Bu sabab eng ko`p hollarda uchraydigan sabablardan hisoblanadi. Masalan, bo`ysunuvchi o`z fikrini aytishga har doim xoxlayman deb aytsa, raxbar bunga javoban fikringizni faqat biz «so`ragan paytda aytishingiz mumkin» desa, o`z-o`zidan nizo vaziyat tug`iladi. 3. Manmanlik, qaysarlik. SHunday xodimlar borki, faqat o`zining fikrini maqullaydi, murosaga xech ham bormaydi. Bunday odamlar g`alvaning ini. Ular bilan nihoyatda extiyotkorlik bilan munosabatda bo`lish kerak. 4. Kommunikatsiya. O`zaro aloqaning qoniqarsizligi. Axborotning xodimlarga yetib bormasligi yoki uning juda ham sust bo`lishi nizo chiqish uchun ham sabab, ham oqibat bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |