Mavzu: Mulohazalar va ularning berilish usullari. Mantiq elementlari. Reja
Download 39.57 Kb.
|
4 ma`ruza matni Mantiq elmentlari mulohaza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga doir savollar
Masalan, A: «17 —tub son»; «17 — tub son emas»; : «17 — tub son emasligi yolg’on» yoki «17 — tub son». Mulohazalar konyunksiyasi. 3-ta’rif.Ikkita sodda A, B mulohazalardan tuzilgan «A va B» mulohazaga mulohazalar konyunksiyasi deyiladi.
Mulohazalar konyunksiyasi uning tarkibiga kirgan mulohazalar rost bo’lganda, rost bo’ladi va «A∧B» yoki «A&B» ko’rinishda yoziladi hamda «A va B» kabi o’qiladi. Konyunksiyaning rostlik jadvali 38-betdagi ko’rinishda bo’ladi: Masalan, a) A: «5 — tub son» — (R); B: «5 >6» — (Y) bo’lsin, u holda A∧B: «5 — tub son va u 6 dan katta» — yolg’on mulohaza bo’ladi. b) A: «3<8» —(R),B: «8< 11» — (R), A∧B: «3 <8∧8< 11» yoki «3<8< 11», ya’ni tengsizliklar konyunksiyasini qo’sh tengsizlik ko’rinishida yozish mumkin va aksincha; ta’rifga ko’ra «3 <8 < 11» — rost mulohaza. Mulohazalar konyunksiyasining xossalari: 1°. A∧ B = B∧A(kommutativlik); 2°. (A∧ B)∧ C = A∧(B∧C) = A∧B∧C(assotsiativlik); 3°. A∧ = Y (A∧ — aynan yolg’on mulohaza). Mulohazalar konyunksiyasi xossalarining to’g’riligini rostlik jadvallari tuzish va mos kataklardagi murakkab mulohazalar qiymatlarini taqqoslab tekshirish mumkin. Mavzuga doir savollar “Darak gaplar”, “So’roq gaplar” va “His-hayajon gaplarning barchasi mulohaza bo’la oladi-mi? Murakkab mulohaza sodda mulohaza bilan nimasi bilan farq qiladi? Mulohazalar ustida bajariladigan qanday mantiqiy amallarni bilasiz? Mulohaza ta’rifini ayting. Inkor amalining ta’rifini ayting. Konyunksiya amalining ta’rifini va xossasini ayting. MANTIQIY SAVOLLAR VA JAVOBLAR Daraxtning shoxida qarg’a o’tiribdi. Qarg’ani cho’chitib yubormasdan shoxni arralash uchun nima qilish kerak? Qarg’aning o’zi uchib ketishini kutish. Undan qanchalik ko’p olaversangiz, u shunchalik kattalashib boraveradi. U nima? Chuqur. Qafasda 3 ta quyon bor edi. Uchta qizcha ularga bittadan quyon berishlarini so’rashdi. Ularga so’raganlaridek bittadan quyon berildi. Lekin baribir qafasda bitta quyon qoldi. Buni qanday tushuntirish mumkin? Qizchalarning biriga quyon qafasi bilan birga berilgan. Merining otasining beshta qizi bor. Ularning ismlari Chacha, Cheche, Chichi, Chocho… Beshinchi qizining ismi nima bo’lishi mumkin? Albatta Meri Download 39.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling