MAVZU: MULOHAZA. HULOSA CHIQARISH.
REJA:
1. Mulohaza tafakkur shakli va xulosa chiqarishning tarkibiy qismi sifatida.
2. Oddiy va murakkab mulohazalar va ularning turlari.
3. Xulosa chiqarishning umumiy mantiqiy tavsifi: tuzilishi, turlari va umumiy qoidalari.
4. Fikrning xarakat yo‘nalishiga ko‘ra xulosa chiqarish: deduksiya, induksiya va analogiya; ularning o‘zaro aloqadorligi. Murakkab mulohazalardan xulosa chiqarish.
TAYANCH IBORALAR
Hukm, sub’ekt, predikat, bog’lovchi, oddiy hukm, murakkkab hukm, mantiqiy kvadrat, xulosa chiqarish, deduktiv xulosa
Mulohazaning umumiy tavsifi
HUKM predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shaklidir.
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida turli abstraktsiyalar hosil qilamiz. Bu abstraktsiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida bilim ifoda qilingan bo’ldi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlarchin, mos kelmaganlari xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – noaniq hukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukmmantiqiy kategoriya bo’lsa, gapgrammatik kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq yoki inkor holda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |