Mavzu: musiqa darslarining umumditaktik prinsiplari va ularning ta’lim jarayonidagi ahamiyati mundarija kirish I bob. Musiqa darslarining umumditaktik prinsiplari


Musiqa o‘qitish metodlari va ulaming turlari


Download 38.67 Kb.
bet5/6
Sana16.06.2023
Hajmi38.67 Kb.
#1503093
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSIQA DARSLARINING UMUMDITAKTIK PRINSIPLARI

2.2. Musiqa o‘qitish metodlari va ulaming turlari

Musiqa darsida o‘qituvchining so‘z mahoratiga alohida talab qo‘yiladi. O‘qituvchi o‘zining asar haqidagi badiiy kirish so‘zi bilan o‘quvchilarni ajoyib va sehrli san’at dunyosiga olib kiradi, qiziqarli hikoya va suhbati bilan o‘quvchilar diqqatini musiqa obrazlariga yo‘naltiriradi. Musiqa o‘qituvchisi so‘zidan foydalanish sohasidagi shaxsiy pedagogik texnikasini takomillashtirish ustida hamisha ishlashiga to‘g‘ri keladi. Quyidagilar uning asosiy mezoni qatoriga kiradi: - so‘zlarni aniq talaffuz qilish, yaxshi diksiya;


- nutqning sur’atini va ohangini mohirona tartibga solish, intonatsiyalarning rangbarangligi; - pauzalarda mantiqiy urg‘ularni o‘z vaqtida qo‘llash; - bayon qilish uslubining emotsionalligi; - imo-ishora va mimikaning egallaganligi, ularning nutq mazmuniga o‘z vaqtida, o‘ylab va me’yori bilan kiritish; - talabalar oldida o‘zini qat’iy va ayni vaqtda erkin tutishi. Hikoya. Hikoya tingianadigan musiqa asari yoki o‘rganiladigan qo‘shiq mazmunini izchillik bilan obrazli qilib, chiroyli bayon qilishdir. Syujetning borligi va uning vaqt jihatidan rivojlanib borishi hikoya uchun xarakterlidir. Hikoya qilish jarayonida tinglovchilarning tuyg‘ulari va kechinmalariga ta’sir etiladi va bu bilan ulaming o‘rganilayotgan asarga bo‘lgan munosabati shakllanadi. Hikoya - bu o‘qituvchining musiqa asari haqidagi jonli, obrazli va yorqin hikoyaviy bayonidan iboratdir. Hikoya qisqa, obrazli va qiziqarli bo‘lib, undagi bayon mazmuni asosiy maqsad - o‘quvchilami asar obrazini badiiy tasavvur etishga va shu vosita bilan musiqa asarini badiiy idrok etishga erishishdan iboratdir. Hikoya metodi og‘zaki bayon qilishda musiqa asarining mazmunini o‘quvchilarga savol berib uzmasdan bayon qilishni nazarda tutadi. Faqatgina qiziqarli va obrazli qisqa hikoya bolalar qalbida o‘rganiladigan asarga nisbatan qiziqish va muhabbat uyg‘ota oladi. Pedagogning yorqin, jonli hikoyasi, u keltirgan misollar va faktlar o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalashga undaydi. O‘quvchilarga tafakkurning obrazliligi xos bo‘lganligi uchun ular bilan ishlashda hikoya metodini qo‘llash ayniqsa maqsadga muvofiqdir. Biz hozircha darsdagi o‘qitish metodi sifatida o‘qituvchining hikoyasi haqida gap yuritdik. Ammo hikoyadan o‘quvchilaming bilimlarini tekshirish vositasi sifatida ham foydalaniladi. U holda gap o‘quvchilardan yakka holda so‘rash vaqtidagi hikoyalari to‘g‘risida boradi. O‘qituvchi o‘quvchilardan hikoyachilarni, dokladchilarni oldindan tayyorlaganda, o‘quvchilaming hikoyalari dars davomida qo‘llaniladi. O‘quvchilar bunda eng muhimi hikoya qilish vaqtida muayyan rejadan foydalansin, mazmun elementini mantiqan birma-bir ochib bersin; hikoyaning ma’lum bosqichini tugallar ekan, yakunlovchi jumlalami tushuntirishning yangi bosqichi bilan bog‘lay olsin. Tegishli nutq madaniyatini ta’minlash o‘quvchilarga ortiqcha so‘zlar, siyqasi chiqqan iboralardan qutulishda mohirona maslahatlar ko‘magida yordam berish, aytilgan har bir mustaqil fikr, mulohaza, so‘zlaming, o‘ylab topilgan yangi fikrlaming originalligi uchun rag‘batlantirishlar muhim ahamiyatga ega. Nutq o‘stirish o‘quvchilar shaxsini intellektual rivojlantirishda o‘ta muhim ahamiyatga molik vazifa bo‘lib, u faqat musiqa o‘qituvchilarini emas, balki barcha o‘quv fani o‘qituvchilarining ham vazifasi ekanligini unutmaslik kerak.
Suhbat. Suhbat o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatning jonli, faol savol javob shakli. O‘qituvchi savol berishi bilan juda ham rang-barang o‘quv vazifalarini hal etish o‘quvchilar bilimini aniqlash, ulami umumlashtirish va tizimlashtirish, yangi bilimlami o‘zlashtirish vaqtida o‘quvchi tafakkurini boshqarish, o‘z tarbiyalanuvchilarining bilish kuchi va qobiliyatlarini rivojlantirish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda o‘quv material bolalarning musiqa haqida bilim doirasi va amaliy tajribalari bilan bog‘lanib o‘zlashtiriladi. Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilaming fikriy faoliyatini kuchaytiradi, musiqa haqidagi bilim doirasini yangi ma’lumotlar bilan boyitadi. Tushuntirish. Bu ilmiy isbotlash metodi sifatida musiqa darslarida qo‘llaniladi. U musiqa savodi, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi kabilarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish o‘rganilayotgan qo‘shiq, musiqa savodi va undagi qoidalar va musiqa bilan harakatning mohiyatini ochib berishga qaratilgandir. Musiqiy tarbiyada u doimo tushuntirilganlarni nima uchun aynan o‘qituvchi talab qilgan usulda bajarish zarurligi sabablari va shartligini ochib berish bilan bog‘langan. Masalan, o‘qituvchi musiqa savodidan biror bir mavzuni yoritayotganda uning ham ilmiy asosda, ham hayotiy misollar orqali sodda yo‘llar bilan o‘quvchilarga tushuntirib berishi kerak. O‘qituvchi tomonidan tushuncha berilayotgan vaqtda nutqqa «chunki» so‘zini kiritish tushuntirish metodi uchun xarakterlidir. Tavsif. Tavsif musiqa bilan bajariladigan harakatlaming belgisi, sifatlari yoki ulaming izchilligi haqida qo‘llanmani o‘z ichiga oladi, lekin musiqiy harakatning aynan shunday xarakterini shart qilib qo‘yuvchi asboblar ko‘rsatilmaydi. Tushuntirishga nisbatan tavsif go‘yo uning soddalashgan shakli hisoblanadi. Musiqa tajribasida harakat amallari yoki ularning elementlari o‘quvchilarga yetarligicha yaxshi ma’lum bo‘lgan yoki yangi harakatlami bajarish yo‘llari juda soddaligi tufayli batafsil tahlil qilinmasa ham bo‘ladigan hollarda tavsifdan foydalaniladi. Sharhlash (kommentariya). Bu o‘quvchilaming musiqa idrokini rivojlantirishda darsning musiqa tinglash qismida asosan musiqa o‘qituvchisining badiiy nutqi orqali amalga oshiriladi. O‘qituvchi musiqa darsiga tayyorgarligi jarayonida tanlangan musiqa asariga va uning mazmuniga mos adabiy matn tayyorlaydi. Musiqa va ifodali o‘qilgan matn bir vaqtning o‘zida magnit lentasiga yoki diskka yozib olinadi. Bunda o‘qituvchining vazifasi yangrayotgan musiqa asarini va uning mazmuni hamda xarakterini unda aks etayotgan voqelikni bevosita va bilvosita sharhlab boradi. Sharhlash musiqa o‘qituvchisidan katta ko‘tarinki ruhda tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Agar musiqa o‘qituvchisida badiiy o‘qish qobiyati bo‘lmasa, unda u adabiyot o‘qituvchisi yoki boshqa talantli o‘qituvchi nutqidan foydalanishi mumkin. Musiqa asarini sharhlash orqali o‘quvchilarga bunday taqdim etish ularda asarga nisbatan yaxshi taassurot qoldirishga yordam beradi.
Darsda og‘zaki metodlardan foydalanishga o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin ayta olishlari, ashulalar, she’rlar, badiiy asarlardan parchalar ijro etish uchun keng imkoniyatlar ochib berish kerak. Xulosa. Shunday qilib, maktablarda qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari og‘zaki uslubining asosiy turlarini ta’riflab berdik. O‘qituvchining vazifasi bu to‘plangan metodlarni faqat egallabgina qolmasdan konkret vaziyatda ularning har biridan oqilona foydalanish, o‘sha vaziyat uchun aynan mos variantlarini o‘ylab topish, ularning boshqa metodlar bilan mohirona qo‘sha olishdan iboratdir. O‘qitishning og‘zaki metodlari tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirishiga alohida ahamiyat berish zarur. O‘quvchilarda musiqa faoliyatlari mazmunini asoslash, isbotlash, taqqoslash, bir-biriga qarama-qarshi qo‘ya olish mahoratini oshirish uchun og‘zaki metodlaming rolini ko‘tarish lozim. O‘qituvchining so‘zi faqat oddiy axborot berishdan iborat bo‘lmay, balki ishontiruvchi, asoslovchi, isbotlovchi ta’sirchan kuchga ega bo‘lishi kerak. O‘qituvchining so‘zi emotsiyalar, bayon qilinadigan mavzularga shaxsiy munosabat bilan yo‘g‘rilgan bo‘lishi lozim. Bularning hammasi o‘qitishdagi og‘zaki metodlarning tarbiyaviy ta’sirini kuchaytirish imkonini beradi.
XULOSA


Mustaqil Respublikamizda amalga oshirilayotgan o'zgarishlar jamiyatimizni iktisodiy, ijtimoyay, siyosiy, m a’naviy va madaniy jihatdan jaxonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan urin olishda o‘zining ijobiynatijalarini bermoqda. O ‘zbekistonning «Ta’lim to‘g ‘risida»gi qonuniga ko‘ra 9 - yillik umumiy o‘rta ta’lim joriy etildi. Ta’limni mintakaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda musiqa predmeti bo'yicha kontseptsiyasi ishlab chiqildi. 1992 yil 25 noyabrda «M a’rifat» ro‘znomasida musiqa ta’lim - tarbiyasinibig kontseptsici loyixasida, musiqa ta’limining milliy va ilmiy asoslari, mazmuni, tuzilishi, tabaqalanishi, musiqa o‘qituvchisiga bo‘lgan zamonaviy talablar va ta!limning ilmiy uslubiy ta’minoti bayon etiladi. Bugungi o‘zligimizni anglash o‘z taqdirimiz va farzandlarimiz istiqbolini yaratish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Mustaqil O ‘zbekistonda milliy madaniyatimizni o ‘ziga hosiyatini tiklash umumta’lim maktablarida yoshlami badiiy tarbiyalash va kamol toptirish, hamda hozirgi kunimizni to‘laroq idrok etish uchun eng avvalo tariximizni yaxshi bilmoqlik hisoblanadi. Chunki, harbir yangilik, tarixiy bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. Bular ommaviy xalq kuy va qo‘shiqlarida, xonanda va sozandalaming ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatida o‘z aksini topadi. Musiqasan’atiningbuk abiimkoniyatlariyangiavlodnitarbiyalashda, ulaming barkamol bo‘lib yetishishlarida o‘ziga xos, takrorlanmas manba bo‘lib xizmat qiladi. Musiqa ta’limidan, davlat standartlari asosida yangi ta’lim mazmuni o‘quvchilaming musiqiy bilim va malakalari bilan biriga ular dak uzatuvchanlik, xotirani mustaxkamlash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarini rivojlantirishni ta’minlaydi. Demak, yosh avlodni yetuk qilib tarbiyalashda «Musiqa madaniyati» darslarini ahamiyati katta. Musiqiy madaniyat darslari o ‘quvchilami axloqiy - estetik tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko;rsatadi. Ulardagi go‘zallikka bo‘lgan his - tuyg‘ularini ustiradi, musiqa san’atiga mehr - muhabbat, qiziqish uyg'otadi, ona - Vatanni sevishga, bir - birini, kattalami hurmat qilish, mehnatni, tabiatni sevishga, qadrlashga o‘rgatadi va havotda o‘z o‘mini topa olishgamadad beradi. Bunda o‘quvchilar musiqa san’atini butun nafosati bilan o‘rganishiari, musiqani idrok etish, yakka va jamoa bulib qo‘shiq kuylash va raqsga tushish, ijodkorlik malakaiarini shakllantirish, musiqa tarbiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, o‘quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart - sharoit yaratib berish va ulaming badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta’lim - tarbiyasining vazifasini tashkil etadi. Hozirgi musiqiy ta’lim -tarbiyasi, shuni ko‘rsatadiki, milliy musiqa merosimizni o‘rganishda, musiqa darslarini va sinfdan tashqari musiqat arbiya tizimini ahamiyati katta. Musiqa darslarini hayotga joriy etish maqsadida umumiyo'rta ta’lim maktablari uchun musiqadan 1999 yili davlat ta’lim standartlari asosida yangi dastur ishlab chiqildi. Yangi dasturning asosiy mohiyati avvalo darsning mavzulari, har bir chorak o'quv belgilangan bosh mavzulardan kelib chiqadi. Darsni qiziqarli bo‘lishi uchun musiqa ijodkorligi qo‘llanildi, barcha musiqa faoliyatlari (xor bo‘lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash) dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bog‘lanib o'tiladi. «Dars» - ta’lim - tarbiyani amalga oshirishning eng qo‘lay va samarali shaklidir. Jamiyatimizning turli jabhalarda boMayotgan siyosiy - iqtisodiy, ijtimoiy, m a’rifiy o‘zgarishlar barcha fanlar qatori musiqa darslarining mazmuni va metodikasiga ham quyildi: Darsda ta’limiy - didaktik, tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlami bilish va ulami amalga oshirish.
1. Darsda ta’limning faol usul va uslublaridan foydalanish.
2. Dars jarayonida xalq pedagogikasi an’analarini, jaxon pedagogika va psixologiyasi, san’atimiz, buyuk ajdodlarimiz o‘gitlari, rivoyatlarimiz, xadislarimizdan unumli foydalanib borish maqsadga muvofivdir. Ma’lumki, keyingi yillarda tajribali metodistlar, olimlar va amaliyotchi o ‘qituvchilamipg o‘quv jarayonini tahlil qilish sohasida o‘tkazilgan va didaktik shart - sharoitlarga bog‘liq ekanligi ko‘rsatmoqda. Eng muhim shart - sharoitlar quyidagilardan iborat: 1. Darsliklar, qo‘llanmalar, dastur, tavsiyanomalar,didaktik va metodik ko‘rgazmali quroilar va texnik vositalardan foydalanish. 2. Sinfda ijobiy psixologik muhit bo‘lishi.
3. O ‘qituvchi va o ‘quvchilar orasida o‘zaro yaxshi munosabatda boiish. Ushbu pedagogik shart - sharoitlarga amal qilib, darsning maqsadi va mavzusi, to‘g‘ri tashkil qilinsa, dars sifatli va samarali bo‘lishi mumkin. Oliy Majlisning 1997-yil 29 avgustdagi IX - sessiyasida qabul qilingan «Kadrlar tayerlash milliy dasturi» muhim tarixiy, amaliy hujjat bo‘lib ta’lim tizimini tubdan islox qilish, uni dunyoning ilg‘or demokratik davlat darajasiga yetkazish va yosh kadrlami yuksak ma’naviy - axloqiy, yuqori bilimlarga ega qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Talabalarimizni olgan nazariy bilimlari bilan birga amaliy mashg‘ulot o‘tkazgan dars lari va o‘quv - tarbiya mashg‘ulotlarida guruxning barcha talablari, o‘qituvchi ishtirokida tahlil va muhokama qilishlari lozim. Tahlil jarayonida, eng muhimi talaba o‘zining dars o‘tkazuvchi o‘qituvchi sifatida tasavvur qilib, o‘z ishini uddasidan qanchalik chiqa olishini to‘g‘ri baholay olganidadir. Talaba tomonidan o‘tqazilgan darslaming va tarbiyaviy ishlarning tahlili, odatda o‘z - o‘zini baholashda, o‘zini hisobotini reja va konspektalami tahlil qilishdan o‘z ishini baholay olishdan boshlanadi. Metodist - o‘qituvchi amaliyotchi - talabaga metodik yordam ko‘rsatish va maslahatlar berib kamchilik va yutuqlami aniqlab to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatishi lozim. Bunda eng asosiy maqsad talaba-yoshlarimizni qobiliyat va imkoniyatlarini aniqlab to‘g ‘ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimovning - '«Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, hayotimizning boshqa sohalaridagi ahvol, amalga oshirilayotgan isloxatlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o‘rganilishi, an’analarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji bilan uzviy bog‘liqdir», - degan so‘zlari ma’naviyat cho‘qqisiga intilishga chorlamoqda.

Download 38.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling