarib tashlanadigan 100 mln.tonnaga yaqin is gazining 73,5 mln.tonnasi yoki 78% i avtotransport vositalariga to’g’ri keladi. Shaxarlar havosining 60% ini zaxarli gazlar bilan ifloslanishi avtotransport hisobiga to’g’ri keladi.
2.Tabiat boyliklari shunday taqsimlanganki, bir region neftga boy bo’lsa, boshkasi metallarga boy, qaysi bir mamlakat qurilish materiallariga juda boy bo’lsa, ikkinchi mamlakat undan maxrum. Bunday tabiiy boyliklarni bir regiondanikkinchi regionga tashishni avtotransportlar orqali amalga oshirish mumkin emas.
Bunga bir tomondan, kit’alar katta okean va dengizlar bilan ajratilganligi bo’lsa,ikkinchidan, katta hajmdagi yuklarni avtotransportlarda tashish iqtisodiy jixatdan samara bermaydi. Shu sababli transport vositalari orqali tashilayotgan yukningumumiy miqdori bo’yicha hisoblaydigan bo’lsak, birinchi o’rinda dengiz va okean taransportlari turadi. 1980 yillar atrofida neft maxsulotlari qazib olish dunyo bo’yicha o’zining eng baland nuqtasiga chiqqan edi. O’sha yillarda 3 mlrd.tonna atrofida neft qazib olingan bo’lsa, uning taxminan 60% i Fors ko’ltig’i mamlakatlariga to’g’ri keldi. Shu bilan birga jaxonda ayrim mamlakatlar borki, ularda umuman neft qazib olinmaydi. Masalan: Yaponiyaga o’xshagan sanoati juda rivojlangan mamlakat yiliga 300-400 mln.tonna neftni qayta ishlab undan energiya, avtotransport yoqilg’ilari, kimyoviy maxsulotlar va boshqa dori- darmonlar ishlab chiqaradi. Shu neftni taxminan 90 % dan ko’prog’i tankerlarda O’rta Shark mamlakatlaridan va uzoq indoneziyadan olib kelinadi. Yevropadagi juda ko’pchilik mamlakatlar Fors qo’ltig’i mamlakatlaridan, bir qismini sobik ittifoqdan olar edi. Mana shunday katta xajmdagi neft va neft mahsulotlarini tankerlar va super tankerlarda tashilishi natijasida yiliga 10-12 mln.tonna neft va neft maxsulotlari dengizlarga to’kilmoqda. Tankerlarni qanday yuk bilan avariya bo’lishi va cho’kishidan qat’iy nazar, dengiz suvlar u yomon darajada ifloslanadi.
1960-yili AQSH ning Liberiya bayrog’i bilan yurgan “Tori kanvon” nomlisuper tankeri Angliyaning janubiy Yevropa qismida dengizning sayoz joyida toshga urilishi natijasida 12000 tonna xom neft bilan halokatga yuz tutdi. Judakatta urinishlarga qaramay qutqarish mumkin bo’lmadi, natijada tanker cho’kib ketdi. Undan to’kilgan katta miqdordagi neft Angliya va Fransiya qirg’oqlarigachayetib keldi. Bir necha oy davomida cho’milish xavzalaridan foydalanish mumkin bo’lmadi. Eng achinarlisi shundaki, biosferaga, ayniqsa gidrosferaga juda kattazarar etdi. Bir necha ming tur dengiz hayvonlari va shuningdek dengiz kirg’og’ida yashaydigan hayvonlar va qushlar xalok bo’ldi. Dengiz ekologiyasi buzildi. 1976yili Tinch okeanida 10000 tonnali tanker, shu yili Ispaniyaning uncha uzok bo’lmagan rayonida 40000 tonnali tanker, shu yili Amerikaning shimoliy sharqida27000 tonnali tanker, Los-Anjeles yakinida 40 ming tonnali tanker avariyaga uchradi. Amerikada chiqadigan “Taym” jurnalida ta’kidlanishicha, fakat 1976yilning o’zidagina 19 ta tanker xalokatga uchradi. 1964-1976 yillar orasida 198 ta tanker xalokatga uchradi va uning oqibatida 108 kishi xalok bo’lgan. 1917 yili 2 ta AQSHning super tankeri har biri 330 ming tonnadan neft bilan o’zaro to’qnashib xalokatga uchradi va okeanga 26 ming tonna neft to’kildi. Tarixda eng katta xalokat 1978 yili Amerikaning Liberiya bayrog’i bilan yuradigan ―Amakades” super tankerida O’rta yer dengizida yuz berdi. Tankerda 220 ming tonna neft maxsulotlari bo’lib, ularning to’kilishi natijasida dengizning 3,5 ming kv.m qismi neft maxsulotlari bilan qoplangan. Bir necha yuz ming dengiz hayvonlarining xalokatiga sabab bo’ldi. 3. Atmosfera xavosining ifloslanishiga juda tez rivojlanayotgan aviatsiya ham o’z xissasini qo’shmoqda. Bitta o’rtacha xavo layneri 8 soat uchishi davomida 25 tonna aviakerosin sarflab, 200 tonna kislorodni boshqa gazlarga aylantirib yuboradi. TU-144 tipidagi samolyotlar yuqoridagiga nisbatan 3-4 barobar ko’proq yoqilg’i va kislorod sarflaydi. Samolyotlarda ham yonish maxsulotlari asosan avtomabillarnikiga o’xshash. Ammo bu yerda azot oksidlarining miqdori ancha ortiq. Samolyotlar uchishi natijasida atmosferada sun’iy bulut xosil bo’ladi va o’z navbatida mikroiqlim yomonlashuviga olib keladi. Eng yomoni shundaki, samolyotlardan xosil bo’layotgan azot oksidlari xisobiga ozon kavati yemirilib bormoqda.

4. Yuqorida aytib o’tilganidek, shaharlar xavosini ifloslantiradigan asosiy omillardan biri avtotransport vositalaridir. Bular ifloslantirgan havoning zaxarliligini kamaytirish maqsadida yoki xavoga chikarib tashlanadigan chikindilarning umumiy miqdorini kamaytirish uchun turli texnologik jarayonlarni qo’llash yo’li bilan istalgan maqsadga erishish mumkin. Masalan, motor silindrlarida paydo bo’ladigan zaxarlar kuchini neytralizatorlar yordamida kesish mumkin. Bundan tashqari har qanday yo’qilgi to’la yonishini ta’minlaydigan motorlar ishlab chiqarilishi kerak. Atmosfera xavosini avtotransport chikindilaridan saklash uchun shaxar asosiy erlari, yo’laklar soz bo’lishini ta’minlash, chorraxalarda tartib o’rnatish, transprot xarakatini tog’ri yo’lga qo’yish maqsadida shaxar qurilish loyixalarini lozim darajada o’zgartirish, ko’cha chetlariga daraxtlar o’tkazish, yer osti yo’llarini ko’paytirish, ayniqsa, chorraxalarda avtotransport to’planib qolishiga yo’l ko’ymaslik kerak.


20-asrning oxirlarida atrof-muhitni tartibga solish va ifloslanish siyosati paydo bo'lgunga qadar 19-20-asrlarda ko'plab ifloslanish manbalari sanoatlashtirishning tartibga solinmagan qismlari edi. Tabiatga zarar beruvchi moddalarni keltirib chiqaradigan sanoatlar faoliyatini to'xtatgandan keyin ham ifloslanish atrof muhitda doimiy qolishi mumkin. Ifloslanishning asosiy shakllariga havoning ifloslanishi, yorug'lik bilan ifloslanish, axlat, shovqinli ifloslanish, plastik ifloslanish, tuproqning ifloslanishi, radioaktiv ifloslanish, termal ifloslanish, vizual ifloslanish va suvning ifloslanishi kiradi
Xulosa
Avtotransport vositalari tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi dudbo’ronlardan chiqadigan gazlarning tarkibi va mikdoriga, transport xarakati tezligiga, mashinalar soniga, ko’chalarning katta-kichikligiga ularning loyixasiga, relefiga, turar joylarning topografik xolatiga, joylarning xolatiga, iqlim sharoitiga va meteorologik omillariga bog’lik bo’ladi. Avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy moddalari is gazi, uglevodorodlar, azot oksidlari, aldegidlar, ketonlar, akrolein, qo’rg’oshin va boshqalar aksariyat xollarda gigienik nuktai nazardan juda zararli hisoblanib, belgilangan me’yordan ortgan xolda bo’ladi. hu bilan birga, motorizatsiya tushunchasi harakatni ta'minlaydigan texnik vositalar to'plamini o'z ichigaoladi avtomobil va yo'l. Biroq, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari odamlarga nafaqat foyda, balki zarar ham keltiradi.Siz hamma narsa uchun to'lashingiz kerak deydi qadimgi donolik.Avtomobil uchun to'lov - bu bizning sog'ligimiz, hayotimiz.Bu yo'l-transport hodisalari,baxtsiz hodisalar ehtimoli.Bu chiqindi gazlar, transport shovqinlari va boshqa jismoniy ta'sirlar bilan atrof-muhit ifloslanishidan zararning muqarrarligi.Ulardan hamma odamlar, hatto hech qachon mashina ishlatmaydiganlar ham azob chekishi kerak.Va nafaqat odamlarga - butun tabiatga.Atrof-muhitga bu zararli ta'sirlarni yaratadi, albatta, yo'l emas,balki avtomobil.Yo'l atrof-muhitni avtomobildan himoya qiladi.Dizayn muhandisi, quruvchi, operatorning vazifasi bu himoyani yanada samarali va arzonroq qilishdir.Biz mashinasiz yashashga undamaymiz

Foydalanilgan adabiyotlar:


1 N.Jabbarov
Ximiya va atrof-muxit”, Toshkent “O’qituvchi”, 1992 il 13-27 betlar.
2.Sh.Otaboev, M.Nabiev “Inson va biosfera”, Toshkent “O’qituvchi”, 1995 y. 24­35 bet.
3.Yu.SHodimetov “Ijtimoiy ekologiyaga kirish”, Toshkent “O’qituvchi”, 1994 yil, 169- 171 betlar.
4.X.T.Tursunov “Ekologiya asoslari va tabiatni muxofaza qilish”, Toshkent 1997 yil, 19-26 betlar.

Download 55.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling