Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida Mashg‘ulotning maqsadi
Download 492.77 Kb. Pdf ko'rish
|
2. Mulokotning interaktiv tomoni – kishilarning birgalikdagi f aoliyatda bir – birlariga
amaliy jixatdan ta’sir etishlari. Xamkorlikda ishlash, bir – birlariga yordam berish, bir – birlaridan urganish, xarakatlar muvofikligiga erishish kabi kator kobiliyatlarni namoyon kilish mumkin. Odamlarning turli sharoitlarda uzlarini tutishlari xulk – atvorlarining boshkarilishi ma’lum psixologik konuniyatlarga boglikligini kurish mumkin. Bunga sabab jamiyatda kabul kilingan turli normalar , konun koidalardir. Chunki uzaro mulokot va uzaro ta’sir jarayonlarida shunday xatti – xarakatlar obrazlari kishilar ongiga singib tasavvurlar, xislatlar orkali boshka birovni tushunishga xarakat kilish, uzini boshka birov bilan solishtirish, masalan: 1 – martda uchrashuvga ketayotgan yigitning xolatini uning urtogi yoki akasi tushunishi mumkin. Refleksiya – mulokot jarayonida suxbatdoshning pozitsiyasida turib, uzini tasavvur kilishdir, uziga birovning kuzi bilan karashga intilishdir. Masalan: guruxdoshingizdan biriga kuylagi yarashmaganini aytish mumkin, 2-chisiga aytsam kuyyapti deb uylaydi deysiz. Stereotipizatsiya – odamlar ongida mulokotlar mobaynida shakllanib urnashib kolgan, kunikib kolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish, bunday stereotiplar ba’zan mulokotni tugri yunalishini ta’minlasa, ba’zan xatoliklarga sabab buladi. Masalan: kizlarning shim kiyib yurishi yoki velosiped minishi. Kupchilik bunday kizlarni odobsiz deb uylaydi, bu notugri, albatta. Ba’zan kishini tashqi qiyofasidan uning xarakterini aniqlaydi. M: shunday tajriba о‘tkazilgan: talabalarga turli qiyofadagi kishilarning rasmi kо‘rsatilgan, ular iyagi katta kishilar kuchli irodaga ega, peshonasi keng odamlar-aqlli, sochi qattiq odam- qaysar , bо‘yi past odam- xokimiyatga intiluvchi, Chiroyli odam- о‘ziga bino qо‘ygan yoki nodon bо‘lishini aytilgan.Bular albatta, tо‘g‘ri emas. Lekin kishilarning ongida avloddan avlodga о‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Natijada odam xakida tushunchaning shakllanishida u xaqida bо‘lgan ma’lumot katta rol о‘ynaydi.M: Bodalyova talabalarning 2 guruxiga 1 odam portretini kо‘rsatib, uni 1-guruxga –jinoyatchi, 1-gurux talabalariga esa olim deb tanishtirgan.1- guruxdagilar uning kо‘zlarini-yovuz, beshavqat desa 2-guruxdagilar uning kо‘zlarini-dono, muloyim deyishgan. Odamlarning tashqi qiyofasi, kiyinishi, о‘zini tutishi, xissiy xolati, ovozi, qiliqlari, yurishi va x. k. ishlarining ichida odamning sо‘z muloqat manba’i suxbatdoshiga eng kо‘p ma’lumot beradi. Odamning bir -birlarini tо‘g‘ri anglashlari idrok( asosiy bilish) sohasiga aloqador, bir- birlarini tushunishlari esa ularning tafakkur soxasiga aloqador, murakkab jarayondir. Boshqa odamni tо‘g‘ri tushungan shaxs uning xissiy xolatiga kira olgan xissoblanadi.YA’ni unda empatiya- birovlarning xis kechinmalarini tushuna olish qobiliyati rivojlangan bо‘ladi.Yuksak ongli, madaniyatli, « kо‘pni kо‘rgan» shaxsgina boshqalarni tо‘g‘ri tushunishi, ularning mavqeida tura olishi mumkin. Psixoliklar turli muloqot vaziyatlariga duch keladilar va xar bir vaziyatda ulardan о‘tkir didlik, odob, kishilarning psixologiyasini bilgan xolda ularni tо‘g‘ri tushunish malakasi talab qilinadi.Bо‘lg‘usi psixolog bu borada quyidagi qonuniyatlarni bilishi kerak 1.Birinchi kо‘rgan odam xaqida faqat birlamchi tasavvurgina bulishi mumkin. 2. Biror kishi xaqida berilgan malumotga asosan muayyan fikr xosil qilish oson, lekin uni о‘zgartirish qiyin. 3. Intellekt juda yuqori bо‘lsa xam, juda past bо‘lsa xam boshqa odamni tushunish qiyin. 4.Maxsus tayyorgarlik bо‘lishi kerak.Tajribada 5-kurs psixologlari bilan rassomlarni odamlarga bergan baxosi solishtirilgan, rassomlarni bergan baxosi aniqroq bо‘lib chiqqan. -bitta odamning baxolash topshirig‘i berilganda og‘riqni boshdan kechirayotgan odamlar unda joxillik sifati bor deb baxolaganlar ,yaxshi xolatda bо‘lganlarida esa xuddi о‘sha odamni yaxshi sifatlarga ega deb aytganlar-demak, biror kishiga baxo berish- odamning emotsional holatiga xam bog‘liq ekan. -shaxsning ochikligi-ya’ni ochiq, samimiy odamning bergan baxosi bilan tund, pismiq odamning baxolari о‘rtasida sifat jixatidan farq bо‘lishligi aniqlangan. Xulosa, bо‘lg‘usi psixologlardan psixolik bilimdonlik talab etiladi.- buning ijtimoiy- psixolik treninglar yordamida amalga oshiriladi- odamlarda muloqat malakalari xosil qilinib,ular turli ijtimoiy sharoitlarda о‘zini tо‘g‘ri tutishga odatlantiriladi. Boshqacha aytganda, trening muloqotga о‘rgatishdir. Muloqotga о‘rgatish xozirgi zamon kishisining turli ishlab chikarish va muomala sharoitlarida tо‘g‘ri moslashishga yordam beradi. Buning uchun maxsus tayyorarlik guruxlari yoki trening guruxlari tashkil etishni psixologlar taklif etishgan G‘arbda shu maqsadda T-guruxlar tashkil qilinib, muloqot jarayonida qiyinchilik xis etayotgan kishilar taklif etilgan. Ijtimoiy pisixologik treningning asosiy usullari- guruxiy munozaralar, rolli о‘yinlar, psixolik sezgirlikni oshiruvchi treninglardir. Trening gurux a’zolari 7-15 kishigacha bо‘lib mashg‘ulotlar bir necha kundan bir necha oylargacha davom etadi. Ijtimoiy psixologik treninglarga quyidagi metodik talablar qо‘yiladi: 1. Munozara yoki о‘yinlar jarayonida xar bir ishtirokchi vaziyatni yoki rolni faol о‘zlashtirib, har bir xolatdan о‘zi uchun xulosa chiqarishga olib kelish zarur. 2. T-guruxlarda muloqotning nutk shakllaridan tashqari, nutqsiz-noverbol shakllari xam keng qо‘llanishi, ya’ni xar bir ishtirokchi (о‘rganuvchi) xar bir xarakat, ritmning moxiyatini xam tushunib uni xayotda ishlatishga xam erishish zarur. 3. Har bir ishtirokchi kundalik yuritib, uni xar galgi mashg‘ulotlardan sо‘ng о‘ziga xis kechinmalari, muommolarni yechishdagi shaxsiy ishtiroki, tasavvurlarini odilona yozib borishi muximdir. 4. T-guruxga qatnashish ixtiyoriy bо‘lganligi uchun, xar bir a’zo mashg‘ulotlarni qoldirmaslikka xarakat qilishi zarur,- chunki bu a’zolarning о‘zaro munosabatlariga, guruxning muxitiga bevosita ta’sir qiladi - Mashg‘ulotlar maxsus xonalarda, shovqin surondan xoli yerda tashkil etilishi, shinam bо‘lishi kerak. -Mashg‘ulot utkazuvchi trener- maxsus tayyorgarlikdan о‘tgan, xushmuomala, did bilan kiyingan, о‘z kayfiyati yoki о‘yinga shaxsiy munosabat bilan mashg‘ulotlarning tabiiy kechishiga xalaqit bermasligi, sabr-toqatli, madaniyatli bо‘lishi zarur. Mashg‘ulotlarni «yumaloq stol» yoki «tо‘rtburchak» stol atrofida gilam ustida, ba’zan tik turgan xolda xam о‘tkazish mumkin. Xozirgi davrda T-guruxlar raxbarlarni muloqotga tayyorlash, ma’sul shaxslarni qayta tayyorlash kurslarida, psixologlar davrasidagina о‘tkazilmoqda. Muloqotdagi bilimdonlik barcha mutaxassislarga zarur. Amaliy psixolog xox maktabda bо‘lsin, xox sanoat korxonasida yoki boshqa о‘quv yurtida bо‘lmasin, maxalliy sharoitni chuqur о‘rgangan xolda, u yerdagi raxbariyat bilan kelishib, T-guruxlar tashkil etmogi va xam uzining, xam atrofdagilarning bilimdonligini oshirib bormog‘i zarur. Fan amaliyotga-degan tamoyil bugungi kunda xar qachongidan xam dolzarb masalaga aylangan. Chunki yoshlarni mustaqil davlatimiz ma’naviy negizlarini teran anglashga о‘rgatish va ularni ma’rifatga chorlash jarayonida qator tadbiqiy vazifalarni amalga oshirishni taqazo etadi. Ilm-fan taraqqiyotini uzoq davri shu bilan tavsiflanadiki, olimlar va tadqiqotchilar kо‘proq nazariy masalalarni xal qilish, umumiy qonun qoidalarni sharxlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyotini yoritishga о‘rganishlari kо‘p uchraydi. Bu koida pedagogika va psixologiya fanlariga xam tegishli. Bugun biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson tafakkuri rivojlanishini tezlatuvchi,.uning davr va kishilar xulqiga xamohang tarzda ketishini ta’minlab beruvchi tadbiqiy ishlar va ilmiy izlanishlar zarur. Mamlakatimizda rо‘y berayotgan tub ijtimoiy siyosiy isloxotlar shuni talab qilmoqda. Dolzarb muammolardan biri- yoshlarda yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga ruxiy jixatdan tayyorlashdir. Ma’naviyat soxasidagi isloxotlar yoshlarda о‘z xalqining madaniyati, Vatanning о‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga tug‘ri munosabatlarning shakllanishiga sabab bо‘ladi va bu- ziyoli, bilimdon kishilar uchun eng zarur fazilatdir. Aks xolda, olam sir asrorlarini chuqur bilgan, qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu bilimlarini avvalo о‘z xalqi, millati, yaqinlari manfatiga yо‘naltira olmasa va uning jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qila olmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori esa samarasiz xudbin shaxs sifatida baxolanadi. Muloqot odamlar amalga oshiradigan faoliyatlar ichida yetakchi о‘rinni egallab, u insondagi eng muhim ehtiyojni – jamiyatda yashash va о‘zini shaxs deb hisoblash bilan bog‘- liq ehtiyojini qondiradi. Shuning uchun ham uning har bir inson uchun ahamiyati kattadir. Download 492.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling