Mavzu: Ruboiy vaznlar tahlili Navoiy ruboiylari misolida
Hazrat Navoiy ruboiylari shakl goʻzalligi mazmun goʻzalligi bilan kim oʻzarga bahslashadi. Bu ikki goʻzallik sheʼrxon koʻzi oʻngida xuddi quyosh bilan oy munosabatlari kabi tengsiz bir maqomda namoyon boʻladi. Masalan, quyidagi ruboiyga eʼtibor qilaylik:
Jondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz,
Sondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Har neniki sevmoq ondin ortiq boʻlmas,
Ondin seni koʻp sevarmen, ey umri aziz.
Mazmuni: ey, hayoti, umri men uchun aziz boʻlgan yor, men seni tanimdagi jonimdan ham koʻproq sevaman, hattoki bu dunyoda (matematikada) qancha son eng koʻp miqdor hisoblansa, oʻshandan ham ortiqroq sevaman. Garchand, kishi nimani qay darajada koʻp sevmasin, u bunday sevgidan ortiq boʻlolmaydi, lekin men seni oʻshandan ham, son-sanoqlar qamrab ololmaydigan miqdordan‑da, ortiqroq sevaman. Koʻrib turibsizki, mazmun goʻzalligi ruboiydagi daho shoirga xos mubolagʻa usuli tufayli shunday yuksak darajaga koʻtarilganki, bu goʻzallik oldida har bir didi yuksak kitobxonning beixtiyor “voh!” deb yuborishi tabiiy hol.
Endi ruboiyning shakliga nazar tashlaylik. Asar yigirma yetti soʻzdan iborat va uning faqat toʻqqiztasigina lisoniy asos, qolganlari esa radif. Uchta bir hijoli soʻz qofiya: jon, son, on. Radif esa uch bor takrorlanadigan olti soʻzdan tashkil topgan. Shunday qilib, oʻn ikkita asosiy soʻz yigirma yetti soʻzdan iborat ruboiyni quyoshni koʻtargan osmondek yengil va tabiiy koʻtarib turibdi.
Bu ruboiyda hazrat Navoiy ritorik takrordan qanday miqyosli va samarali foydalanish mumkinligini kashfiyot darajasiga koʻtargan holda namoyon qiladi. Bunday yuksak mahorat kamdan-kam ijodkorga nasib etadi. Bobur hazratlari ham ana shunday noyob isteʼdod egalaridan edi. Uning quyidagi ruboiysi buni yaqqol isbotlab beradi:
Tuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiri dini Muhammad Bobur,
Sarrishtai ayshdin koʻngulni zinhor
Do'stlaringiz bilan baham: |