Mavzu: Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot Reja


Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik tamoyili


Download 27.59 Kb.
bet3/7
Sana11.10.2023
Hajmi27.59 Kb.
#1697798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Musiqa madaniyat darslarida didaktik tamoyillar haqida ma’lumot

1.Musiqa ta’limi va tarbiyasida sistemalilik, ilmiylik va davomiylik tamoyili, Har bir darsda o‘zining tuzilishi va mazmuni bian ilmiy asosda tashkil topishi lozim. Musiqa haqidagi bilimlar doirasi musiqa ta’limi va tarbiyasining asosiy omilidir. Unda insoniyat yaratgan musiqaga oid qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o‘z aksini topgan. Ularni o‘zlashtirish musiqa amaliyoti yo‘lida bilim va ko‘nikmalar hosil qilish demakdir. Dars jarayonida o‘quv qo‘llanmalarini bolalarning bilim tajribasiga mosligi, bolalar ovozining rivojlanishi qonuniyatlarini hisobga olish, nota qonuniyatlarini to‘g‘ri o‘rgatish, bolalar-ning fikriy qobiliyatiga mos ravishda tahlil etish darsning ilmiylik tamoyillarini tashkil etadi. Ilmiylikni sistemaliksiz amalga oshirish qiyin. Darsning barcha o‘quv faoliyatini hamda keyingi darslarning o‘zaro mantiqiy bog‘lanishi sistemalilik asosini tashkil etadi. Kuylash tinglash uchun asarlarni bilim va malaka darajasiga ko‘tarib, soddadan murakkabga, no’ma’lumdan ma’lumga qarab o‘zlashtirib borish tamoyillari muayyan tartibga mos bo‘lib, sistemalilik demakdir. Darsning har bir faoliyati o‘z navbatida, har bir darsning mantiqiy davomi bo‘lib, pedagogik maqsadlarni tobora amalga oshirishi davomiylik tamoyili demakdir.
Darsda o‘qituvchilarni onglilik va faolligi tamoyili. Mazkur tamoyil didaktikaning yetakchi tamoyillaridandir. Chunki, bilimni o‘zlash-tirish o‘quvchining aqliy faoliyatiga asos bo‘lgan bilish jarayoniga bog‘liqdir. Musiqa idroki kishining hayotiy tajribasini boyitadi, real, ya’ni aniq voqealarini badiiy his etib, bilish, fikrlash qobiliyatini o‘stiradi. Mazkur malaka va ko‘nikmaning shakllanishi bola ongining uzoq rivojlanish jarayonini talab etadi. Buning uchun bolaning o‘quv qo‘llanmalar matnini ongli ravishda bilib o‘zlashtirishi, bilim jarayonini faolligini vujudga keltiradi. Ma’lum musiqa asarini kuylab yoki tinglab o‘zlashtirish va undan badiiy-estetik zavqlanib idrok etishda bolaning eng avvalo, diqqat e’tiborini jalb eta bilish unda qiziqish uyg‘ota bilish, onglilik va faollikni vujudga keltiradi. Musiqani ongli idrok etish o‘z navbatida badiiy ohang va mantiqiy jihatdan xotirada turg‘un saqlanishni talab etadi. Musiqa darslarida onglilik va faollik ayniqsa, vokal-xor malakalarini shakllantirish uchun zarurdir. Xor bo‘lib qo‘shiq kuylash, musiqa tinglash, musiqa savodi faoliyatlarida ham, onglilik va faollik, musiqani nazariy va amaliy jihatlarini to‘g‘ri bilish va o‘zlashtirishni osonlashtiradi.
Ma’lumki, har bir davrdalarida o‘qitish jarayoni, yod olish muhim o‘rin egallagan. Lekin, tushunishga va anglab olishga e’tibor bir oz kamroq ajratilgan. Ayni, vaqtda mohiyati anglab olingan bilimgina amalda samarali qo‘llash mumkin. Shuning uchun o‘quv jarayonida xotirasi kuchli bo‘lgan bolalarning mavzuni shunchaki yuzaki yodlab olishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Onglilik bolalarni yangi mavzuni idrok qilishda ta’riflar, qoidalar, adabiyotdan she’r yodlash kabilarning ifodalanishinigina emas, balki ularning hayotiy hodisalar, jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan mavzuni ham tushunishlarini talab etadi. Aks holda bilimlarda yuzakichilik avj oladi, bunda mavzu quruq yodlab olingan bo‘ladi. Bunday bilimlar tez unitiladi. Bundan tashqari bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish talabalarda bu bilimlarga nisbatan ma’lum munosabat hosil qilishni, emotsional kechinmalar uyg‘otishni ham o‘z ichiga oladi. Ta’lim ikki tomonlilik xususiyatiga ega. Ta’lim jarayoni pedagog yo‘naltiruvchi bo‘lib maydonga chiqadi va bolalar o‘rganish jarayonini o‘z boshlaridan kechiradilar. O‘rganish jarayoni murakkab psixik jarayon bo‘lib boladan ma’lum faollikni talab etadi. Pedagog qanchalik ta’lim jarayonini sermazmun, qiziqarli va mahorat bilan tashkil etmasin bola tomonidan ma’lum faollik bildirilmasa, o‘quv jarayonida samaraga erishish mumkin bo‘lmaydi. O‘quv jarayonida avval, bolalarda faollikni uyg‘otish zarur. Bu faollik bilish jarayoniga ta’sir etadi, idrok qilish, tahlil qilish, analiz va sintez kabi psixik jarayonlarni ishga tushiradi. Bolalarda faollik holatini vujudga kelishda motivatsiyalar ahamiyatlidir.
Mustaqil tafakkur turli usullar bilan hosil qilinadi. Tafakkurni shakllantirish usullaridan biri mustaqil hal qilish, muammoli vazifalar qo‘yishdir. Aytib o‘tish joizki, onglilik va faollikkina mustaqil tafakkurni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Bugungi kunda ta’lim oldiga qo‘yilayotgan eng katta talablardan biri ham mustaqil fikrlash, muammolar yechimini mustaqil topish kabi xususiyatlarni bolalarda rivojlantirishdir. Umuman onglilik, faolllik va mustaqillik o‘zaro bir-birini to‘ldirib turuvchi psixik holatlar deyish mumkin. Bilimlarni ongli o‘zlashtirish, bir tomondan, bolalarning mustaqil, faol fikr qilishlarini nazarda tutsa, ikkinchi tomondan aynan shu jarayon davomida bolalarning mustaqillik va faolliklarini hamda mantiqiy fikr qilish faoliyatlarini tarbiyalab, takomillashtirib borishni nazarda tutadi. Bolalar faolligini rivojlantirish, ularning mustaqilligini oshirish, bolalar ongliligini o‘stirish o‘qitishda yuksak samaradorlikka erishishga yordam beradi.

Download 27.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling