Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot Reja


O‘quv qo‘llanmalarining bolalar bilim va malakalariga mosligi tamoyili


Download 27.59 Kb.
bet5/7
Sana11.10.2023
Hajmi27.59 Kb.
#1697798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot

O‘quv qo‘llanmalarining bolalar bilim va malakalariga mosligi tamoyili. Mazkur tamoyil dasturdan tanlab olingan o‘quv matnlari va metodik matnlar asosida dars mazmunini tuzish jarayonida qo‘llaniladi. Bunda har bir sinfning umumiy bilim va malaka darajasi hisobga olinishi shart. Dastur asosida har bir sinfning bilim va malaklari hisobga olingan holda musiqa darsinig yarim yillik kalendar-mavzuli rejasi tuziladi. Kalendar-mavzuli ish reja bir yilda ikki marta, o‘quvchilarning yosh xususiyati, musiqiy uquvi, yangi qo‘shiqlar. Musiqa tinglash uchun asarlar. Musiqa savodidagi o‘quv matnlari dars faoliyatiga qarab tuziladi.
Bilimlarni puxta va tizimli o‘zlashtirib olish tamoyili. Ta’lim jarayonida biz bolalarni bilimlarni mustahkam esda saqlanib qolishini ta’minlash zaruriy talablardan biridir. O‘quv qo‘llanmalarini mustahkam esda saqlab qolish, ayni dars jarayonida bayon qilinayotgan o‘quv qo‘llanmalarini tizimli va ongli o‘zlashtirishga bog‘liq. Avvalgi mashg‘ulotlarda hosil qilingan bilim, ko‘nikma va malakalar ancha murakkabroq qo‘llanmani o‘zlashtirib olish uchun pillapoya, baza bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham bilimlar bazasining puxta bo‘lmasligi keyingi o‘rganiladigan yangi bilimlarni ham zaif bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi o‘zlashtirilgan, mustahkamlangan bilimlarda esa keyingi yangi bilimlarni o‘rganishda va mustahkamlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida ularning puxta anglab olinganligini tekshirish, ba’zi tushunmovchiliklarni yo‘qotish, mustahkamlashga e’tiborni qaratish didaktikaning asosiy masalalaridan biridir. Ta’lim jarayonida takrorlashni uyushtirish bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi. Takrorlashning ahamiyati shundaki, takrorlash faqat oldindan o‘zlashtirilgan o‘quv qo‘llanmanigina esga tushirmay, balki shu o‘quv qo‘llanmalariga bog‘liq bo‘lgan yangi-yangi ma’lumotlar ham beriladi, o‘zlashtirilgan bilimlarning noaniq tuman bo‘lib qolgan tomonlari oydinlashtiriladi va to‘ldiriladi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni uzluksiz va ma’lum tizim asosida olib borilishi ta’lim samarasini oshiradi. Bilimlarni doimiy ravishda tekshirib borish, takrorlash tizimli va uzluksiz ravishda to‘ldirib borish muhim didaktik talabdir.

Download 27.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling