Mavzu: Mulkchilik ta’riflarining tahlili


Mulkiy huquqning himoya qilinishi


Download 279.46 Kb.
bet7/8
Sana05.04.2023
Hajmi279.46 Kb.
#1276376
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mulkchilik ta’riflarining tahlili kurs ishi

Mulkiy huquqning himoya qilinishi
- mulkdor oʼz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi mumkin;
- mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xoʼjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi;
- garchi mulkdor boʼlmasa ham, mulkdan toʼla xoʼjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda (shartnomada) koʼzda tutilgan boshqa holatlarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʼz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
- mulkdorga qarashli mol-mulkni olib qoʼyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʼyishga qaratilmagan boshqa qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʼxtatib qoʼyishga faqat qonunchiligida belgilangan hollarda va tartibdagina yoʼl qoʼyiladi. Bunda mulk huquqi toʼxtatilishi natijasida yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʼlanadi.
- tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng yoyilishi va favqulodda roʼy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʼzlagan holda mulkdordan belgilangan tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʼyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga mulkning qiymati toʼlanadi;
- qonun hujjatlarida koʼzda tutilgan hollarda sud yoki xoʼjalik sudining qaroriga binoan mol-mulk musodara qilinishi mumkin.
O‘zbekistonda mulk xususiy va ommaviy shaklda bo‘ladi. Xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Ya'ni xususiy mulk shaklida yuqoridagi mulk huquqlar bir shaxs (jismoniy va/yoki yuridik shaxs)da jamlanadi (2.2-rasm), shuning uchun ham ushbu mulk shakli samaraliroq hisoblanadi.



1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling