Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida birinchi sinf o‘quvchilarining umumiy pedagogik va musiqiy tavsifnomasi
Download 34.16 Kb.
|
birinchi sinf o‘quvchilarining umumiy pedagogik va musiqiy tavsifnomasi
Birinchi sinfda musiqa savodi. Yuqoridagi bo‘limlardan ko‘rib turibdiki, musiqa savodi barcha faoliyatlarni birlashtiruvchi va o‘quvchilarning ijodkorligini, ijro mahoratini oshiruvchi jarayondir. Shuning uchun bu jarayonni alohida mustaqil faoliyat sifatida ko‘rib bo‘lmaydi. Birinchi sinflarda musiqa savodi jarayonini hamma o‘qituvchilar har xil mavzularni o‘rgatishdan boshlaydi. Kimdir tovushlar harakatidan, kimdir tovushlar balandligi, uzunligi va boshqalardan boshlaydi. Ayrim o‘qituvchilar musiqa savodi jarayonini musiqiy registrlarni o‘rgatishdan boshlaydi. Qanday mavzudan boshlashidan qat’iy nazar o‘qituvchi musiqa savodini boshqa faoliyatlar bilan uzviy bog‘lashi kerak. Kuylashda tovushlar harakati, balandligi, cho‘zimi haqida tushuntirsa, tinglashda ritm, metr, dinamika, o‘lchov va boshqalar haqida ma’lumot beradi. Bolalarga tovushlar harakatini qo‘l yordamida tushuntirish ham yaxshi natija beradi. Ularga beshta barmoqlarimizni nota chiziqlariga qiyoslab notalar joylashuvini o‘rgatish mumkin. Birinchi sinf o‘quvchilarining musiqa darsliklarida kerakli mavzularni o‘zlashtirish uchun barcha ma’lumotlar, ko‘rgazmalar keltirilgan bo‘lib, ularni bolalar o‘qituvchilari yordamida bemalol o‘zlashtiradilar.
Muhimi birinchi sinf o‘quvchilari "yuqori"ga va "pastga" harakatlanish tushunchalarini to‘liq o‘zlashtirishlari lozim. Buni amalga oshirishga "zinapoya» yordam beradi. o‘quvchilar zinapoya yordamida tovushlarni pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga bemalol kuylay oladilar. O‘quv dasturiga ko‘ra birinchi sinf o‘quvchilari tovushlar nomi, uzunligi, balandligi, ritmi, metr tushunchalarini, nota yozuvi haqida tushunchalarni egallashlari kerak. Maktabga kelgan bolalar uchun bu biroz murakkab bo‘lsada, mahoratli o‘qituvchi bu vazifalarni bemalol uddalay oladi. Birinchi darslardanoq nota yozuvi va o‘nda notalar joylashuvini sekin-asta o‘rgatilib, kuylatib borilsa, bu vazifalar xech qanday qiyinchilik uyg‘otmaydi. Tovushlar balandligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi: baland, past va o‘rta tovushlar - registr haqida tushunchalar berish; bir xil balandlikdagi tovushni yuqoriga va pastga harakati haqida tushuncha berish; bosqichma-bosqich harakat, ya’ni zinapoya shaklda; har xil balandlikdagi tovushlar turlicha nomlanadi: do,re,mi; tugallanganlik va tugallanmaganlik, ya’ni turg‘un va noturg‘un va tonika tushunchalari beriladi; tanish bo‘lgan kuylar orqali major va minor ladlari haqida tushunchalar beriladi. Yuqoridagi barcha beriladigan tushunchalar darsdagi musiqiy faoliyatlar jarayonida mustahkamlanib boriladi. Tovushlar uzunligi haqida tushunchalar quyidagicha beriladi: uzun va qisqa tovushlar qarama-karshi ohangda beriladi; ^ eng ko‘p qo‘llaniladigan uzunliklar chorak va nimchorak notalar har xil sharli bo‘g‘inlar, Qarsaklar orqali tusho‘ntiriladi. Download 34.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling