Mavzu: Mulohazalar va ularning berilish usullari. Mantiq elementlari. Reja
Download 39.57 Kb.
|
4 ma`ruza matni Mantiq elmentlari mulohaza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza matni. Mulohazalar haqida umumiy tushuncha.
Mavzu: Mulohazalar va ularning berilish usullari. Mantiq elementlari. Reja: Mulohazalar haqida umumiy tushuncha. Sodda va murakkab mulohazalar haqida tushuncha. Mulohazalar ustida bajariladigan mantiqiy amallar. Ma’ruza matni. Mulohazalar haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, o’zbek tilidagi gaplar to’plami 3 ta sinfga ajratiladi. D — «Darak gaplar» to’plami. C — «So’roq gaplar» to’plami. X — «His-hayajon gaplar» to’plami. Haqiqatan ham, D∪S∪H — gaplar to’plami va D∩S∩H = ∅ bo’ladi. O’z navbatida «darak gaplar» to’plamini ham 3 ta to’plamga ajratish mumkin. Rost yoki yolg’onligini bir qiymatli aniqlash mumkin bo’lgan darak gaplar. Masalan:Toshkent shahri O’zbekiston Respublikasining poytaxti — rost; London shahri Germaniyaning poytaxti — yolg’on; 2— tub son — rost; 5 >6— yolg’on; «3 soni 15 sonining bo’luvchisi» — rost. Tarkibida o’zgaruvchi ishtirok etgan darak gaplar. Masalan:X shahar O’zbekiston Respublikasida joylashgan; y —6 dan kichik tub son; x — 5 dan kichik natural son; O’ — o’zbek tilidagi unli tovush. Rost yoki yolg’onligini aniqlash mumkin bo’lmagan darak gaplar. Masalan:Men bugun mehmonga bormoqchiman. Bugun yomgir yog’sa kerak. Men tadbirkor bo’lmoqchiman. Matematika qiyin fan. 1-ta’rif. Rost yoki yolg’onligi bir qiymatli aniqlanadigan darak gaplar mulohaza deyiladi. So’roq yoki his-hayajon gaplar mulohaza bo’la olmaydi. Noma’lum qatnashgan gaplar ham mulohazaga kirmaydi. Mulohazalar bu matematik mantiq fanini boshlang`ich tushunchasi hisoblanib, u quyidagicha quriladi: obyektlar to`plami beriladi: obyektlarning ba’zi bir xossalari va ular orasidagi munosabatlar bayon qilinadi. Mulohazalar nazariyasining boshlang`ich obyektlari sodda mulohazalardan tashkil topadi va ular lotin alifbosining katta harflari lar bilan belgilanadi. Har bir sodda mulohaza rost yoki yolg`on bo`lishi mumkin.. Download 39.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling