Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida Mashg‘ulotning maqsadi


Download 492.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana24.12.2022
Hajmi492.77 Kb.
#1058232
1   2   3   4   5   6   7
Muloqot – odamlarning birgalikdagi faoliyatlari ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli 
faolliklari mobaynida bir-birlari bilan о‘zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir. YA’ni, har bir 
shaxsning jamiyatda ado etadigan ishlari (mehnat, о‘qish, о‘yin, ijod qilish va boshqalar) о‘zaro 
munosabat va о‘zaro ta’sir shakllarini о‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish odamlarning bir-
birlari bilan til topishishini, bir-birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikrlar almashinuvi 
kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan 
о‘rni, ishlarining muvaffaqiyati, orttirgan obrо‘si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan 
bevosita bog‘liqdir.
Bir qarashda osonga о‘xshagan shaxslararo muloqat jarayoni aslida juda murakkab bо‘lib, 
unga odam hayoti mobaynida о‘rganib boradi. Muloqotning psixologik jihatdan murakkab 
ekanligi haqida B.F.Parigin shunday yozadi: “Muloqot shunchalik kо‘p qirrali jarayonki, unga 
bir vaqtning о‘zida quyidagilar kiradi:


a) individlarning о‘zaro ta’sir jarayoni;
b) individlar о‘rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni; 
v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni; 
g) bir kishining boshqalarga ta’sir kо‘rsatish jarayoni;
d) bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati; 
ye) shaxslarning bir-birlarini tushunishi jarayoni. 
Muloqotning turli shakllari yoki bosqichlari mavjud bо‘lib, dastlabki bosqich – odamning 
о‘z-о‘zi bilan muloqotidir. T.Shibutani “Sotsial psixologiya ” darsligida: “Agar odam ozgina 
bо‘lsa ham о‘zini anglasa, demak, u о‘z-о‘ziga kо‘rsatmalar bera oladi” - deb tо‘g‘ri yozgan edi. 
Odamning о‘z-о‘zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va 
hajmini belgilaydi. Agar odam о‘z-о‘zi bilan hadeb muloqot qilishni odat qilib olib, doimo 
jamiyatdan о‘zini chetga tortib, tortinib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda, til 
topishishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechiradi, deyish mumkin. Demak, о‘zgalar bilan 
muloqot – muloqotning ikkinchi bosqichi va kо‘rinishidir.
A.N.Leontev о‘zining “Psixika taraqqiyotidan ocherklar” kitobida muloqotning uchinchi 
shakli – avlodlar о‘rtasidagi muloqotning ahamiyati tо‘g‘risida shunday deb yozadi: “Agar 
barcha katta avlod о‘lib ketganda, insoniyat turi yо‘q bо‘lib ketmasdi, lekin jamiyatning 
taraqqiyoti ancha orqaga surilibgina emas, balki yо‘qolib ham ketishi mumkin edi”. Haqiqatan 
ham, avlodlararo muloqotning borligi tufayli har bir jamiyatning о‘z madaniyati, madaniy 
boyliklari, qadriyatlari mavjud bо‘ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg‘or 
vakillari uni doimo keyingi avlodlar uchun saqlab keladilar hamda ta’lim tarbiya va kundalik 
muloqot jarayonida uni avloddan-avlodga uzatadilar. 
Muloqot murakkab jarayon bо‘lganligi uchun ham ayrim olingan muloqot shaklini tahlil 
qilganimizda, unda juda xilma-xil kо‘rinishlar, jabhalar va qismlar borligini aniqlashimiz 
mumkin. G.M.Andreyeva muloqotning quyidagi tuzilishini taklif etadi:
1. 

Download 492.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling