Mavzu: Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar


Muloqotning pertseptiv jihati


Download 1.45 Mb.
bet3/8
Sana14.05.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1458024
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar

Muloqotning pertseptiv jihati.

Muloqotning ushbu jihatida bir kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunishi, baholanishi kuzatiladi. Muloqotning mazkur jihati quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishining psixologik xususiyatlarini ko`rishimiz mumkin: 1) Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy hislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga taqlid  qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya‟ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi. Bunda kishi hamkorlikda harakat qilish vaziyatida sherigi o`rniga o`zini qo`yib ko`rib, uning ichki holati, niyatlari, o`y-fikrlari, xohish- istaklari haqida taxmin qiladi, bunda ular anglanilgan yoki anglanilmagan bo`lishi mumkin. 2) Idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida namoyon bo`ladi, ya‟ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida muayyan qarorga kelinadi. Refleksiyada kishi idrok etish subyekti sifatida o`ziga nisbatan sherigining munosabati anglab yetiladi. Lekin kishi har doim ham muloqot jarayonida o`zini kim ekanligini to`liq anglab yetolmaydi, bu esa uning o`zi qilgan xatti-harakatlari sabablarini boshqalarga to`nkashga majbur qiladi. Kishi o`z xatti-harakatlari sabablarini, niyatlarini, o`y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga to`nkash orqali tushuntirishi psixologiyada yuqorida ko`rsatib o`tkanimizdek kauzal atributsiya ya‟ni sababiy izohlash deb ataladi. 3) O`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma‟nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.

Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar. Nizolar psixologiyasi

  • Muloqot faoliyati shunday shart-sharoitki, unda har bir shaxsning individualligi, betakrorlig bilimlar va tasavvurlarning xilma-xilligi namoyon bo`ladi va shunisi bilan u insoniyatni asrlar davomida o`ziga jalb etadi. Shuning uchun ham muloqot, uning jihati, tabiati, texnikasi va strategiyasi, muloqotga o`rgatish masalalari bilan shug`ullanuvchi fanlarning ham jamiyatdagi o`rni va salohiyati keskin oshdi. Muloqot odamlarning jamiyatda o`zaro hamkorlikdagi faoliyatlarining ichki psixologik mexanizmini tashkil etib, u hozirgi yangi demokratik munosabatlar sharoitida turli ishlab chiqarish qarorlarini yakka tartibda emas, balki birgalikda chiqarish ehtiyoji paydo bo`lganligi hisobga olinganda, odamlarning mehnat unumdorligi va samaradorligini tahminlovchi muhim omil ekanligini bildiradi. Ijtimoiy hayotda, shaxslararo munosabatlarda ayrim alohida nizolar, o`zaro kelishmovchiliklarni bo`lib turishi muqarrar. Shuning uchun bahzan olimlar ziddiyat yoki nizolarning nafaqat salbiy, balki ijobiy tomonlari ham bo`lishi mumkinligini ochiq ehtirof etadilar.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling