Mavzu: Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar


Muloqotning psixologik vazifalari


Download 1.45 Mb.
bet2/8
Sana14.05.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1458024
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Muloqot va shaxslararo ziddiyatlar

Muloqotning psixologik vazifalari

  • 1. Informatsion vazifa - axborotni qabul qilish va uni tarqatishdir. 2. Regulyativ vazifa - muloqotni tartibga solish va boshqalar bilan to`g`ri munosabatni tashkil qilishdan iborat. 3. Signal vazifasining ko`magida katta ahamiyatga ega voqea va hodisalar haqidagi signalni qabul qilish va uzatish. 4. Nazorat vazifasi - axborotni qabul qilish va tarqatish jarayoni nazorat qilinadi. 5. Tarbiya qilish vazifasi - muloqot orqali shaxsni shakllantirish jarayoni bo`lib, nihoyat darajada muhim omil hisoblanadi. Muloqot jarayonida obyektning maxsus tomonlarining borligi ham muhim hisoblanadi. Shuni aytish joizki, ko`p hollarda bunday shaxslar jamiyatdagi axloqsiz, odobsiz va vijdonsiz kishilardir. Muloqot jarayonida bahzi bir psixologik to`siqlar mavjud. Ko`proq ular sunhiy ravishda vujudga keladi: 1) motivatsion to`siqlar - shaxslarning muloqotga kirishishdan bosh tortishi, muomalani to`g`ri, aniq ko`rinishda olib borilishini xohlamasligi jarayonida namoyon bo`ladi; 2) aqliy (intellektual) to`siqlar - shaxsning boshqa shaxsga nisbatan bilim doirasining kengligi, mantiqiy fikrlashining chuqurligi va intellektual savodxonligi mazmunan boy bo`lgan taqdirda yuzaga keladi; 3) emotsional to`siqlar - muloqotga kirishuvchilarning psixologik va emotsional-irodaviy holatlaridan kelib chiqadi (agressivlik, qo`rquv, asabiylashish, xo`rlanish va boshqalar); 4) tarbiyaviy jarayondagi to`siqlar – ta‟lim sohasida xamda huquqni muhofaza qilish organlarida «tarbiyasi qiyin» o`smirlar, nosog`lom oilalar va muqaddam sudlangan shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlar olib borayotgan vaqtda uchraydi. Muloqotga kirisha olmaslikning asosiy sababi - bu o`zini-o`zi ortiqcha yoki past baholash tufayli o`ziga va uni qurshab turgan odamlarga noto`g`ri munosabatdir.

Muloqot turlari. 

  • moddiy muloqot deganda subyektni dolzarb ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida, ayni paytda shug`ullanayotgan faoliyatining mahsulotlari va predmetlarini ayirboshlash tushuniladi;  kognitiv muloqot deb shaxslarning hamkorlikdagi faoliyatida narsa va hodisalarni o`rganish, ma‟lumotlarni bilib olish jarayonida o`zaro bilim almashinuviga aytiladi;  konditsion muloqotda psixologik va fiziologik holatlar ayirboshlanadi. Masalan, shifokor bemorning tushkun kayfiyatini ko`tarishi yoki aksincha, ona qizining o`ksinib yig`layotgan holatiga yig`i bilan munosabat bildirishi;  motivatsion muloqot muayyan yo`nalishda hamkorlikda harakat qilish uchun o`zaro maqsadlar, qiziqishlar, motivlar va ehtiyojlar almashinuvi jarayoni bilan izohlanadi;  faoliyat muloqoti kognitiv muloqot bilan uzviy bog`liq bo`lib, bunda harakatlar, operatsiyalar, ko`nikma va malakalar ayirboshlanadi. Bu muloqot jarayonida ma‟lumotlar uzatiladi, bilim doirasi kengayadi, qobiliyatlar rivojlanadi va takomillashadi.

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling