Mavzu: Mulkchilik ta’riflarining tahlili


Rasm. O‘zbekistonda xususiy mulk egalari subyektlari


Download 279.46 Kb.
bet8/8
Sana05.04.2023
Hajmi279.46 Kb.
#1276376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mulkchilik ta’riflarining tahlili kurs ishi

Rasm. O‘zbekistonda xususiy mulk egalari subyektlari.

Chunki bozor iqtisodiyotida o‘zaro munosabatlar turli mulk shakllariga asoslangan subyektlar o‘rtasida olib boriladi. Ularning har biri o‘z mulkiy huquqlari va o‘z manfaatlariga ega. Ularning mulkiy huquqlari juda aniq belgilangan, uning himoyasi qonun bilan kafolatlangan taqdirda o‘zaro bitimga kelishish oson kechadi. Bu mulkiy huquqlar haqiqiy egalari, mulkdan eng unumli tarzda foydalana oluvchilar qo‘liga o‘tishi uchun ham muhimdir.


O‘zbekiston qonunchiligida, yuqorida ta'kidlab o‘tganimizdek, mulkiy huquqlarning uch turi keltirilgan. Lekin rivojlangan bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan mamlakatlarda amalda bo‘lgan umumiy huquqda yanada ko‘proq mulkiy huquqlar ajratiladi. Chunki iqtisodiy agentlarning bozor tamoyillari nuqtai nazaridan o‘zaro aloqalari murakkab hodisa bo‘lib, u mulkiy huquqlarni chuqurroq aniqlashtirishni talab qiladi.
Yuqorida bayon etilganidek, mulkiy huquqlar A.Onore ro‘yxati bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi, tasarruf etish yoki boshqarish huquqi, o‘zlashtirish huquqi, kapital qiymat huquqi, xavfsizlik huquqi, ashyoning meros yoki vasiyat bo‘yicha o‘tishiga bo‘lgan huquq, muddatsizlik huquqi, zararli foydalanishni ta'qiqlashga bo‘lgan huquq, undirish ko‘rinishidagi javobgarlik huquqi, qoldiq xususiyati huquqi.
Mulkiy huquqlarni aniqlashga bunday yondashuv bozor iqtisodiyoti sharoitida individlar o‘rtasida resurslardan foydalanish bo‘yicha har qanday murakkab muzokaralarni olib borish va bitishuvga kelishda samarali hisoblanadi. Chunki bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatida keng quloch yozayotgan ijara, lizing, franchayzing kabi shakllari mulkiy huquqlarning yanada ko‘proq subyektlar o‘rtasida taqsimlanishini taqozo etadi. Demak, yuqoridagi huquqlarning ulardan eng unumli foydalanuvchi subyektlarga aniq mustahkamlanishi transaksion xarajatlarni qisqartiradi va samarali xo‘jalik yuritishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish Davlat dasturlariga muvofiq, ochiq aksiyadorlik jamiyati doirasida mulkiy huquqlar taqsimotining turli variantlari nazarda tutildi. Masalan, mehnat jamoasi a'zolari aksiyalar umumiy ulushida 10 foizdan oshmaydi, lekin har bir xodim aksiyalarni olish huquqiga ega hisoblanadi. Natijada mulk subyektlari va huquqlarining taqsimlanishi quyidagi ko‘rinishga ega.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligida mulk shakllaridagi tarkibiy o‘zgarishlar asosan mulkiy huquqlar taqsimlanishining davlat tomonidan tartibga solinishi natijasi bo‘lib, aynan mulkiy huquqlar taqsimoti haqiqiy mulkdorlar va xo‘jalik yuritishning samarali shakllarini vujudga keltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga 7.2-7.5-jadvallarda keltirilgan mulkiy huquqlar taqsimoti amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda mulkdorlar huquqini himoya qilishga doir huquqiy normalarni yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Chunki O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlari normalarigina qonun hujjatlariga kiritilgan, qolgan 8 ta mulk huquqi turi hali qonun hujjatlarida to‘liq o‘z ifodasini topmagan.


Mulk huquqlari nazariyasi mulkiy huquqlarning iqtisodiyot subyektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) o‘rtasida taqsimlanishi hamda mulkiy munosabatlar muammolarini o‘rganadi. Mulk huquqi, bir tomondan, subyektiv ashyoviy huquq. O‘z mazmuniga ko‘ra, mulk huquqi barcha ashyoviy huquqlar orasida eng keng huquqdir: mulkdor o‘z mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqiga ega bo‘lishi lozim.
Xorijiy manbalarda mulk huquqi 11 ta turga ajratilgan holda
o‘rganiladi. Bu esa mulk huquqini kengroq talqin etish imkonini beradi.
Mulkiy munosabatlar tarixan turli shakllarga ega bo‘lgan va ular mulkiy huquqlarning tabaqalanishida namoyon bo‘ladi.
O‘zbekistonda mulk shakli xususiy va ommaviy turlarga bo‘linadi. Ommaviy mulk shakli davlat mulkini ham o‘z ichiga oladi.
Fermer xo‘jaligining mulki fermer va xo‘jalik a'zolarining mulki hisoblanadi.
Download 279.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling