Mavzu: Musiqa o’qitish metodikasi fanida birinchi sinf o‘quvchilarining umumiy pedagogik va musiqiy tavsifnomasi


O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga


Download 34.16 Kb.
bet5/8
Sana11.10.2023
Hajmi34.16 Kb.
#1697677
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
birinchi sinf o‘quvchilarining umumiy pedagogik va musiqiy tavsifnomasi

O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan majburiy minimal talablar.
Umumiy o‘rta ta’lim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, boshlng‘ich 1-4 sinflar, o‘rta ta’lim 1-9 sinflar va yuqorini 10-11 sinflar qamrab oladi. Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti boshlang‘ich hamda umumiy o‘rta ta’lim nihoyasida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi. Har bir sinf yakunida o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar ta’lim fanlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv dasturlarida o‘z aksini topgan.
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, 1998 yil 13-maydagi 203-sonli hamda «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashqil etish to‘g‘risida» 1999 yil 16 avgustdan 390 sonli qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmunidagi islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari” va «O‘quv dastur»lari bir o‘quv yilida barcha sinflarda tajriba sinovdan o‘tkazilib, 1999 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 28 fevraldagi «Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo‘yicha xukumat komissiyasi» majlisi bayoni qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari har bir o‘quv fani bo‘yicha tanqidiy o‘rganilib, takomillashtirildi.
Maktabda musiqa madaniyati o‘qitilishning ta’lim vazifasi - o‘quvchilarni musiqa madaniyati fanini o‘rganishga kirishguncha boshqa fanlardan olgan bilimlarini va hayot tajribalariga tayangan holda eng muhim musiqaviy tushinchalar, qonunlar, nazariyalar, musiqa madaniyati bilan tanishtirish, shu bilimlarga suyangan holda ularga ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, hamda «O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’limni tashqil etish to‘g‘risida» 1999 yil 16 avgustdan 390 sonli qarori bajarilishini ta’minlash, ta’lim mazmunidagi islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan «Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari” va “O‘quv dastur”lari bir o‘quv yilida barcha sinflarda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, 1999 o‘quv yilidan amaliyotga joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 28 fevraldagi “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini qayta ko‘rib chiqish hamda yangilarini yaratish bo‘yicha xukumat komissiyasi” majlisi bayoni qaroriga muvofiq umumiy o‘rta ta’lim tizimida qo‘llanilayotgan ta’lim standartlari, o‘quv reja va dasturlari har bir o‘quv fani boyicha tanqidiy o‘rganilib, takomil-lashtirildi. Endi ushbu umumiy bilim va tushunchalarni sinflar va har bir sinfning, ya’ni 1-4-sinflar yil va chorak o‘quv mashg‘ulotlari misolida ko‘rib chikamiz.
1-sinf. “Biz musiqani sevamiz” mavzusi asosida kuy va qo‘shiqlar yil fasllariga, hamda bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos holda berilgan, o‘quvchilar ularni darsda, turli tadbirlarda hamda bayramlarda sevib ijro etib, raqsga tushadilar. Shuningdek, milliy cholg‘ularimiz bilan tanishadilar, milliy xalq kuy-qo‘shiqlari namunalaridan tinglab, ularga chapak va bolalar cholg‘u asboblarida jo‘r bo‘ladilar. Bu esa o‘quvchilarni ilk yoshidanoq milliy musiqamizni idrok etishni o‘rgatishga undaydi.

Download 34.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling