Mavzu: Mulkchilik ta’riflarining tahlili


Download 279.46 Kb.
bet4/8
Sana05.04.2023
Hajmi279.46 Kb.
#1276376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mulkchilik ta’riflarining tahlili kurs ishi

Mulkiy huquqlar
1. Mulk-egalik qilish. Mulkdor. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob resurslarni takroriy yetishtirish vazifasi paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi. Dastlab mehnat sharoitlari egalik qilish obyekti hisoblanadi.
2. Mulk-imtiyoz. Monopolist. Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol' ikkita yangi rolga bo‘linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish obyekti esa xo‘jalik yurituvchi subyektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo‘ladi. Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o‘ziga tegishli resurslardan daromad olish huquqiga duch kelamiz.
Mulk-imtiyoz aholining ma'lum qismi peshona terisi bilan o‘z tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo‘lishi uchun imkoniyat, ya'ni fan, san'at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyatini yaratadi.
Ishlab chiqaruvchi. Xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Ko‘plab xo‘jalik yurituvchi subyektlar shaxsiy maqsadlariga erishishga intilishi natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik jiddiy vazifaning amalga oshishi – jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo‘ladi.
3. Mulk-korxona. Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan bo‘linishida dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy huquqi hisoblangan mahsulotga bo‘lgan huquq ishlab chiqarish vositalari mulkdori – xo‘jayinga o‘tadi.
Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyat hamda obro‘ga asoslangan hokimiyatni tarixdan siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo bo‘lishi bilan birga yollanma xodim va xo‘jayin, ishlab chiqarish vositalariga bo‘lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o‘z mehnatga layoqatini sotishga majbur bo‘lgan iqtisodiy agent hamda xo‘jalikning yangi turi – korxonani tashkil etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo‘ladi.
Xo‘jayin. Xo‘jayinning shaxsiy maqsadi – qo‘shimcha qiymatni olishdan iborat. Bu uni iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy etishga undaydi. Xo‘jayin o‘ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifa – iqtisodiy faoliyatni rasionallashtirish egasiga aylanadi.
Yollanma xodim. Xodim – o‘z mehnat qilish layoqati huquqiy obyekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu layoqat, so‘zsiz, uning o‘ziga tegishli, ya'ni xodim kimningdir huquqlari obyekti hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash huquqini qo‘lga kiritadi va b) o‘z faoliyatining mahsulotlariga bo‘lgan huquqni yo‘qotadi. Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat.
4. Mulk-kapital. Mulk-imtiyoz holatida bo‘lgani kabi mulk-korxona o‘z egasiga qo‘shimcha mahsulotni o‘zlashtirib olish huquqini beradi. Albatta, endi ushbu mahsulot ortiqcha mahsulotda emas, balki qo‘shimcha qiymat – korxona xo‘jalik faoliyatining xarajatlari va natijalari o‘rtasidagi farq shaklida namoyon bo‘ladi. Mulk-kapital paydo bo‘lishi bilan xo‘jayinning roli kapitalist va menejer, taqsimlash jarayonini nazorat qiluvchi iqtisodiy agent hamda ishlab chiqarish jarayonining tashkilotchisi rollariga bo‘linadi.
Kapitalist. Kapital egasi xo‘jayin singari qo‘shimcha qiymat olishdan manfaatdor. Lekin ishchi kuchini ishlab chiqarish vositalari bilan birlashtirish emas, balki kapitalni to‘g‘ri sarflash kapitalist uchun ushbu qiymatni olish usuli hisoblanadi.
Menejer. Kapitalistga menejer – ishlab chiqarish jarayonining rahbari, xo‘jayin vazifasini bajaruvchi, lekin mulkni yo‘qotish xatariga ega bo‘lmagan iqtisodiy agent qarama-qarshi turadi.
Menejerning ijtimoiy-iqtisodiy roli va yollanma xodimning roli o‘rtasida o‘ta muhim farq mavjud. Xodim o‘z ishchi kuchini – mehnatga layoqatini, menejer esa ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish bo‘yicha xizmatni sotadi. Bitim tuzilgach, xodim ijrochiga, menejer esa korxona rahbariga aylanadi. Menejer daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyati natijalari uchun mukofot tashkil qiladi.
5. Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk obyekti – biznes chiqadi. Chunki nafaqat mehnat, yer va kapital, balki faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni yaratish» xususiyatiga ega. Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy vazifa – iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshiradi. U topgan yangi qarorlar asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar nafaqat yangi imkoniyatlar, balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o‘zida mulkdor va tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi. Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan ajralib chiqadi. Unda hatto o‘zining, mulkdordan alohida mulk obyekti – biznes paydo bo‘ladi.
Sarmoyador. Tadbirkorning o‘zga mulkka talabi kapitalni qiymatga ega bo‘lgan cheklangan resursga aylantiradi. Bir vaqtning o‘zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va o‘ziga tegishli cheklangan resurs – kapitaldan foydalanish huquqini to‘lov evaziga sotuvchi sarmoyador-mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo‘ladi. Sarmoyadorning shaxsiy maqsadi mulkdan (kapitaldan) olinadigan daromadni ko‘paytirishdan iborat.
6. Mulk-talab. Sarmoyador rolining ichki qarama-qarshiligi shu narsa bilan bog‘liqki, tadbirkorlik faoliyati yukini ko‘tarishni istamagan holda, u istar-istamas ushbu faoliyat bilan bog‘liq mulkni yo‘qotish xatarini o‘z zimmasiga oladi. O‘z navbatida, bu mulkdan olinadigan daromadning ikkita tarkibiy qismi cheklangan resurs uchun to‘lov va xatar uchun to‘lovni o‘z ichiga oladi.
Sarmoyador rolining ushbu ikki tomonlamaligi natijasi – yana bir bo‘linish: ishtirokchi roli va kreditor roli, tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish maqsadini ko‘zlovchi sarmoyador va mulkni yo‘qotish xatarini kamaytiruvchi sarmoyador rolining paydo bo‘lishi.
Ishtirokchi – mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan jamiyatga nisbatan talab huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. O‘z navbatida, jamiyat va uning mol-mulki emas, balki xo‘jalik jamiyatiga nisbatan majburiyat huquqlari ishtirokchining mulki hisoblanadi.
Ishtirokchining shaxsiy maqsadi – jamiyatning foydasida ishtirok etishdan iborat. U tegishlicha bu bilan bog‘liq xatarlarning bir qismini o‘z zimmasiga oladi. Natijada mazkur loyihalar xatarlarini ko‘plab ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlash asosida o‘ta qimmat va uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirish mumkin. Ishtirokchining ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi, shu tariqa, xatarlar va javobgarlik dispersiyasidan iborat.
Kreditor. Agar sarmoyador – tadbirkorlik rolidan voz kechgan kapitalist bo‘lsa, u holda kreditor tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq xatarlardan voz kechgan sarmoyadordir.
Professional moliyaviy vositachilardan foydalanish esa xatarlarni pasaytirish usuli hisoblanadi.
7. Mulk-aksiya. Jamiyatning ko‘p sonli ishtirokchilari nafaqat uning xo‘jalik faoliyati natijalari uchun javobgarlik, balki boshqaruvchilar tomonidan ishtirokchilar ishonchining suiiste'mol qilinish imkoniyatining ham taqsimlanishini yuzaga keltiradi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy rol' paydo bo‘ladi: nazoratchi – xo‘jalik jamiyatiga nisbatan alohida vazifalarni: jamiyat mol-mulki va daromadlarining tasarruf etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi uning ishtirokchisi.
Nazoratchining shaxsiy maqsadi xo‘jalik jamiyatini kapitallashtirishning o‘sishiga erishishdan iborat.
Aksiyador. Jozibadorligini yo‘qotayotgan biznesdan chiqish ham xo‘jalik jamiyatlarining faoliyati bilan bog‘liq xatarlarni soddalashtirish usuli hisoblanadi. Ushbu imkoniyat jamiyatda ishtirok etishning alohida vositasi – aksiyalarning paydo bo‘lishi bilan ta'minlanadi.
Rasmiy jihatdan aksiyalar o‘z egalariga jamiyatga nisbatan majburiyat huquqlari, xususan: boshqaruv organlarida ishtirok etish huquqi, jamiyat foydasining bir qismini olish huquqi va jamiyat tugatilgan taqdirda mol-mulkining bir qismiga ega bo‘lish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozlarni o‘zida namoyon etadi.
Biroq ushbu huquqlar ko‘p jihatdan deklorativ hisoblanadi. Boshqaruvda ishtirok etish huquqini faqat aksiyalarning katta miqdordagi paketlariga egalik qiluvchi aksiyadorlar – majoritariylar amalga oshirishlari mumkin. Jamiyat tugatilgan taqdirda mol-mulkining bir qismini olish huquqini esa amalga oshirishning iloji yo‘q: jamiyatga nisbatan aksiyadorlar ularning talablarini ijro etish uchun qolgan barcha shaxslar qondirilganidan keyin qabul qilinuvchi so‘nggi navbatdagi kreditorlarni o‘zida namoyon etadi.
Aksiyadorlarning kompaniyadan chiqishi tufayli yuzaga kelgan aksiyalari kursi tushib ketishi yangi investisiyaarni jab etish imkoniyatini keskin pasaytiradi. Aksiyadorning shaxsiy maqsadi muayyan kompaniyani kapitallashtirishning o‘sishi emas, balki o‘ziga tegishli aksiyalar paketlarining kurs qiymatidan yutishdan iborat. Ushbu maqsadga aksiyalar bozor kotirovkalarining o‘zgarishi tendensiyalarini doimiy ravishda kuzatish orqali erishiladi. Bu esa, o‘z navbatida, aksiyador ijtimoiy-iqtisodiy vazifasining amalga oshirilishiga olib keladi. Uning sa'y-harakatlar tufayli kapital harakatining tezligi keskin oshadi.



Download 279.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling