Mavzu: mulohazalar algebrasi va mulohazalar orasidagi bog’lanish


Download 76 Kb.
bet2/7
Sana30.04.2023
Hajmi76 Kb.
#1412415
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MULOHAZALAR ALGEBRASI VA MULOHAZALAR ORASIDAGI BOG’LANISH

Mavzuning dolzarbligi.Mulohazalar hisobi, keltirib chiqarish qoidalari, teoremalar tushunchasi “Diskret matematika va matematik mantiq” kursida muhim tushunchalaridan biri hisoblanib, kurs davomida bu mavzu talabalarga mustaqil o’rganish uchun taqdim etiladi.
Ushbu kurs ishida mulohaza, mulohazalar hisobi formulasi, formulani keltirib chiqarish qoidasi tushunchalari oliy o’quv yurtlari talabalarining bu boradagi bilimlarini mustahkamlashda muhim rol o’ynaydi.Talabalarning bu boradagi bilimlarini mustahkamlash bilan birga,kelajakdagi faoliyatlari uchun dastur-ul amal bo’lib xizmat qiladi.
Kurs ishining maqsadi. Yuqorida ishning dolzarbligi qismida bayon qilingan mulohazalar ishning maqsadini aniqlab beradi va ular quyidagilardan iborat:

  • Mulohaza hisobi formula;

  • Keltirib chiqarish qoidasi;

  • Isbotlash tushunchasi;

  • Teoremalarni o’rganish

Tadqiqot usuli va uslubiyoti.O’quv-qo’llanma sifatida foydalanish mumkin.Talabalar keyingi faoliyatida dasturiy vosita sifatida foydalana olishi mumkin. Kurs ishidan oliy o'quv yurtlari talabalari diskret matematika va matematik matiq fanini o'rganishda foydalanishlari mumkin.

  • Kurs ishining predmeti.Mulohazalar, mulohazalar hisobi formulasi, formulaning keltrib chiqarish qoidasi, asosiy qoidalar va teoremalar tushunchasi.

  • Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ishda ilmiy yangilik qilinmagan,u referativ uslubiy xarakterga ega bo'lib, unda mulohazalar hisobi, teoremalar. Isbotlash tushunchasi va keltirib chiqarish formulalari o’rganilgan.

  • Kurs ishining metodologik asosi. Ushbu kurs ishi uchun mulohazalar hisobi bo’limini o'rganishda metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

  • Kurs ishining hajmi va tuzilishi. Kurs ishi kirish qismidan, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xotima hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo’lib, ishning hajmi 20 betni tashkil etadi.

Diskret matematika -matematika fanining bir qismi bo’lib, u asosan diskret texnikada keng qo’llanilmoqda. Hozirgi kunda Diskret matematika va matematik mantiq amaliy masalalarni yechishning eng keng tarqalgan fanlardan biri, masalan, hisoblash texnikasining mantiqiy asoslari va dasturiy ta’minotini
rivojlantirishda, usulning qo’llanilishi qulayligi, uning har qanday murakkab shakli soha uchun ham qo’llanilishi soddaligi sababli bu usul amaliyotchi va ayniqsa muhandislar orasida keng qo’llanilib
kelinmoqda. Bu usul asosida ishlab chiqarish tizimining bir qator hisoblari muvaffaqiyatli qo’llanilib, kelinmoqda. Bu esa Diskret matematika va matematik mantiqning amaliy ahamiyati naqadar yuqori ekanligini bildiradi.
Diskret matematika va matematik mantiq avvalo muhandislar tomonidan taklif etildi, undan keyinroq esa u o’zining matematik asosiga ega bo’ldi.
Fanning maqsadi – matematika va informatika ta’lim yo’nalishi talabalariga «Diskret matematika va matematik mantiq» ning nazariy asoslarini, ularning amaliyotdagi o’rni va o’ziga xos
xususiyatlarini va afzalliklarini, amaliy masalalarni yechishga tadbiq qilishni, har xil ob’yektlarni tadqiq qilishni o’rgatish.
Fanning asosiy masalasimatematik mantiq, bir tomondan, formal mantiq muammolariga matematik metodlarni qo‘llash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, matematikani asoslashga xizmat qiluvchi fan sifatida foydalanishdir. Hozirgi zamon matematik mantiqiy avtomatika, mashina matematikasi, bir tildan ikkinchi tilga avtomatik tarzda tarjima qilish, matematik lingvistika, axborot nazariyasi va umuman kibernetikaning nazariy va asosi hisoblanadi. Fanni o’zlashtirish natijasida talaba ”Diskret matematika va matematik mantiq” ning asosiy tushunchalarini o’zlashtirishi va uni amaliyotga qo’llay bilishi lozim.


Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling