Mavzu: Muloqot ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning ifodasi sifatida Mashg‘ulotning maqsadi


Download 492.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana24.12.2022
Hajmi492.77 Kb.
#1058232
1   2   3   4   5   6   7
Muloqotning kommunikativ tomoni (ya’ni muloqotga kirishuvchilar 
о‘rtasidagi ma’lumot va axborotlar almashinuvi jarayoni). 
2. 
Muloqotning 
interaktiv 
tomoni 
(ya’ni, muloqotga kirishuvchi 
tomonlarning bir-birlarining ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sir kо‘rsatish jarayoni). 
3. 
Muloqotning 
perseptiv 
tomoni 
(ya’ni, 
muloqotga 
kirishuvchi 
tomonlarning bir-birlarini idrok etishlari va tushunishlari bilan bog‘liq bо‘lgan 
murakkab psixologik jarayon). 
Bu tizimning har bir tomonini keyingi bо‘limlarda batafsil tahlil etiladi. 
Kо‘pgina olimlar muloqotning inson hayotidagi ahamiyatiga tо‘xtalib о‘tar ekanlar, uning 
qator vazifalari-funksiyalarini ajratadilar. Masalan, taniqli rus olimi B.F.Lomov uning 
funksiyalariga quyidagilarni kiritadi:
a) ma’lumotlar almashinuvi funksiyasi;
b) xulq-atvorni boshqarish funksiyasi;
v) hissiyotlar almashinuvi.
Bu funksiyalar aslida G.M.Andreyeva ajratgan muloqot jabhalari-qismlariga ham mos 
keladi, ya’ni har bir muloqot jarayonida Lomov qayd etgan vazifalarni topish mumkin. 
Muloqotning hayotimizdagi shakl va kо‘rinishlariga kelsak, uning har bir shaxsning 
hayotiy vaziyatlarga mos keladigan, о‘sha vaziyatlardan kelib chiqadigan kо‘rinishlari va turlari 
haqida gapirish mumkin. Lekin umumiy holda, har qanday muloqot yo rasmiy yoki norasmiy 
tusda bо‘ladi. Agar rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari va 
xulq-atvor normalaridan kelib chiqsa, masalan, rahbarning о‘z qо‘l ostida ishlayotgan xodimlar 
bilan muloqoti, professorning talaba bilan muloqoti, о‘qituvchining о‘quvchisi bilan muomalasi 
va hokazo, norasmiy muloqat – bu odamning shaxsiy munosabatlariga tayanadi va uning 
mazmuni о‘sha suhbatdoshlarning fikr-о‘ylari, niyat-maqsadlari va emotsional munosabatlari 
bilan belgilanadi. Masalan, dо‘stlar suhbati, poyezdda uzoq safarga chiqqan yо‘lovchilar suhbati, 
tanaffus vaqtida talabalarning sport, moda, shaxsiy munosabatlar borasidagi munozaralari 
norasmiy muomala kо‘rinishlaridir. Odamlarning asl tabiatlariga mos bо‘lgani uchun ham 


norasmiy muloqot doimo ularning hayotida kо‘proq vaqtini oladi va bunda ular charchamaydilar. 
Lekin shuni ta’kidlash kerakki, odamda ana shunday muloqotga ham qobiliyatlar kerak, ya’ni, 
uning qanchalik sergapligi, ochiq kо‘ngilliligi, suhbatlashish yо‘llarini bilish, til topishish 
qobiliyati, о‘zgalarni tushunishi va boshqa shaxsiy sifatlari kundalik muloqotning samarasiga 
bevosita ta’sir kо‘rsatadi. Shuning uchun hamma odam ham rahbar bо‘lolmaydi, ayniqsa, 
pedagogik ishga hamma ham qо‘l uravermaydi, chunki buning uchun undan ham rasmiy, ham 
norasmiy muloqot texnikasidan xabardorlik talab qilinadi.
Muloqot mavzui va yо‘nalishiga kо‘ra:
a) ijtimoiy yо‘naltirilgan (keng jamoatchilikka qaratilgan va jamiyat manfaatlaridan kelib 
chiqadigan muloqot, masalan, teleboshlovchining tomoshabishlarga murojaati);
b) guruhdagi faoliyatning predmetiga yо‘naltirilgan (о‘zaro hamkorlikdagi faoliyatni 
amalga oshirish mobaynidagi muloqot – mehnat, ta’lim jarayonidagi yoki konkret topshiriqni 
bajarish jarayonida guruh a’zolarining muloqoti);
v) shaxsiy muloqot (bir shaxsning boshqa shaxs bilan о‘z muammolarini ochish maqsadida 
о‘rnatgan munosabatlari);
g) pedagogik muloqot (pedagogik jarayonda ishtirok etuvchilar о‘rtasida amalga 
oshiriladigan murakkab о‘zaro ta’sir jarayoni) turlari farqlanadi. 
Har bir muloqot turining о‘z qonun-qoidalari, ta’sir usullari va yо‘l-yо‘riqlari borki, ularni 
bilish har bir kishining, ayniqsa, odamlar bilan doimo muloqotda bо‘ladiganlar, jamoat ishlarini 
boshqaruvchilarning burchidir.
Muloqat jarayonining murakkab psixologik tabiatini bilish, turli sharoitlarda samarali 
munosabatlar о‘rnatish malakasini oshirish uchun uning tarkibiga kiruvchi har bir element yoki 
bо‘laklar bilan alohida tanishib chiqamiz. 
Inson faoliyatining asosiy qismini muloqot jarayoni tashkil etadi. Psixologiya fanida 
shaxsiy va ish yuzasidan muloqot turlari farq qiladi. Ish yuzasidan bо‘ladigan muloqot tabiati va 
uni shakllantirish imkoniyatlari haqida tо‘xtalib о‘tamiz.

Download 492.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling