2.E –Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham to’liq hajmda olingan bo’ladi.Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik hisoblanadi. Bunda har ikki terminning hajmi bir-birini istisno qiladi (3-rasm).
3-rasm
3. I –Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda olinadi, predikati esa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi.Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladilar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Bu hukmda S ham, R ham to’liqsiz hajmda olingan bo’lib, har ikki terminning hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm).
4-rasm
Yana bir misolni ko’ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, ba’zi-mavjudlik hisoblanadi. Hukmda sub’ekt to’liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to’liq hajmda olingan, chunki xirurglarning hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to’liq hajmda olingan bo’ladi (5-rasm).
5-rasm.
4. U –Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda, predikati esa to’liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Hukmning sub’ekti to’liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to’liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm).
6-rasm
Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ektihamma vaqt to’liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ektito’liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikatihamma vaqt to’liq hajmda bo’ladi. Tasdiq hukmlarning predikatiR S bo’lgandagina to’liq hajmda bo’ladi, boshqa hollarda esa to’liqsiz hajmda olinadi.
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to’g’ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |