Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot Reja


Musiqa darsida ko‘rgazmalilik tamoyil


Download 27.59 Kb.
bet4/7
Sana11.10.2023
Hajmi27.59 Kb.
#1697798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot

Musiqa darsida ko‘rgazmalilik tamoyil. Musiqa tarbiyasida musiqaning o‘zi o‘ziga ko‘rgazmali vositadir. Chunki, u ko‘z bilan emas, balki quloq bilan idrok etiladi, shuningdek musiqa tinglashda ham, asar tahlilida ham. Ohang ko‘rgazma sifatida ijro etib ko‘rsatiladi. O‘qituvchining o‘zi, nutqi, ijrosi ham asosiy ko‘rgazma bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, texnik vositalar, ko‘rgazmali kartochkalar, grafik yozuvlar, rasmlar, nota yozuvlari ham musiqa madaniyat darsida ko‘rgazma sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim jarayonida mumkin qadar sezgi organlàrini ko‘proq jalb etish o‘rganishni osonlashtiradi. Eshitish jarayonida abstrakt tafakkur ma’lum ish bajarsa, ko‘rish orqali qiyosiy tafakkur ham ishga tushadi. Ko‘rsatmalilik mavzuni o‘rganishda yengillik tug‘dirishi bilan birga bolada qiziqish ham uyg‘otadi. O‘rganilgan mavzuni uzoq muddat esda saqlanishiga va qayta esga tushirishga yordam beradi. Bolalarning jadval, diagramma kabi qo‘llanmalar ustida ish olib borishlari va qo‘llanma xususiyatlarini taqqoslash, tahlil qilish, umumlashtirish, xulosa chiqarishlari mantiqiy fikrlash qobiliyatini o‘stirishga yordam beradi. Bunda ko‘rsatmalilik samarali natijalar berishi uchun uning boshqa tomonlarini ham e’tiborga olish kerak.
Birinchidan, ishlatiladigan ko‘rsatmali qurollar u yoki bolalarining yoshi va o‘ziga xos mijoz xususiyatlari, umumiy tayyorgarlikka, saviyasiga mos keladigan bo‘lishi lozim.
Ikkinchidan, foydalaniladigan ko‘rsatmali qurollar o‘tilayotgan dars mavzusining mazmunini ochib berishiga yordam beradigan qo‘llanmalar bo‘lishini hisobga olmoq, demak, uning to‘g‘ri tanlanishiga e’tibor bermoq lozim.
Uchinchidan, dars jarayonida foydalanish uchun belgilangan ko‘rsatmali qo‘llanmalardan unumli foydalanmoq uchun zarur bo‘lgan ta’lim usullari to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.
Umuman olganda, ta’limni ko‘rsatmali bo‘lishini ta’minlash ustida hozirda ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda va ko‘rsatmalilikni samaradorligini oshirishda fan-texnikaning keyingi yillar ichida erishgan yutuqlaridan foydalanish masalasi ishlab chiqilmoqda.

Download 27.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling